1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.03.00 Maʼmuriy-hududiy boʻlinish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Maʼmuriy-hududiy tuzilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISiNING “SAMARQAND VILOYATINING PAYARIQ TUMANI BILAN CHELAK TUMANINI, PASTDARGʻOM TUMANI BILAN GOʻZALKENT TUMANINI BIRLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA”GI QARORINI BAJARISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Samarqand viloyatining Payariq tumani bilan Chelak tumanini, Pastdargʻom tumani bilan Goʻzalkent tumanini birlashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 7-dekabrdagi 324-II-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.03.00 Maʼmuriy-hududiy boʻlinish]
1. Samarqand viloyatining Payariq va Chelak, Pastdargʻom va Goʻzalkent tumanlarini birlashtirish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik tadbirlarni hal etish boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq Respublika komissiyasi tuzilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
2. Payariq va Pastdargʻom tumanlari hokimliklari apparati xodimlarining cheklangan soni tegishli ravishda 16 kishidan iborat boʻlgan tashkiliy tuzilmasi 2, 2a va 3, 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Xokimlik apparati va boʻlimlarining xodimlari mehnatga haq toʻlash boʻyicha I guruhga kiritilsin.
3. Respublika komissiyasi:
Samarqand viloyati tumanlarini birlashtirish bilan bogʻliq barcha zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning bajarilishini ikki oy muddatda taʼminlansin;
Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Samarqand viloyati Payariq va Pastdargʻom tumanlarining davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari shtatdagi xodimlari soni va tuzilmasini, ularni joylashtirish joylarini va xodimlar mehnatiga haq toʻlashning tegishli fondlarini belgilashga doir tashkiliy masalalarni bir hafta muddatda hal etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Payariq va Pastdargʻom tumanlarini 2002-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ularning budjeti prognoz parametrlarini, birlashtirishni hisobga olgan holda belgilash bilan bogʻliq masalalarning hal etilishini bir oy muddatda taʼminlasin;
Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda tashkiliy davrda iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz va bir maromda ishlashini, ijtimoiy masalalarning hal etilishini, shu jumladan pensiya va nafaqalar oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlasin;
ish bilan taʼminlash organlariga yuqorida koʻrsatilgan tumanlar davlat va boshqaruv organlarini birlashtirish natijasida boʻshab qoladigan xodimlarini ishga joylashtirishda yordam koʻrsatsin, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda kelgusida statistik bazaning qiyoslanuvchanligini taʼminlash uchun Payariq va Pastdargʻom tumanlarining statistik koʻrsatkichlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Samarqand viloyati hokimligi (Mirziyoyev) Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va Payariq va Pastdargʻom tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni chuqurlashtirishga doir kompleks tadbirlarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov va Samarqand viloyati hokimi Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 11-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-dekabrdagi 472-son qaroriga 2a-ILOVA
Payariq tumani hokimligi apparati rahbar xodimlarining cheklangan soni va YTS boʻyicha ular mehnatiga haq toʻlash
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 11-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-dekabrdagi 472-son qaroriga 3a-ILOVA
Pastdargʻom tumani hokimligi apparati rahbar xodimlarining cheklangan soni va YTS boʻyicha ular mehnatiga haq toʻlash
razryadlari
I guruh
Lavozimlar nomi
Soni
Razryad
Hokim
1
17
Hokimning birinchi oʻrinbosari
1
16
Hokim oʻrinbosari
4
15
Guruh rahbari
1
14
Kanseleyariya mudiri
1
13
Hokim yordamchisi
1
12
Katta buxgalter
1
11
Bosh mutaxassis
4
11
Yetakchi mutaxassis
2
10
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 11-modda)