toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mudofaa sanoati sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasidagi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari lavozimi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimi;
Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti;
Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi va mudofaa sanoati masalalari kompleksining rahbari lavozimi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimi kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida:
Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi va mudofaa sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti;
Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil etilsin.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari hamda oʻrinbosarlari apparatlarining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi va mudofaa sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq;
Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov):
a) bir hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi va mudofaa sanoati masalalari kompleksi rahbarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari tasdiqlanishini;
b) 15 kun muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi tashkil etilgan tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlanishini taʼminlasin hamda yangi tashkil etilgan departamentlar mudirlari lavozimlariga nomzodlar yuzasidan takliflar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi (R.V. Abduqodirov) bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
yangi kiritilgan lavozimlarning funksional vazifalarini tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi tashkil etilgan tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etilgan boʻlinmalarga yuklangan vazifalarni yuqori professional darajada bajarishga qodir boʻlgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish yuzasidan takliflar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* 1 — 5-ilovalar rus tili matnida berilgan.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-yanvar,
PQ-4101-son