Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 11-oktabrdagi 25/7-son qarori (roʻyxat raqami 1304, 2004-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 4-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Foizlarni oʻstirmaslik toʻgʻrisida
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Oʻzbekiston Respublikasi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 125-moddasiga muvofiq iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran qarzdorning barcha turdagi qarzlari boʻyicha neustoyka (jarima, penya) va foizlarni hisoblash tugatiladi.”.
2.
6-band “kapitalizatsiyalash orqali” degan soʻzlardan keyin “aktivning” degan soʻz bilan toʻldirilsin.