Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2005-yil 14-dekabrdagi 105-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1539, 2006-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 1-son ilovadan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“Bosh buxgalter (buxgalter)” degan soʻzlar “Buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.