1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.04.00.00 Hudud / 19.04.03.00 Chegara masalalari]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
davlat chegaralaridan oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi 2002-yil 12-fevralda imzolangan Bitimga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Toshkent, 2018-yil 17-avgust
LexUZ sharhi
Mazkur Bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi PQ-4012-sonli “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tasdiqlangan.
(Oʻzbekiston Respublikasi uchun 2019-yil 1-martdan kuchga kirgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida davlat chegaralaridan oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi 2002-yil 12-fevralda imzolangan Bitimning (keyingi oʻrinlarda ― Bitim) 6 va 9-moddalariga asoslangan holda,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Bitimga Ilova hisoblanadigan Davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlari roʻyxati quyidagi tahrirdagi 17-punkt bilan toʻldirilsin: