1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI ROʻYXATGA OLISh TARTIBIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida”gi 1998-yil 15-apreldagi 160-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish boʻyicha ishlarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-sentabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish tartibining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Roʻyxatga olish uchun ariza Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq beriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish uchun taqdim etiladigan zarur hujjatlar roʻyxati ilova qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-aprel,
162-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-apreldagi 162-son qaroriga ILOVA
Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish uchun taqdim etiladigan zarur hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olish toʻgʻrisida ariza.
Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
muassis;
nomi;
tili (tillar);
ommaviy axborot vositasi joylashgan joy;
maqsad va vazifalari;
taxmin qilinayotgan auditoriya;
nashrning moʻljallanayotgan davriyligi;
ommaviy axborot vositasi hajmi;
mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va moddiy texnika taʼminoti.
Ariza murojaat qilingan kun va oy koʻrsatilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi nomiga beriladi.
2. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) ommaviy axborot vositasining muassisi, uning nomi va manzili;
ustavi va uning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, mahalliy davlat boshqaruvi organlarida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;
noshirlik faoliyati uchun ruxsatnoma;
b) muassis tomonidan mablagʻ bilan taʼminlash va ommaviy axborot vositasini chiqarishni moddiy texnikaviy taʼminlash masalalarining hal etilishi;
nashrni bosib chiqarishning matbaa bazasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki dastlabki kelishuv;
nashrni bosib chiqarish uchun moliyaviy mablagʻ ajratilishi (muassis bilan ommaviy axborot vositasi tahririyati oʻrtasida tuzilgan shartnoma yoki muassisning qarori–mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi yigʻilish bayonnomasi);
v) ommaviy axborot vositasining Ustavi;
g) ommaviy axborot vositasini nashr etish daromadlari va xarajatlari smetasi loyihasi;
d) muassis bilan kelishilgan tavsiya etilayotgan shtat jadvali;
bosh muharrir lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod (qisqacha tavsifnoma);
ommaviy axborot vositasi mahsulotlarini tarqatish usullari;
nashrga obuna;
“Soyuzpechat” agentligi yoki boshqa korxonalar orqali chakana savdoda tarqatish toʻgʻrisida shartnoma;