1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining
buyrugʻi
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3123]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari (bundan buyon matnda qoʻshimcha xizmat deb yuritiladi) koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom talablari davlat maktabgacha taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda maktabgacha taʼlim muassasasi deb yuritiladi) uchun tatbiq etiladi.
2. Qoʻshimcha xizmatlar zarur moddiy-texnik baza hamda tegishli pedagog xodimga ega boʻlgan yoki tegishli mutaxassis jalb qilingan holda maktabgacha taʼlim muassasasida tashkil qilinishi mumkin. Bunda qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish bolaning maktabgacha taʼlim muassasasining oʻquv dasturi boʻyicha olib boriladigan taʼlim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermasligi kerak.
2-bob. Qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qarori bilan tasdiqlangan 2018-2019-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturiga asosan maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan quyidagilar boʻyicha qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatilishi mumkin:
dam olish kunlari va maktabgacha taʼlim muassasasida ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish, uni oʻqitish;
maktabgacha taʼlim muassasasining oʻquv dasturdan tashqari sport-sogʻlomlashtirish (karate, taekvondo, suzish, shaxmat, shashka, gimnastika, massaj va boshqalar) toʻgaraklari, badiiy-estetik (xor, raqs, tasviriy sanʼat va hokazolar) toʻgaraklar, fanlar boʻyicha toʻgaraklar (chet tillari, matematika, aqliy arifmetika, mantiq, informatika va boshqalar).
4. Maktabgacha taʼlim muassasasi tomonidan koʻrsatilishi rejalashtirilayotgan qoʻshimcha xizmatlar turlari hamda ular uchun belgilanadigan toʻlovlar miqdori maktabgacha taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi yigʻilishida muhokama qilinishi shart.
5. Maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlarning narxlar preyskuranti tegishli maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlinmasi bilan kelishilgan holda maktabgacha taʼlim muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
6. Qoʻshimcha xizmatlar tegishli maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlinmasi bilan kelishilgan holda maktabgacha taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻiga muvofiq quyidagi hujjatlar asosida tashkil etiladi:
8. Tasdiqlangan qoʻshimcha xizmatlarning preyskurant narxlari maktabgacha taʼlim muassasasining barcha shaxslar kirishi va koʻrishi mumkin boʻlgan joyda (joylarda) eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi.
3-bob. Bolalarni qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarga qabul qilish
9. Maktabgacha taʼlim muassasasida tashkil etilgan qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinishi mumkin.
10. Farzandi qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarda tarbiyalanishini istagan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tegishli maktabgacha taʼlim muassasasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Buyruqda bolaning F.I.O., tugʻilgan yili, qabul qilinayotgan qoʻshimcha xizmat turi va guruhi koʻrsatilishi lozim.
13. Qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarda bolalarning soni 25 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlarini ularning asosiy ish vaqtidan tashqari vaqtlarda kelishuv asosida qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarga jalb qilish mumkin.
15. Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlangan shaxslarning qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.