1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining
buyrug‘i
O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 29-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2684-1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2684, 2015-yil 17-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomgailovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-dekabr,
17-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 17-mh-son buyrug‘iga ILOVA
O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 14-banddan “va yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 26-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga” degan so‘zlar “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2018-yil 24-dekabr
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 25-dekabr
Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
2018-yil 26-dekabr
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2019-y., 10/19/2684-1/2548-son)