toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Banklarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3.2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 626-7]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3253, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 240-son (roʻyxat raqami 626, 1999-yil 11-fevral) bilan tasdiqlangan Banklarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3.2-bandi “i” kichik bandidagi “va terrorizmni” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-fevral,
3/11-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 10/19/626-7/2687-son)