Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/9-son (roʻyxat raqami 2546, 2013-yil 27-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 711-modda) bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.