Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini taʼminlash uchun kechki va tungi vaqtda jalb etilgan organlarning xizmat avtotransport vositalaridan samarali foydalanish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 2-apreldagi 154-son
qaroriga quyidagi mazmundagi 10
1-band qoʻshilsin:
“101. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi ixtiyorida boʻlgan avtomototransport vositalari, shuningdek, boshqa texnika, agregat va uskunalar uchun yoqilgʻi mahsulotlarini sarflash va yillik yoʻl bosish limitlari hamda xizmat avtomobillari soni meʼyorlari tegishlicha ushbu davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Transport vazirligi va “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan holda belgilanadi”.
2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.