Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2008-yil 15-avgustdagi 01/19-18/12-son “Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakli va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 1860, 2008-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 401-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1-ilovadan “M.Oʻ.” degan qisqartma chiqarib tashlansin.
2. 2-ilovaning
6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Maʼlumotlar baholovchi tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi.”.