1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 619-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hayʼati aʼzolarining soni 9 (toʻqqiz) nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri
8.
Lavozimiga koʻra
―
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori
9.
Abduraxmonov Inʼomjon Abduganiyevich
―
Yigʻma axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi 558-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi 558-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 22-yanvardagi 41-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 16-maydagi 368-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-mart,
256-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2019-y., 09/19/256/2841-son)