1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining
Qarori
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 177, 347-V va 40-son “Fermer xoʻjaliklarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazish va tasdiqlanadigan smeta asosida xarajat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2957, 2017-yil 19-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 51-son, 1246-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-dekabr,
153-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-dekabr,
350-V-son
Qishloq xoʻjaligi vaziri B. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-dekabr,
56-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2018-yil 13-dekabrdagi 153, 350-V va 56-son qaroriga ILOVA
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining aʼzolik badalini (bundan buyon matnda aʼzolik badali deb yuritiladi) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) oʻtkazib berish tartibini belgilaydi.
1. Aʼzolik badallari Kengash tizimini moliyalashtirish uchun tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining (bundan buyon matnda tuman kengashi deb yuritiladi) maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi. Tuman kengashlari tomonidan kelib tushgan aʼzolik badallari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining (bundan buyon matnda hududiy kengash deb yuritiladi) maxsus hisobvaragʻiga, hududiy kengashlar tomonidan esa Kengashning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Kengashga aʼzolik badali quyidagicha belgilanadi:
paxta xom ashyosi hamda donli ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari uchun paxta xom ashyosi hamda donning xarid narxidan 0,8 foiz miqdorida;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosili boʻnak va yakuniy hisob-kitobi mablagʻlari hisobidan fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan shartnomalarga va ularning toʻlov toshiriqnomalariga asosan aʼzolik badali toʻlovlari amalga oshirilishi mumkin.
5. Kengashga aʼzolik badallarini kirim qilish uchun tuman kengashlariga tijorat banklarida alohida 22626-son maxsus hisobvaraqlari hamda kengashlarning daromad va xarajatlari uchun 20212-son asosiy hisobvaraqlari ochiladi.
6. Fermer xoʻjaliklari tomonidan har yili paxta xom ashyosi hamda donli ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari uchun paxta xom ashyosi hamda donning xarid narxidan 0,8 foiz miqdordagi, boshqa fermer xoʻjaliklari uchun ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlarining 0,5 foizi fermer xoʻjaliklarining 23210-son maxsus hisobvaragʻiga kirim qilingan mablagʻlar hisobidan aʼzolik badali summasi mutanosib ravishda oyma-oy tuman kengashlari tomonidan shartnomaga muvofiq qoʻyiladigan toʻlov talabnomalari va fermer xoʻjaliklarining toʻlov topshiriqnomalari asosida tuman kengashlarining 22626-son maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalarining aʼzolik badali, tuman kengashi bilan tuzilgan aʼzolik toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan miqdor va muddatlarda oʻtkazib beriladi.
7. Tuman kengashlarining 22626-son maxsus hisobvaragʻiga aʼzolik badallari uchun kelib tushgan mablagʻlar keyingi ish kunidan kechikmagan holda bank hisobvaragʻi shartnomasiga asosan toʻlov topshiriqnomasi yoki memorial order orqali toʻliq hududiy kengashning alohida 22626-son maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
8. Hududiy kengashning alohida 22626-son maxsus hisobvaragʻiga tuman kengashlaridan kelib tushgan mablagʻlar keyingi ish kunidan kechikmagan holda bank hisobvaragʻi shartnomasiga asosan toʻlov topshiriqnomasi yoki memorial order orqali toʻliq Kengashning alohida 22626-son maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
9. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining aʼzolik badali Kengash bilan tuzilgan shartnomalarga asosan belgilangan tartibda tuman kengashlarining 22626-son maxsus hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
Mazkur aʼzolik badallari tuman va hududiy kengashlar tomonidan mazkur Nizomning 8-9-bandlarida belgilangan tartibda Kengashning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
10. Kengash va uning hududiy hamda tuman kengashlari hisobvaraqlariga tushgan xayriya mablagʻlari va grantlar, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar ularning asosiy hisobvaraqlariga kirim qilinadi va mazkur kengashlar tasarrufida qoladi. Ushbu mablagʻlardan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻz Ustavida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
11. Kengashga, hududiy va tuman kengashlariga ularning Ustavida belgilangan vazifalar doirasida fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan majburiyat yuklatiladi.
12. Kengash bilan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan aʼzolik shartnomalari doirasida tomonlarga olgan majburiyatini bajarish hamda aʼzolik badallarini belgilangan muddatlarda toʻlab berish majburiyatlari yuklatiladi.
13. Aʼzolik badali boʻyicha qarzdorligi boʻlgan fermer va dehqon xoʻjaliklari tugatilganda va ushbu qarzlarni undirish imkoni boʻlmaganda mazkur qarzdorliklarni Kengash Rayosati qaroriga asosan undirish ishlari toʻxtatiladi.
14. Kengash, hududiy va tuman kengashlarining yillik daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻriligi va asoslanganligi hamda kelib tushgan mablagʻlarni maqsadli ishlatilishi uchun Kengash, hududiy va tuman kengashlari shaxsan javobgardirlar.
15. Mablagʻlarning toʻgʻri va maqsadli ishlatilishini nazorat qilish Kengashning Rayosati zimmasiga yuklatiladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
16. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.