|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
|
T/r |
Tadbirlar |
Chora-tadbirlar va ularni amalga oshirishga doir takliflar |
Muddatlar |
Masʼul |
|
I. Siyosiy hamkorlik sohasida | ||||
|
1. |
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirining Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama tashqi ishlar vazirliklararo maslahatlashuvlar oʻtkazish. |
Navbati bilan Toshkent shahrida va Ashgabad shahrida har chorakda tashqi ishlar vazirliklararo maslahatlashuvlar oʻtkazishni Turkmaniston tomoni bilan kelishish. |
2005-yilning I choragi |
Tashqi ishlar vazirligi |
| 2. | Ishlab chiqish bosqichida turgan ikki tomonlama Oʻzbekiston-Turkmaniston bitimlarini, ularni imzolashga tayyorlash jarayoni tugallangandan keyin, keyinchalik Turkmaniston tomoni bilan muzokaralar olib borish uchun eng dolzarb hujjatlarni aniqlash yuzasidan xatlovdan oʻtkazish. | Tomonlarning ishlab chiqishi bosqichida turgan huquqiy xususiyatga ega boʻlgan barcha hujjatlarni Buxoro shahridagi sammit yakunlari boʻyicha imzolangan bitimlar doirasida ularning dolzarbligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Qoʻshma hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisida koʻrib chiqish uchun tayyorlash. | 2005-yilning I choragi | Tashqi ishlar vazirligi, tegishli respublika idoralari |
|
II. Savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida | ||||
| 1. | Toshkent shahrida Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi majlisini oʻtkazish. | Hukumatlararo komissiyaning Oʻzbekiston qismi hamraisini tayinlash toʻgʻrisidagi taklifni ishlab chiqish, komissiya majlisini oʻtkazish muddatini va kun tartibini diplomatik yoʻllar orqali Turkmaniston tomoni bilan kelishish. | 2005-yilning I choragi | Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 2. | Suv resurslarining taqsimlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Turkmaniston hududida joylashgan suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning chegaradan oʻtishi masalalarini birgalikda monitoring qilish boʻyicha ikki tomonlama idoralararo ishchi guruh tashkil qilish masalasini Turkmaniston tomoni bilan ishlab chiqish. Ushbu jarayon doirasida Oʻzbekiston va Turkmaniston qishloq va suv xoʻjaligi vazirliklari darajasida uchrashuv uyushtirish. | Turkmaniston tomoni bilan muzokaralar doirasida ishchi guruh toʻgʻrisidagi nizomni koʻrib chiqish va imzolash. | 2005-yil I yarim yilligi | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 3. | Turkmaniston Temir yoʻllar vazirligi va boshqa transport idoralari bilan Oʻzbekiston yuklarini Turkmaniston hududi orqali tranzit boʻyicha olib oʻtishga imtiyozli tariflar toʻgʻrisidagi Tejen-Seraxs qoidalarining amal qilishini tiklash boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. | Muzokaralarda quyidagi masalalarni koʻrib chiqish: 1996-yilda foydalanishga topshirilgan Tejen-Seraxs temir yoʻl liniyasi qurilishida ulush qoʻshgan holda qatnashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xarajatlari summasini Turkmaniston tomonidan toʻlash; “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasi yuklarini Turkmaniston hududi orqali tranzit boʻyicha olib oʻtishga imtiyozli tariflar belgilash. |
2005-yil II chorak | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aks�yadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi |
| 4. | Savdo uylari tashkil etish, shu jumladan tegishli huquqiy baza yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash, keyinchalik ularni amaliy aloqalar doirasida Turkmaniston tomoni bilan kelishish. | Savdo uylarini ochish uchun barcha tashkiliy masalalarni 2005-yil birinchi yarim yilligi oxirigacha kelishish. | 2005-yil I yarim yilligi | Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 5. | Transport vositalarining barcha turlari bilan yuklarni tashishda paydo boʻladigan masalalarni tezda hal etish uchun ikki tomonlama ishchi guruh tashkil etish va muntazam uchrashuvlar oʻtkazish mexanizmi toʻgʻrisidagi masalani Turkmaniston tomoni bilan ishlab chiqish. | Koʻrsatib oʻtilgan masalalarni diplomatik kanallar orqali Turkmaniston tomoni bilan tayyorlash va ishlab chiqish. | 2005-yil II chorak | Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi |
| 6. | Milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Turkmanistonga yetkazib berishni koʻpaytirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish. | Ashgabad shahrida Oʻzbekiston Respublikasining eksport potensiali taqdimotini oʻtkazish masalasini ishlab chiqish. Ikkala mamlakatlar oʻrtasida erkin savdo rejimi taʼsirchanligini oʻrganish. | 2005-yil I chorak | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
III. Xavfsizlik, bojxona va chegara masalalari sohasidagi hamkorlik | ||||
| 1. | Huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida oʻzaro ahdlashuv boʻyicha ikkala davlatlarning tegishli vazirliklari va idoralari rahbarlarining tashriflarini muntazam ayirboshlash. | Tegishli �azirliklar va idoralar rahbarlarining tashriflarini ayirboshlash muddatlari diplomatik kanallar orqali kelishiladi. | Ahdlashuv boʻyicha | Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 2. | Chegara hududida ishonch munosabatlarini mustahkamlash chora-tadbirlari doirasida respublika tegishli viloyatlari maʼmuriyatlari rahbarlarining chegarada hamkorlik masalalarini birgalikda hal qilish uchun Turkmanistonning chegara yaqinidagi viloyatlari mahalliy hokimiyatlari bilan amaliy aloqalarini yoʻlga qoʻyish. | | Doimo | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Tashqi ishlar vazirligi |
| 3. | Chegarada ishonch muhitini mustahkamlash, chegaradagi nizolarning oldini olish va kontrabandaga qarshi birgalikda kurashishni yoʻlga qoʻyish maqsadida chegara va bojxona idoralari vakillarining muntazam ravishdagi uchrashuvlarini oʻtkazish mexanizmini ishlab chiqish va Turkmaniston tomoni bilan kelishish. | | 2005-yil I chorak | Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 4. | Oʻzbekiston-Turkmaniston chegarasidagi 10 ta alohida uchastkani dyelimitatsiya qilishni tugallash va uni demarkatsiya qilish jarayoniga kirishish. | Turkmaniston tomoni bilan erishilgan ahdlashuvga muvofiq. | 2005-yil I yarim yilligi | Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi |
|
IV. Madaniy-gumanitar hamkorlik sohasida | ||||
| 1. | 2005-2006-yillar uchun madaniy almashuv dasturini tayyorlash (koʻrgazmalar, ijodiy jamoalar chiqishlari va boshqalar) va uni Turk�aniston tomoni bilan ishlab chiqish. | Dasturni tayyorlashda unda Oʻzbekistondagi turkmanlar orasidan madaniyat arboblari qatnashishi zarurligini hisobga olish. | 2005-yil I chorak? | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |