

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169362" id="onLBC-4169362">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7269"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari;</span></div><div id="LBC7312"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4169362" id="onLS-4169362">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;</span></div><div id="LS3745"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4170233" id="-4170233">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4170234" id="-4170234">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4170235" id="-4170235">Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarkibida Oʻzbek-Belarus qoʻshma axborot texnologiyalari fakultetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4170242" id="-4170242"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170247" id="-4170247">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son <a href="/mact/-3765586">qarori</a> ijrosini taʼminlash hamda respublika iqtisodiyotining ishlab chiqarish va real sektori tarmoqlari uchun yuqori malakali, xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek, oliy taʼlim tizimida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170248" id="-4170248">1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Belarus Respublikasining Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (keyingi oʻrinlarda universitet deb ataladi) tarkibida 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (Belarus Respublikasi) bilan hamkorlikdagi Oʻzbek-Belarus qoʻshma axborot texnologiyalari fakultetini (keyingi oʻrinlarda fakultet deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170251" id="-4170251">2. Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170255" id="-4170255">respublika iqtisodiyotining real sektori tarmoqlari uchun axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti, mobil tizimlarni dasturlash, sunʼiy intellekt sohalari boʻyicha malakali mutaxassislarni, ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170257" id="-4170257">axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti, mobil tizimlarni dasturlash, sunʼiy intellekt sohalari boʻyicha hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170260" id="-4170260">axborot texnologiyalari sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tashkil etish hamda taʼlim berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170264" id="-4170264">yuqori malakali mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviyligi hamda uzluksizligi tamoyillari, shuningdek, jahon taʼlim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashish asosida rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170267" id="-4170267">taʼlim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ishlab chiqarish tarmoqlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni oʻrnatish, rivojlantirish va mustahkamlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170269" id="-4170269">3. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170272" id="-4170272">fakultet kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda taʼlim yoʻnalishlari hamda mutaxassisliklari boʻyicha bakalavr va magistrlar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan universitet tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170274" id="-4170274">fakultetda talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida rus tilida, kunduzgi taʼlim shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari talablari inobatga olingan holda universitetning Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170277" id="-4170277">fakultetga abituriyentlarni talabalikka qabul qilish va fakultet bitiruvchilarining attestatsiyasi Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida belgilangan tartib, talab va muddatlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170280" id="-4170280">fakultetda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotasi kadrlarga boʻlgan zamonaviy talab va ehtiyojdan kelib chiqib, universitet va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170283" id="-4170283">fakultetning boshlangʻich faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida unga ajratilgan bino va inshootlarni joriy taʼmirlash ishlari va jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalari xarid qilish) bilan bogʻliq xarajatlar universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170287" id="-4170287">fakultetda oʻqish uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori milliy valyutada tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining bazaviy toʻlov-kontrakt summasidan kam boʻlmagan miqdorda universitet va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170292" id="-4170292">fakultet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi hamda Belarus Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan, oʻzaro kelishuv asosida belgilangan namunadagi ikki tomonlama tan olinadigan universitet hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti diplomlari beriladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5962820" id="edi-5962820"><a href="/mact/-4169362?ONDATE=19.01.2019 00#-4170295">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5962820" id="-5962820"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5962826" id="-5962826">fakultet faoliyatini moliyalashtirish universitetga talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5962852" id="-5962852">(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939490">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170329" id="-4170329">4. Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetidan fakultetning oʻquv jarayoniga jalb qilingan professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash va xizmat safari xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorining<a href="/mact/-3171590#-3171663"> 4-bandiga </a>muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170334" id="-4170334">5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019-yil 1-avgustga qadar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170339" id="-4170339">fakultetga universitet hududidagi binolardan mos joy ajratilishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170343" id="-4170343">fakultet professor-oʻqituvchilari tarkibi kasbiy pedagogik mahoratga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini, shuningdek, nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalarda taʼlim olgan, malaka oshirgan, ilmiy darajalarni himoya qilgan iqtidorli pedagog kadrlar hamda amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni taʼlim jarayoniga keng jalb qilinishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170347" id="-4170347">6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi universitet buyurtmanomalariga binoan fakultetni tashkil etishda va uning faoliyatida ishtirok etadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar, ilmiy va rahbar xodimlarni respublikaga jalb etishga ruxsatnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7155681" id="-7155681">Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona nizomga <a href="/mact/-5871129#-5874828">20-ilova</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170350" id="-4170350">7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 24-iyuldagi 569-son qaroriga 1-ilovaning <a href="/mact/-3833195?ONDATE=24.07.2018 00#-3833371">matni</a> <a href="/mact/-4169362#-4170453">ilovaga</a> muvofiq tahrirda bayon etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170356" id="-4170356">8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4170360" id="-4170360">9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4170367" id="-4170367">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4170370" id="-4170370">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4170374" id="-4170374">2019-yil 18-yanvar,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4170377" id="-4170377">46-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4170453" id="-4170453"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4170460" id="-4170460">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 46-son <a href="/mact/-4169362">qaroriga <br /></a>ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4170469" id="-4170469">Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4170474" id="-4170474"><strong>TUZILMASI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4170478" id="-4170478"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4779751" id="edi-4779751"><a href="/mact/-4169362?ONDATE=19.01.2019 00#-4779739">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4779751" id="-4779751"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4779756" id="-4779756"><img src="/files/4779725" /></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4779759" id="-4779759">Universitet (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4779761" id="-4779761">* Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4779764" id="-4779764">** Jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4779768" id="-4779768">(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli <a href="/mact/-4772130?ONDATE=24.03.2020 00#-4772947">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son) </div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4170238" id="-4170238">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 09/19/46/2506-son; 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
