Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-498-son va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida” 2018-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-499-son qonunlari)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son
qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda):
1-banddan “va uning maslahatchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Vakillik normasini fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tegishli komissiya belgilaydi. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning umumiy sonining kamida oʻn ikki foizini tashkil etishi kerak”;
41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) uch yil muddatga saylanadi. Saylovlar “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga binoan tashkil etiladi va oʻtkaziladi”;
3-banddagi “va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga” soʻzlari “saylovini tashkil etish va oʻtkazishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarining namunaviy nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son
qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 51-son, 664-modda):
b) 4-ilovaning 6-bandi
toʻrtinchi xatboshisidagi “va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) koʻmaklashuvchi komissiyasi” soʻzlari “saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman (shahar) komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017-yil 31-iyuldagi 561-son
qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 31-son, 776-modda):
a)
muqaddimadan “va uning maslahatchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-banddan “va uning maslahatchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga” soʻzlari “saylovini tashkil etish va oʻtkazishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“vakillik normasi — fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tomonidan fuqarolar yigʻinlari uchun belgilanadigan fuqarolar vakillarining soni. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar umumiy sonining kamida oʻn ikki foizini tashkil etishi kerak”;
5-banddan “va ularning maslahatchilarining” hamda “va uning maslahatchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Ishchi guruh fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tomonidan belgilangan vakillik normasiga asosan fuqarolar yigʻinidagi fuqarolar vakillarining sonini aniqlaydi va fuqarolar yigʻinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yigʻilishini oʻtkazish joyi, kuni va vaqtini belgilaydi hamda uni oʻtkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qiladi”;
14-banddan “va uning maslahatchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 554-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning
9-bandida: