Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash davlat qoʻmitasining 2004-yil 21-iyuldagi 01/06-15-son qarori (roʻyxat raqami 1394, 2004-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 351-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
3-banddagi “Markaz” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
oʻn birinchi xatboshidagi “muhr qoʻyilishi kerak” degan soʻzlar “muhr qoʻyilishi kerak (muhr iziga boʻlgan talab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
6 — 8-bandlardagi “Markazga” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6.
4-ilovaning 11-bandidagi “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” soʻzlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.