Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5519-son Farmoni)”gi
Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 265-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920, 2017-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 934-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari X. Meliyev zimmasiga yuklansin.
1.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Mazkur Nizom talablari:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining, Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmatlari xodimlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga hamda uning apparati yetakchi mutaxassisiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislariga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
“a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga;”.
4.
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmatlari xodimlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga hamda uning apparati yetakchi mutaxassisiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislariga martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomda hamda mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladi.”.