toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish va tariflarning keskin oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi B.B. Sidiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-mart,
243-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-martdagi 243-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y.. 1-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“idoraviy va munitsipal uy-joy fondiga, yuridik shaxslar yotoqxonalariga va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga — aholini gaz bilan taʼminlash uchun hamda lokal qozonxonalarga — aholi ehtiyojlari uchun”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 103-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tabiiy gazdan aholini gaz bilan taʼminlash uchun foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondiga, yuridik shaxslar yotoqxonalariga va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga hamda aholi ehtiyoji uchun lokal qozonxonalarga tabiiy gazga maishiy isteʼmolchilar uchun belgilangan tarif qoʻllaniladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 633-sonli qaroriga asosan 2019-yil 15-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi —Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/243/2807-son, 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son)