1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat tibbiyot tashkilotlari hamda respublika aholisini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, davlat tibbiyot tashkilotlariga hamda aholiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini uzluksiz yetkazib berish, ajratilgan budjet ssudasini qaytarish tadbirlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish samaradorligini va “Oʼzmedimpeks” davlat unitar korxonasining moliyaviy barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-oktabrdagi 849-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan 300 mlrd soʻm miqdoridagi foizsiz budjet ssudasining:
15,0 mlrd soʻmi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qoplanganligi;
26,5 mlrd soʻmi “Oʼzmedimpeks” DUK tomonidan 2019-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga belgilangan tartibda qoplanishi;
258,5 mlrd soʻmi “Oʼzmedimpeks” DUK xarid qilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xarid qilishga boʻlgan ehtiyojning asoslangan hisob-kitoblari asosida Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boshqaruv organlariga va davlat tibbiyot tashkilotlariga sotish orqali tushgan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xarid qilishga boʻlgan ehtiyojning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha tasdiqlanadigan roʻyxat va taqsimotga asosan 2019-yil Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida, shuningdek, zarur hollarda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalariga dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun zarur mablagʻlar ajratilishini;
davlat tibbiyot tashkilotlari xarajatlari smetalarida dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun rejalashtirilgan budjet mablagʻlari hududiy sogʻliqni saqlash organlariga xarajatlar smetasining tegishli satrida jamlanishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boshqaruv organlariga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotilishi hamda foizsiz budjet ssudasini qolgan qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qoplanishi ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Bunda davlat tibbiyot tashkilotlari boʻyicha dori vositalari va tibbiyot buyumlarining yillik ehtiyojidan ortiqcha zaxirasi yaratilishi hamda buning natijasida davlat tibbiyot tashkilotlarining boshqa turdagi zarur dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilishga mablagʻlarning yetishmovchiligi yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga asosan “Oʼzmedimpeks” DUK tomonidan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini davlat tibbiyot tashkilotlariga yetkazib berish va saqlash xarajatlarini qoplash uchun respublika budjetidan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Vazirlar Mahkamasining “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish samaradorligini va “Oʼzmedimpeks” davlat unitar korxonasining moliyaviy barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-oktabrdagi 849-son qarorining 8-bandi toʻrtinchi xatboshidagi:
davlat tilidagi matnida “1-martgacha” soʻzlari “1-iyulgacha” soʻzlari bilan;
rus tilidagi matnida “do 1-marta” soʻzlari “do 1-iyulya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda endokrinologik va gemofiliya kasalliklariga chalingan hamda buyrak va jigar transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan bemorlarni dori vositalari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida davlat tibbiyot tashkilotlarining xarajatlar smetasida mazkur tadbirlar uchun koʻzda tutilgan budjet mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining xarajatlar smetasida jamlash orqali markazlashtirilgan holda xarid qilishga ruxsat berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-avgustdagi 642-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2019-y., 09/19/642/3626-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-mart,
185-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-martdagi 185-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boshqaruv organlariga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotilishi hamda foizsiz budjet ssudasini qolgan qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qoplanishini amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼul ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda respublika, viloyat va tuman darajasidagi davlat tibbiyot tashkilotlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini taqsimot roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.
2019-yil 10-mart
II-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan taqsimot roʻyxatiga asosan 2019-yil davlat budjeti parametrlari doirasida, shuningdek, zarur hollarda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalariga dori vositalari va tibbiyot buyumlar uchun zarur mablagʻlarni ajratish.
2019-yil 1-aprel
III-bosqich
“Oʼzmedimpeks” DUK
“Oʼzmedimpeks” DUK tomonidan 26.5 mlrd soʻm foizsiz budjet ssudasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarish.
2019-yil 1-aprel
IV-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Va�irlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Tasdiqlangan taqsimotga muvofiq davlat tibbiyot tashkilotlari xarajatlari smetalarida dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun rejalashtirilgan budjet mablagʻlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari xarajatlar smetasining tegishli satriga jamlash.
2019-yil 20-aprel
V-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari
Tasdiqlangan taqsimotga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqarma organlari oʻrtasida dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarini sotish uchun toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish.
2019-yil 1-may
VI-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi. Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻlikni saqlash boshqarmalari
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofiq mablagʻlarni toʻlash.
Belgilangan muddatlarda
VII-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishdan tushgan 258,5 mlrd soʻm mablagʻni jamlash va foizsiz budjet ssudasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarish.
2019-yil 1-iyul
Izoh: Zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining qoʻshma buyruqlariga asosan mazkur sxemaga oʻzgartirishlar kiritish mumkin (III va IV-bosqichlardan tashqari).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2019-y., 09/19/185/2702-son, 02.08.2019-y., 09/19/642/3626-son)