1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining
Qarori
Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3130]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 538-son “Oʻz kuchini yoʻqotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning oʻrniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi qaror qiladi:
1. Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-yanvar,
2-2019/QQ-son
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-yanvar,
9-son
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻi D. DEXKANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-yanvar,
1/103-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining 2019-yil 22-yanvardagi 2-2019/QQ, 9, 1/103-son qaroriga ILOVA
Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 538-son “Oʻz kuchini yoʻqotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning oʻrniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlarini belgilaydi.
1. Avtomobil transporti haydovchilari (bundan buyon matnda haydovchilar deb yuritiladi) mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, muassasalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan koʻproqni tashkil etadigan tashkilotlar uchun (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) majburiydir, boshqa tashkilotlar uchun tavsiya xususiyatiga ega.
2. Quyidagilar haydovchilarining ish haqi hisoblanadi:
bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun toʻlanadigan haq;
ragʻbatlantiruvchi va kompensatsiyalovchi ustama va qoʻshimcha haqlar;
ishdagi ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar;
maxsus turdagi mukofotlar;
bir yillik ish yakunlari boʻyicha mukofotlar;
moddiy yordam;
bir yoʻla mukofotlar;
Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
3. Tashkilotlar haydovchilari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga (bundan buyon matnda Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi deb yuritiladi) asosan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-yanvardagi 6-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasidan foydalanadigan xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga ularning moliyaviy imkoniyatlaridan va xoʻjalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda, xodimlar mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish uchun asos sifatida Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlari belgilanishi mumkin.
Mehnatga haq toʻlash boʻyicha Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasidan foydalanmaydigan xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar haydovchilarining mehnatiga Mehnat kodeksining 153-moddasiga asosan ushbu tashkilotda qabul qilingan mehnatga haq toʻlash tizimiga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Haydovchilar mehnatiga haq toʻlash razryadlari
4. Tashkilotlar haydovchilarining (yuk avtomobillari haydovchilaridan tashqari) mehnatiga haq toʻlash mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Tashkilotlar haydovchilarining (yuk avtomobillari haydovchilaridan tashqari) mehnatga haq toʻlash boʻyicha Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar asosida amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlardagi yuk avtomobillari haydovchilarining mehnatiga haq toʻlash mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Tashkilotlardagi yuk avtomobillari haydovchilarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar asosida amalga oshiriladi.
6. Haydovchilarning mehnatiga haq toʻlash razryadlari avtomobilning xarakteristikasida (texnik pasportida) ishlab chiqaruvchi tomonidan koʻrsatilgan avtomobillar parametrlari va vazifasidan kelib chiqib mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq belgilanadi.
Tashkilotda haydovchiga bir nechta sinfdagi avtomobillar biriktirilgan hollarda haydovchiga unga biriktirilgan avtomobilning eng yuqori razryadidan kelib chiqqan holda haq toʻlanadi.
7. Haydovchilarning Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha razryad:
kon samosvallari, tez buziladigan yuklar tashishda avtomobil-refrijeratorlar, shuningdek avtokranlar — bir razryad yuqori;
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining ixtisoslashtirilgan avtomobillari uchun boshqa tez tibbiy yordam avtomobillarining haydovchilariga nisbatan bir razryad yuqori belgilanadi.
8. Haydovchilarning tarif stavkasiga 1,228 miqdorida tarmoq koeffitsiyenti qoʻllaniladi. Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tegishli razryadi boʻyicha haydovchining bazaviy tarif stavkasini hosil qiladi.
9. Ishga soatbay haq toʻlash joriy etilsa, bazaviy oylik tarif stavkasini ish vaqti yillik balansini hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan ish soatlarining oʻrtacha oylik miqdoriga boʻlish orqali belgilanadigan soatbay tarif stavkalari qoʻllaniladi.
Davlat boshqaruvi organlarida biriktirilgan shaxsiy va navbatchi yengil avtomashinalarning haydovchilari uchun soatbay mehnatga haq toʻlash sharti bilan navbatchilikka 12 soatdan oshmagan holda smenalik ish rejimi oʻrnatiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
3-bob. Haydovchilarga beriladigan qoʻshimcha toʻlovlar
10. Quyidagilar uchun ustamalar va qoʻshimcha haqlar belgilanadi:
tungi vaqtda, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik, shuningdek xizmat vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan miqdorlarda;
malaka darajasi uchun ikkinchi darajali haydovchilarga Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tegishli razryadi boʻyicha haydovchining bazaviy tarif stavkasining 10 foizi miqdorida, birinchi darajali haydovchilarga — 25 foizi miqdorida;
xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirganligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan davrda Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi tegishli razryadi bazaviy tarif stavkasining 20 foizigacha;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi transport qismi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi Avtoxoʻjaligi balansida boʻlgan yengil avtomobillar haydovchilariga alohida mehnat sharoitlari uchun — Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tegishli razryadi boʻyicha haydovchining bazaviy tarif stavkasining 35 foizi;
avtotransport vositasi qurilmalari, mexanizmlari va uskunasini boshqarish uchun maxsus ishchilar talab etilgan boʻlsa va ularning vazifalarini haydovchi bajarayotgan boʻlsa, bir yoʻla bir necha kasbda ishlaganligi, xizmat koʻrsatish zonasi kengayganligi va bajariladigan ishlar hajmi oshganligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida belgilangan tartibda;
agar ish smenasi oʻrtasidagi tanaffus ikki soatdan ortiqni tashkil etsa, boʻlingan ish smenasida ishlaganligi uchun — bazaviy tarif stavkasining 30 foizigacha. Bunda, ichki smenaning tanaffus vaqti hisobga olinmaydi;
agar yoʻnalish boʻyicha berilgan topshiriqqa koʻra haydovchi doimiy yashash joyiga (avtotransport tashkiloti, garaj joylashgan joyga) qaytib kelish imkoniyatiga ega boʻlmasa, safar xususiyatiga ega mehnat sharoitlarida ishlaganligi uchun — yoʻnalish boʻyicha berilgan topshiriqni bajarish davri uchun bazaviy tarif stavkaning 10 foizigacha;
ustama va qoʻshimcha haqlarning aniq miqdorlari jamoaviy shartnomada belgilanadi, agar u tuzilmagan boʻlsa, kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda ish beruvchilar tomonidan belgilanadi.
11. Haydovchilarning bazaviy tarif stavkalari:
vaqtbay ishlaydigan haydovchilar uchun pritseplarga ega avtopoyezd va yuk avtomobillarida ishlashda ular mazkur avtotransport vositalarida amalda ishlagan kunlari uchun 20 foizga;
togʻ va konlarda olib boriladigan texnologik ishlarda, kesik joylarda va ochiq konlarda texnologik tashuvlarda ishlashda ular amalda ishlagan kunlari uchun 24 foizgacha;
portlovchi va radioaktiv moddalarni tashishda 12 foizgacha oshiriladi.
4-bob. Transport vositasini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatish davrida haydovchilarning mehnatiga haq toʻlash
12. Haydovchilarga biriktirilgan avtomobillar taʼmirlash yoki texnik xizmat koʻrsatish uchun olib qoʻyilgan hollarda ular haydovchilar ixtisosligi boʻyicha boshqa avtomobillarda xizmat qilishlari lozim.
13. Oʻziga biriktirilgan avtomobillarning bekor turib qolishi (nosozligi yoki toʻliq emasligi, ixtisosligi boʻyicha ish yoʻqligi) tufayli avtomobil haydovchilari avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarga (yoki boshqa kasbga ishlashga) oʻtkazilgan hollarda bekor turib qolgan butun vaqt uchun ularning mehnatiga bajariladigan ish boʻyicha, biroq avvalgi (asosiy) ish boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda haq toʻlanadi.
Haydovchilar avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash ishlariga oʻtkazilganda ularga ushbu davrda malaka darajasi uchun beriladigan ustama haq toʻlanmaydi.
14. Taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning maxsus shtatini saqlashga ehtiyoj boʻlmagan va shuning uchun haydovchilar ish vaqtida avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajaradigan tashkilotlarda (agar bu ishlarni texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida yoki avtotransport tashkilotida bajarish imkoni boʻlmasa) mazkur ishlarni bajarish vaqti uchun haydovchilarga belgilangan shartlarga muvofiq mazkur Nizomning 12-bandida belgilangan ustamalar va qoʻshimcha haqlarni hisobga olgan holda haq toʻlanadi.
5-bob. Haydovchilarga toʻlanadigan boshqa haq turlari
15. Mazkur Nizomning 3-bobida koʻrsatilmagan mukofot berish, moddiy yordam va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar hamda kompensatsiya toʻlovlarni toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilingan xodimlar mehnatiga haq toʻlashga doir tashkilotning lokal hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Haydovchining aybi boʻlmagan holda boʻsh turib qolgan vaqt uchun ish haqi qonun hujjatlarida belgilangan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorida toʻlanadi.
Haydovchining aybi bilan boʻsh turib qolgan vaqt uchun ish haqi toʻlanmaydi.
17. Ikki nafar haydovchi bir vaqtda bir avtomobilda uzoq reysga yuborilgan hollarda har bir haydovchiga ish haqi reysga sarflangan ish vaqti hisob-kitobidan kelib chiqib vaqtbay toʻlanadi.
Mehnatga ishbay haq toʻlanganda avtomobil haydovchilarining ishbay haqi malaka darajasiga egalik uchun ustama haqni hisobga olmagan holda teng ulushlarda haydovchilar oʻrtasida boʻlinadi.
Agar uzoq reyslarga yuborilgan haydovchilarga yoʻnalish varagʻiga muvofiq avtomobildan tashqari smenlararo dam olish vaqti berilsa (mehmonxonada, kempingda, xizmat yoki ijara uyida), bu vaqt ish vaqtiga kiritilmaydi va unga haq toʻlanmaydi.
18. Jamoaviy shartnomalarda haydovchilarga boshqa ustamalar va qoʻshimcha haqlar nazarda tutilishi mumkin.
6-bob. Yakunlovchi qoida
19. Mazkur Nizomga rioya etish uchun javobgarlik muassasa rahbari zimmasiga yuklanadi.
Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tashkilotlar haydovchilarining (yuk avtomobillari haydovchilaridan tashqari) mehnatga haq toʻlash boʻyicha Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar
Avtomobil sinfi
Yengil avtomobil dvigatelining litrdagi ish hajmi;
Avtobusning gabarit uzunligi, metrda
(avtomobilning texnik pasporti boʻyicha)
Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar
Umumiy
Tez tibbiy yordam avtomobillari;
maxsus ovoz va chiroq signallari bilan jihozlangan avtomobillar
1. Yengil avtomobillar
Oʻta kichik va kichik
1,8 litrgacha
1
2
Oʻrtacha
1,8 litrdan 3,5 litrgacha
2
3
Katta
3,5 litrdan ortiq
3
4
2. Avtobuslar
Oʻta kichik
5 metrgacha
2
3
Kichik
5 metrdan 7,5 metrgacha
3
4
Oʻrta
7,5 metrdan 9,5 metrgacha
4
5
Katta
9,5 metrdan 11 metrgacha
5
6
11 metrdan 15 metrgacha
6
7
15 metrdan ortiq
7
3. Mototsikllar, motorollerlar hamda boshqa ikki va uch gʻildirakli motovositalar
Har qanday sinfdagi
-
1
-
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi Avtoxoʻjaligi balansida boʻlgan yengil avtomobillar haydovchilariga razryadlar mazkur jadvalda belgilangan razryadga nisbatan uch razryad, boshqa avtomobillar haydovchilariga ikki razryad yuqori belgilanadi.
Qonun hujjatlarida tashkilotga oʻzi uchun alohida razryad belgilash vakolati berilgan boʻlsa, ushbu tashkilotda mazkur jadvalda belgilangan razryaddan boshqa razryadlar qoʻllanilishi mumkin.
Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tashkilotlardagi yuk avtomobillari haydovchilarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar
Avtomobillar guruhlari (tonnada yuk koʻtarish qobiliyati),
avtomobilning texnik pasporti boʻyicha
Yagona tarif setka boʻyicha razryad
I
II
III
bort avtomobillari
ixtisoslashtirilgan va maxsus avtomobillar: samosvallar, furgonlar, sisternalar, refrijeratorlar, texnik yordam, yongʻin avtomobillari, qor tozalagichlar, yoʻlga suv sepgich mashinalar, avtokranlar, avtoyukkoʻtargichlar va maxsus jihozlangan boshqa avtomobillar; pritsepli va yarimpritsepli shatakchi avtomobillar
najas, chiriydigan axlat, hayvonlarning oʻliklari, sement, zaharli ximikatlar, suvsiz ammiak, ammiakli suv, radioaktiv moddalar va boshqa xavfli kimyoviy vositalar tashuvchi assenizatsion, sipiruvchi va tozalovchi avtotransport vositalari.
1,5 gacha
-
1
1,5 dan 3 gacha
0,5 dan 1,5 gacha
do 0,5 gacha
2
3 dan 5 gacha
1,5 dan 3 gacha
0,5 dan 1,5 gacha
3
5 dan 10 gacha
3 dan 5 gacha
1,5 dan 3 gacha
4
10 dan 20 gacha
5 dan 10 gacha
3 dan 5 gacha
5
20 dan 40 gacha
10 dan 20 gacha
5 dan 10 gacha
6
40 dan ortiq
20 dan 40 gacha
10 dan 40 gacha
7
-
40 dan ortiq
8
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi Avtoxoʻjaligi balansida boʻlgan yuk avtomobillari haydovchilariga razryadlar mazkur jadvalda belgilangan razryadga nisbatan ikki razryad yuqori belgilanadi.
Qonun hujjatlarida tashkilotga oʻzi uchun alohida razryad belgilash vakolati berilgan boʻlsa, ushbu tashkilotda mazkur jadvalda belgilangan razryaddan boshqa razryadlar qoʻllanilishi mumkin.