toggle_night_mode
Hujjat 09.01.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, sanʼat va madaniyat sohasida taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qarori bilan sanʼat va madaniyat kollejlari bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladigan ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarga aylantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi akademik litseylar toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlar toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga;
Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar bitiruvchilariga beriladigan diplomning davlat namunasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda ustamalar qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi:
20 foiz — oʻqituvchilarga, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab- internatlarda pedagog xodimlarga, shu jumladan, tarbiyachilar yordamchilariga chuqur oʻrganiladigan fanlar boʻyicha amalda oʻtkazilgan darslar uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
20 foiz — ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablarida oʻquv jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan direktorlar, ularning oʻrinbosarlari va psixologlarga;
40 foiz — ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktab-internatlarida oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan direktorlar, ularning oʻrinbosarlariga.
b) Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-oktabrdagi 868-son qarori Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.V. Nuridinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-yanvar,
9-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 9-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob.Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar deb ataladi) maqomi, maqsadi va vazifalarini, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish hamda taʼlim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar oʻquvchilarni mutaxassislik fanlariga kasbiy yoʻnaltirishni hamda ularni kelgusida oliy taʼlim muassasalarida oʻqishini davom ettirishlari yoki mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun maqsadli tayyorlashni nazarda tutadigan, davlat taʼlim standartlari, davlat talablari, oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari talablariga muvofiq ravishda oʻquv-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan davlat taʼlim muassasalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachilik boʻlinmasida shaxsiy gʻazna hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, oʻz ustaviga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga umumiy rahbarlik qiladi, jumladan, ularni tashkiliy va mutaxassis kadrlar bilan taʼminlaydi, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi, oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtiradi hamda faoliyatini nazorat qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning samarali faoliyat koʻrsatishida, amaliyotlarni tashkil etishida hamda bitiruvchilar bandligini taʼminlashida ularga zarur amaliy yordam koʻrsatadi.
2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning maqsadi va vazifalari
6. Oʻquvchilarni mutaxassislik fanlaridan chuqurlashtirilgan va kasbga yoʻnaltirilgan holda oʻqitish, ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
7. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning vazifalari hisoblanadi:
oʻquvchilarni sanʼat va madaniyat yoʻnalishida tanlagan kasblari boʻyicha mutaxassislik fanlaridan chuqurlashtirilgan va kasbga yoʻnaltirilgan davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq sifatli oʻqitishni tashkil etish;
oʻquvchilarning kelgusida oliy taʼlim muassasasida oʻqishini davom ettirishi yoki tanlagan kasbi va ixtisosligiga muvofiq mehnat faoliyati bilan shugʻullanishi uchun yuqori darajada sifatli bilimlar olishi va kasbiy tayyorgarligini taʼminlaydigan davlat talablari doirasida ixtisoslashtirilgan oʻquv dasturlarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
sanʼat va madaniyat sohasini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash, qonun hujjatlariga muvofiq taʼlim masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
yoshlarning izchil intellektual, madaniy va maʼnaviy-axloqiy kamol topishga boʻlgan ehtiyojini qondirish, ularni ona-Vatanga, yuksak fuqarolik, insoniylik fazilatlariga, milliy gʻoyalarga, oʻz xalqining maʼnaviy-tarixiy, umumbashariy qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarash va fikrlashga ega boʻlgan har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirish.
3-bob. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
8. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻquvchilarning kasbiy qiziqishlari va mahoratini hamda sanʼat va madaniyat sohasida olgan boshlangʻich bilim va koʻnikmalarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlash maqsadida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda asosiy eʼtibor ularning professional darajasini oshirishga qaratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul kvotalari joylardagi ish beruvchi tashkilotlar tomonidan mavjud kasblarga boʻlgan ehtiyoj va talablar asosida, shuningdek, oʻquvchilarning va ota-onalarining xohish va istaklarini inobatga olgan holda ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning bergan takliflariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.
10. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda oʻqish oʻzbek, qoraqalpoq va rus tilida olib boriladi.
11. Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda sinflardagi oʻquvchilar soni 25 — 30 nafarni tashkil qiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar taʼlim yoʻnalishlari xususiyatiga koʻra, mutaxassislik fanlarining amaliy mashgʻulotlari kichik guruhlarga boʻlingan holda hamda yakka (individual) tartibda olib boriladi.
12. Maktablar va maktab-internatlarning namunaviy oʻquv rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Fan dasturlarini ishlab chiqish, amaliyotlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi, oʻquv-tarbiyaviy ishlar hamda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish davlat talablaridan kelib chiqqan holda hamda ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olib Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda auditoriya va auditoriyadan tashqari mashgʻulotlar oʻtkazishning turli zamonaviy shakllari va interfaol usullaridan foydalaniladi.
Taʼlim berishda oʻquv jarayonini madaniyat, sanʼat va musiqa muassasalarining ijodiy jamoalari bilan bogʻlashga doir tashkiliy, ilmiy-metodik ishlar olib boriladi.
14. Mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari soatbay haq toʻlash asosida taʼlim-tarbiya jarayoniga jalb etilishi mumkin.
15. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning rahbar xodimlari, ishchi-xodimlari, oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarining lavozim vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Tegishli oliy maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadirlar.
Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻqituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga umumiy oʻrta taʼlim va ijtimoiy gumanitar fanlar boʻyicha pedagogik ish stajiga ega boʻlgan va tanlovdan oʻtgan malakali pedagog kadrlar oʻqituvchilik lavozimiga tayinlanadi. Sanʼat va madaniyat yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan bakalavr va magistr darajasiga ega boʻlgan mutaxassis pedagoglar tegishli kasblari boʻyicha maxsus fanlar oʻqituvchisi lavozimiga tayinlanadi.
Oliy maʼlumotli bakalavr darajasidagi mutaxassislarga, shuningdek, istisno tariqasida, oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislarga (oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar bilan taʼminlangunga qadar) konsertmeysterlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda oʻquvchilar bilimini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻquv yili yakunlangandan keyin ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar oʻquvchilarini har bir bosqichda oʻzlashtirish va ijodiy imtihon natijalari boʻyicha keyingi sinfga oʻtkazish toʻgʻrisida pedagogik kengash tomonidan qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarning keyingi sinfga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi qaror ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻquvchilarni qabul qilish
18. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻquvchilarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan joylarda ish beruvchi tashkilotlarning ehtiyojini inobatga olgan holda shakllantiriladigan har yilgi qabul kvotalari doirasida ijodiy sinov asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) ixtisoslashtirilgan maktablar uchun:
10-sinfdan;
istisno tariqasida, kasblarning oʻziga xos xususiyatini inobatga olgan holda:
Keyingi tahrirga qarang.
6-sinfdan (Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabining sirk yoʻnalishi boʻyicha);
Keyingi tahrirga qarang.
7-sinfdan (Respublika ixtisoslashtirilgan xoreografiya maktabiga);
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
b) ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun:
1-sinfdan (7 yoshdan boshlab);
5-sinfdan.
19. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda har bir yangi oʻquv yili uchun hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli kasb va ixtisoslik boʻyicha ijodiy sinovlar oʻtkazish hamda ota-onalarning (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya tarkibi 7 nafardan kam boʻlmagan toq miqdorda tashkil etilib, tarkibiga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat direktori, tegishli boʻlim mudiri, tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari vakillari hamda mazkur taʼlim muassasasining pedagog xodimlari kiritiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktorlari komissiya raisi hisoblanadi.
20. Komissiyaning ish faoliyatini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va hisobotlarni yuritish boʻyicha masʼul kotibi ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning rahbariyati tavsiyasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Komissiya har bir kasb boʻyicha oʻquvchilarning kasbiy mahorati va layoqatini, boshlangʻich tayyorgarligi darajasini aniqlashtirishda ijodiy sinov shartlariga asoslanadi. Ushbu shartlarni amalda qanday bajarishiga qarab, oʻquvchiga ijodiy sinov ballari qoʻyilib, bolalar musiqa va sanʼat maktabida olgan oʻrtacha ballni qoʻshgan holda umumlashtiriladi va oʻquvchi tanlagan yoʻnalishiga qabul qilinganligi yoki yetarli ball ololmagani uchun qabul qilinmagani haqida qaror chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning rahbariyati tomonidan, oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 1 oy oldin tanlov yoʻnalishlari va shartlari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi rasmiy veb-saytlarida, ommaviy axborot vositalarida (respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosida) eʼlon beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga kirish uchun hujjatlar har yili 1 — 30-iyun kunlari qabul qilinadi. Bunda nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktori nomiga ariza;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
bolalar musiqa va sanʼat maktabini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda 9-sinfni tamomlaganlik haqida shahodatnoma;
086-U va 0-63-shakllar boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;
taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchining isteʼdodi va iqtidorini koʻrsatuvchi ishlaridan (agar ular mavjud boʻlsa) namunalar (diplom, faxriy yorliq, fotosurat hamda boshqa ijodiy ishlar).
24. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga ijodiy sinovlar har yili 15 — 30-iyul kunlari oraligʻida oʻtkaziladi.
25. Oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning bitiruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning bitiruvchilariga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.
5-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻqishga qabul qilish uchun ijodiy sinov oʻtkazish
26. Ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻqishga qabul qilish mazkur Nizomning 18-bandi “a” kichik bandida belgilangan tartibda ijodiy sinov asosida amalga oshiriladi.
27. Ijodiy sinov shartlari ixtisoslashtirilgan maktablarning yetakchi mutaxassislari tomonidan har bir yoʻnalish xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
28. Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish boʻyicha oʻtkaziladigan ijodiy sinov kunlarining aniq muddati komissiya tomonidan tasdiqlanadigan jadvalda koʻrsatiladi.
29. Ixtisoslashtirilgan maktablarda ijodiy sinovlar boshlanishidan kamida besh kun oldin komissiya tomonidan tasdiqlangan jadval asosida ular oʻtkaziladigan har bir yoʻnalish boʻyicha maslahat darslari (konsultatsiya) tashkil etiladi.
Maslahat darslari (konsultatsiya) jarayonida bajarilgan ijodiy ishlar yoki savol-javoblar ijodiy sinovni baholashda eʼtiborga olinmaydi.
30. Oʻquvchilar komissiya tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida ijodiy sinovlarga kiritiladi. Uzrsiz sabablarga koʻra ijodiy sinovlarga kelmagan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha sinovlar oʻtkazilmaydi.
31. Oʻquvchilarga ijodiy sinovlar oʻtkaziladigan binoga oʻzi bilan musiqa asbobi, tegishli maxsus kiyim yoki rekvizit, ijodiy ishni bajarishga zarur boʻladigan anjomlar olib kirishi uchun ruxsat etiladi.
32. Ijodiy sinovlar oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida oʻtkaziladi.
33. Ijodiy sinov quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich — muayyan kasb boʻyicha oʻquvchining nazariy bilimlarini aniqlash maqsadida savol-javoblar shaklida oʻtkaziladi. Bunda har bir oʻquvchiga sohaga oid nazariy savol beriladi va 30 ballik mezon asosida baholanadi;
ikkinchi bosqich — ijodiy sinov ishtirokchisi oʻzi tayyorlab kelgan ijodiy ishlari namunasini taqdim etadi (amalda bajarib beradi) va 60 ballik mezon asosida baholanadi.
Ushbu shartlar amalda bajarilganda, oʻquvchiga ijodiy sinovning umumiy ballariga umumtaʼlim maktabi 9-sinf bitiruvchisining shahodatnomasi 5 ballik, bolalar musiqa va sanʼat maktabini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi 5 ballik mezon asosida baholanib, ballari umumlashtiriladi.
34. Oʻtkazilgan ijodiy sinovning barcha bosqichida qoʻyilgan ballar umumlashtirilib oʻquvchining muayyan kasb boʻyicha mahorati va layoqati, boshlangʻich tayyorgarligi darajasiga umumiy baho (ball) chiqariladi. Ijodiy sinov umumiy maksimal 100 ballik tizim asosida baholanadi.
35. Ijodiy sinovlar boʻyicha yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar ballar ketma-ketligi boʻyicha belgilangan kvotaga muvofiq oʻqishga qabul qilinadi.
36. Nufuzli xalqaro (I, II, III oʻrinlar) va respublika (I oʻrin) miqyosidagi tanlovlar gʻoliblari belgilangan kvota doirasida imtiyozli ravishda oʻqishga qabul qilinadi.
37. Oʻquvchilarning ijodiy sinovlardagi koʻrsatkichlari teng boʻlib qolgan holatlarda quyidagilar birinchi navbatda oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻladi:
ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan, chin yetim, nogironligi boʻlgan bolalar;
viloyat yoki shahar miqyosidagi tanlovlar gʻolibi boʻlgan oʻquvchilar.
38. Ijodiy sinovlarning yakuniy natijalari ijodiy sinovlar yakunlangandan soʻng 3 kun mobaynida komissiya tomonidan eʼlon qilinadi.
39. Ijodiy sinovlardan oʻtmagan oʻquvchilarning hujjatlari, oʻquvchining ota-onasini (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilgan holda farzandi taʼlim oladigan umumtaʼlim maktabi maʼmuriyatiga hududiy xalq taʼlimi boʻlimlari orqali qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Ijodiy sinovlar natijalaridan norozi boʻlgan oʻquvchilar sinov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida taʼlim muassasasida belgilangan tartibda tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Ijodiy sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar sinov oʻtkazilgan yilning 20-avgustiga qadar ixtisoslashtirilgan maktab direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar safiga qabul qilinadi.
6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilish uchun ijodiy sinov oʻtkazish
42. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilish mazkur Nizomning 18-bandi “b” kichik bandida belgilangan tartibda ijodiy sinov asosida amalga oshiriladi.
43. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilish uchun ijodiy sinov quyidagi tartibda baholanadi:
ijodiy sinovlar — 60 ballik mezon asosida;
umumtaʼlim fanlari boʻyicha oʻqish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida 1-sinf oʻquvchilari uchun psixolog-oʻqituvchi tomonidan savol-javob (4 ta vazifa — 10 ballik mezon asosida), 5-sinf oʻquvchilari uchun matematika, ona tili va adabiyot fanlaridan tuzilgan test (40 ballik mezon asosida) hamda psixolog suhbatidan va tibbiyot xodimlari koʻrigidan oʻtkaziladi.
44. Oʻtkazilgan ijodiy sinovning barcha bosqichida qoʻyilgan ballar umumlashtirilib, oʻquvchining muayyan kasb boʻyicha mahorati va layoqati, boshlangʻich tayyorgarligi darajasiga umumiy baho (ball) chiqariladi. Ijodiy sinov umumiy maksimal 100 ballik tizim asosida baholanadi.
45. Ijodiy sinovlar boʻyicha yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar ballar ketma-ketligi boʻyicha belgilangan kvotaga muvofiq oʻqishga qabul qilinadi.
46. Nufuzli xalqaro (I, II, III oʻrinlar) va respublika (I oʻrin) miqyosidagi tanlovlar gʻoliblari belgilangan kvota doirasida imtiyozli ravishda oʻqishga qabul qilinadi.
47. Oʻquvchilarning ijodiy sinovlardagi koʻrsatkichlari teng boʻlib qolgan holatlarda quyidagilar birinchi navbatda oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻladi:
ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan, chin yetim, nogironligi boʻlgan bolalar;
viloyat yoki shahar miqyosidagi tanlovlar gʻolibi boʻlgan oʻquvchilar.
48. Ijodiy sinovlarning yakuniy natijalari ijodiy sinovlar yakunlangandan soʻng 3 kun mobaynida komissiya tomonidan eʼlon qilinadi.
49. Ijodiy sinovlardan oʻtmagan oʻquvchilarning (5-sinfga qabul qilingan oʻquvchilar boʻyicha) hujjatlari, oʻquvchining ota-onasini (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilgan holda, farzandi taʼlim oladigan umumtaʼlim maktabi maʼmuriyatiga hududiy xalq taʼlimi boʻlimlari orqali qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Ijodiy sinovlar natijalaridan norozi boʻlgan oʻquvchilar sinov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida taʼlim muassasasida belgilangan tartibda tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.
51. Ijodiy sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar sinov oʻtkazilgan yilning 20-avgustiga qadar ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar safiga qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni boshqarish
52. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktorlarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
53. Direktor:
ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
oʻquvchilarning sifatli oʻqitilishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va dasturlarining bajarilishi, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning oʻquv-metodik va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati uchun javob beradi;
xodimlar va oʻqituvchilarni ishga qabul qiladi va ishdan ozod qiladi;
belgilangan shtatlar jadvaliga asosan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida pedagog xodimlarning tarifikatsiya boʻyicha roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda direktor huzurida oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va takomillashtirishga koʻmaklashadigan kollegial organ hisoblanadigan pedagogik kengash tashkil etiladi.
Pedagogik kengashning vazifalari va funksiyalari ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar ustavida belgilanadi.
55. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning direktori va direktor oʻrinbosarlari malaka talablarida, mehnat shartnomasi (kontrakt)da va ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar ustavida nazarda tutilgan oʻz funksional vazifalarini bajarishi yuzasidan masʼuldirlar.
56. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni boshqarish boʻyicha vazifalari hisoblanadi:
ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish, ularning tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat talablariga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning namunaviy oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, oʻqitishning zamonaviy shakl va namunalari, eng yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, oʻquvchilarga global axborot-huquqiy va taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar oʻquvchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun sifatli tayyorlashdagi roli va masʼuliyatini oshirish, shuningdek, bevosita ishtirokini taʼminlash;
ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilish komissiyalari faoliyatini tashkil etish;
yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplomlar berish.
57. Quyidagilar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni boshqarish boʻyicha vazifalari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻqituvchilar malakasini psixologik-pedagogik jihatdan oshirishni tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlik qilish;
tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlari hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim dasturlariga hamda oʻquv jarayoniga joriy etish boʻyicha ilmiy-metodik yordam koʻrsatish;
tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlari hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar va koʻrgazmali qoʻllanmalar ishlab chiqish, nashr ettirish hamda ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning oʻquv-metodik taʼminlanishini tashkil etishda hamkorlik qilish.
8-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash
58. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar faoliyatini moliyalashtirish quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari;
taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning ustavidagi vazifalariga muvofiq boʻlgan faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromadlar;
boʻsh turgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xorijiy davlatlarning kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar mablagʻlardan qonun hujjatlariga hamda oʻzining ustaviga muvofiq foydalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning mol-mulki asosiy fondlar, aylanma mablagʻlar, moliyaviy resurslar, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning mustaqil balansida aks etgan boshqa moddiy qiymatliklardan iborat.
61. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning oʻquv, laboratoriya xonalari va boshqa obyektlarini jihozlash davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq, kasb-hunar taʼlimi jarayonini moddiy-texnik taʼminlashning namunaviy normativlarida belgilanadi.
62. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar belgilangan tartibda oʻz ishlari natijalarining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
9-bob. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish tartibi
63. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ota-onalar toʻlovi eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
64. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi oʻquvchi taʼminoti uchun toʻlovning bir kunlik qiymati bir oylik toʻlov miqdorini shu oy mobaynidagi ish kunlari soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
65. Oʻquvchining yoki oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli oʻquvchi ixtisoslashtirilgan maktab-internatga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri hamda oʻquv yili davomidagi taʼtillar (kuzgi, qishki, bahorgi) davri uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi oy uchun toʻlovni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda oʻquvchining kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi oy uchun toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar oʻquvchining kelmagan kunlari uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, joriy oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan toʻlov summasiga kamaytiriladi.
Oʻquvchining yoki uning oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi sababli oʻquvchining ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Oʻquvchining uyda qolgan boshqa barcha holatlarda ixtisoslashtirilgan maktab-internatda oʻquvchi taʼminoti uchun toʻlovlar umumiy asoslarda toʻlanadi.
66. Ota-onaning (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) oldindan bergan yozma arizasiga asosan, oʻquvchining ixtisoslashtirilgan maktab-internatda boʻlishi toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni oʻquvchi amalda boʻlgan kunlar uchun toʻlanadi.
Oʻquvchining ixtisoslashtirilgan maktab-internatda boʻlishi vaqtincha yoki butunlay toʻxtatilishi toʻgʻrisida ota-onaning (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) yozma arizasi boʻlmagan holatlarda toʻlov toʻliq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
Oʻquvchining ixtisoslashtirilgan maktab-internatda toʻlov toʻlangan davrdan ortiq muddatda boʻlishiga ushbu oy uchun toʻlovning qolgan qismi toʻlangandan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
67. Yozgi taʼtillar davrida ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻquvchilar taʼminoti uchun toʻlov undirilmaydi.
68. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi oʻquvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam taʼminlangan oilalar farzandlari toʻlovdan ozod qilinadi. Bunda birinchi navbatda ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (yoki ulardan biri) I yoxud II guruh nogironi boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga, shuningdek, oʻrtacha oylik jami daromadi eng past darajada boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga va tegishli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi ota-onalar qoʻmitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
70. Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati u tasdiqlangandan keyin oʻquv yili davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
71. Mazkur Nizomni qoʻllash bilan bogʻliq ravishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
72. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
73. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 9-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi akademik litseylar toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi akademik litseylarning (keyingi oʻrinlarda akademik litseylar deb ataladi) maqomi, maqsadi va vazifalarini, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish hamda taʼlim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Akademik litseylar oʻquvchilarni kelgusida oliy taʼlim muassasalarida oʻqishini davom ettirishlarini nazarda tutadigan davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq ravishda oʻquv-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi.
3. Akademik litseylar yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachilik boʻlinmasida shaxsiy gʻazna hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
4. Akademik litseylar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, oʻz ustaviga amal qiladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi oʻz tizimidagi akademik litseylarga umumiy rahbarlik qiladi, ularni tashkiliy, mutaxassis kadrlar bilan taʼminlash va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi hamda faoliyatini nazorat qiladi.
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi akademik litseylarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun ularga zarur amaliy yordam koʻrsatadi.
2-bob. Akademik litseylarning maqsadi va vazifalari
6. Oʻquvchilarni mutaxassislik fanlaridan chuqurlashtirilgan holda oʻqitish, ularning intellektual jihatdan kamol topishini hamda maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash hamda ularni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash akademik litseylar faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
7. Quyidagilar akademik litseylarning vazifalari hisoblanadi:
madaniyat va sanʼat yoʻnalishida oʻquvchilarni mutaxassislik fanlaridan chuqurlashtirilgan va davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq sifatli oʻqitishni tashkil etish;
yoshlarning izchil intellektual, madaniy va maʼnaviy-axloqiy kamol topishiga boʻlgan ehtiyojini qondirish, ularni ona-Vatanga, yuksak fuqarolik hamda insoniylik fazilatlariga, milliy gʻoyalarga, oʻz xalqining maʼnaviy-tarixiy hamda umumbashariy qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarash va fikrlashga ega boʻlgan maʼnaviy boy va har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirish.
3-bob. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
8. Akademik litseylarning kelgusida oʻquvchilarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun maqsadli tayyorlashni nazarda tutadigan namunaviy taʼlim jarayoni davlat taʼlim standartlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
Akademik litseylarning taʼlim yoʻnalishlari tegishli oliy taʼlim muassasalari bergan takliflarga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.
9. Akademik litseylarda oʻqish oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida olib boriladi.
Akademik litseylarda oʻqitish ikki yil muddat bilan kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. Akademik litseylar taʼlim yoʻnalishlari xususiyatiga koʻra, mutaxassislik fanlarining amaliy mashgʻulotlari kichik guruhlarga boʻlingan holda hamda yakka (individual) tartibda olib boriladi.
Akademik litseylarning guruhlaridagi oʻquvchilar soni 26 nafargacha etib belgilanadi.
10. Oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish, oʻquv-tarbiyaviy ishlar hamda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa masalalari davlat talablaridan kelib chiqib, akademik litseylarda oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda belgilanadi.
11. Oʻquvchilarning kasbiy qiziqishlari va mahoratini hamda madaniyat va sanʼat sohasida olgan boshlangʻich bilim va koʻnikmalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda asosiy eʼtibor ularning professional darajasini oshirishga qaratiladi.
12. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda auditoriya va auditoriyadan tashqari mashgʻulotlar oʻtkazishning turli zamonaviy shakllari va interfaol usullaridan foydalaniladi. Taʼlim berishda oʻquv jarayonini madaniyat, sanʼat va musiqa muassasalarining ijodiy jamoalari bilan bogʻlashga doir tashkiliy, ilmiy-metodik ishlar olib boriladi.
13. Akademik litseylarda oʻquvchilar bilimini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Oʻquv yili yakunlangandan keyin akademik litseylar oʻquvchilarini har bir bosqichda oʻzlashtirish va ijodiy imtihon natijalari boʻyicha yuqori kursga oʻtkazish toʻgʻrisida pedagogik kengashda qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarni keyingi bosqichga oʻtkazish akademik litsey direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
14. Tegishli oliy maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar akademik litseyda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladilar.
Akademik litseylarga oʻqituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Akademik litseylarda umumtaʼlim va ijtimoiy gumanitar fanlar boʻyicha malakali pedagog kadrlar oʻqituvchilik lavozimiga tayinlanadi.
Madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan bakalavr va magistr darajasiga ega boʻlgan mutaxassis-pedagoglar tegishli kasblari boʻyicha maxsus fanlar oʻqituvchisi lavozimiga tayinlanadi.
Oliy maʼlumotli bakalavr darajasidagi mutaxassislarga, istisno tariqasida (mutaxassislar bilan taʼminlangunga qadar), konsertmeysterlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.
15. Akademik litsey oʻqituvchilarining oʻquv-pedagogik yuklamasi, konsertmeysterlarning oʻquv yuklamasi hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi oʻqituvchilar hamda konsertmeysterlarning pedagogik, kasbiy va psixologik mahoratini doimiy takomillashtirish, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun masʼul hisoblanadi.
4-bob. Akademik litseyga oʻqishga qabul qilish
17. Akademik litseyga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tegishli oliy taʼlim muassasalarining takliflariga koʻra shakllantiriladigan har yilgi kvotalar doirasida amalga oshiriladi.
18. Akademik litseylarga umumtaʼlim muassasalarining 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaga hamda musiqa va sanʼat maktablarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan oʻquvchilar mazkur Nizomga asosan ijodiy sinovlar orqali oʻqishga qabul qilinadi.
R. Glier va V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining maktab boʻgʻiniga oʻquvchilarni qabul qilish tegishli ravishda 1 va 5-sinflardan ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar oʻquvchilarini oʻqishga qabul qilish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Akademik litsey rahbariyati tomonidan hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 1 oy oldin tanlov yoʻnalishlari va ijodiy sinov shartlari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi rasmiy veb-saytlarida, ommaviy axborot vositalarida (respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosida) eʼlon beriladi.
20. Akademik litseylarga hujjatlar har yili 20 — 30-iyun kunlari mobaynida qabul qilinadi.
21. Tanlovda ishtirok etish uchun oʻquvchilardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
akademik litsey direktori nomiga ariza;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
umumtaʼlim muassasalarining 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnoma;
bolalar musiqa va sanʼat maktabini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
086-U va 0-63- shakllar boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;
taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchining isteʼdodi va iqtidorini koʻrsatuvchi ishlaridan (agar ular mavjud boʻlsa) namunalar (diplom, faxriy yorliq, fotosurat hamda boshqa ijodiy ishlar namunalari).
22. Akademik litseylarga ijodiy sinovlar har yili 10 — 20-iyul kunlari oraligʻida oʻtkaziladi.
23. Akademik litseylarda har bir yangi oʻquv yili uchun hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish hamda tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ijodiy sinovlar oʻtkazish va ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tuziladi.
Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda akademik litsey direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya tarkibi 7 nafardan kam boʻlmagan toq miqdorda aʼzolardan iborat boʻlib, unga taʼlim muassasasi direktori, tegishli boʻlim mudiri hamda taʼlim muassasasining pedagog xodimlari kiritiladi.
Akademik litsey direktori komissiya raisi hisoblanadi.
24. Komissiyaning ish faoliyatini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va hisobotlarni yuritish boʻyicha masʼul kotibi, akademik litsey rahbariyati tavsiyasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
25. Komissiya har bir taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchilarning kasbiy mahorati va layoqatini, boshlangʻich tayyorgarligi darajasini aniqlashtirishda ijodiy sinov shartlariga asoslanadi. Ushbu shartlarni amalda qanday bajarishiga qarab, oʻquvchiga ijodiy sinov ballari qoʻyilib, umumiy oʻrta taʼlim yoki bolalar musiqa va sanʼat maktablarida olgan oʻrtacha ballni qoʻshgan holda umumlashtiriladi va oʻquvchi tanlagan yoʻnalishiga qabul qilinganligi yoki yetarli ball toʻplamagani uchun qabul qilinmagani haqida qaror chiqariladi.
26. Akademik litseyni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga belgilangan davlat namunasidagi diplom beriladi.
5-bob. Ijodiy sinovni oʻtkazish
27. Ijodiy sinov shartlari soha boʻyicha tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar tomonidan har bir taʼlim yoʻnalishi xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
28. Ijodiy sinov kunlarining aniq muddati komissiya tomonidan tasdiqlanadigan jadvalda koʻrsatiladi.
29. Akademik litseylarda ijodiy sinov boshlanishidan kamida besh kun oldin komissiya tomonidan tasdiqlangan jadval asosida ijodiy sinovlar oʻtkaziladigan har bir yoʻnalish boʻyicha maslahat darslari (konsultatsiyalar) tashkil etiladi.
Maslahat darslari (konsultatsiyalar) jarayonida bajarilgan ijodiy ishlar yoki savol-javoblar ijodiy sinovni baholashda eʼtiborga olinmaydi.
30. Oʻquvchilar komissiya tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida ijodiy sinovlarga kiritiladi. Uzrsiz sabablarga koʻra ijodiy sinovlarga kelmagan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha sinovlar oʻtkazilmaydi.
31. Oʻquvchilarga ijodiy sinovlar oʻtkaziladigan binoga oʻzi bilan musiqa asbobi, tegishli maxsus kiyim yoki rekvizit, ijodiy ishni bajarishga zarur boʻladigan anjomlar olib kirishi uchun ruxsat etiladi.
32. Ijodiy sinovlar akademik litseyda oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida oʻtkaziladi.
33. Oʻtkazilgan ijodiy sinovning barcha bosqichida qoʻyilgan ballar umumlashtirilib, oʻquvchining muayyan yoʻnalish boʻyicha mahorati va layoqati, boshlangʻich tayyorgarligi darajasiga umumiy baho (ball) chiqariladi. Ijodiy sinov umumiy maksimal 100 ballik tizim asosida baholanadi.
34. Ijodiy sinovlar boʻyicha yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar ballar reytingi ketma-ketligi boʻyicha belgilangan kvotaga muvofiq oʻqishga qabul qilinadi.
Nufuzli xalqaro (I, II, III oʻrinlar) va respublika (I oʻrin) miqyosidagi tanlovlar gʻoliblari belgilangan kvota doirasida imtiyozli ravishda oʻqishga qabul qilinadi.
35. Oʻquvchilarning ijodiy sinovlardagi koʻrsatkichlari teng boʻlib qolgan holatlarda quyidagilar birinchi navbatda oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻladi:
ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan, chin yetim, nogironligi boʻlgan bolalar;
viloyat yoki shahar miqyosidagi tanlovlar gʻolibi boʻlgan oʻquvchilar.
36. Ijodiy sinovlarning yakuniy natijalari ijodiy sinovlar yakunlangandan soʻng 3 kun mobaynida komissiya tomonidan eʼlon qilinadi.
37. Ijodiy sinovlardan oʻtmagan oʻquvchilarning hujjatlari, oʻquvchining ota-onasini (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilgan holda, farzandi taʼlim oladigan umumtaʼlim maktabi maʼmuriyatiga hududiy xalq taʼlimi boʻlimlari orqali qaytariladi.
38. Ijodiy sinovlar natijalaridan norozi boʻlgan oʻquvchilar sinov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida taʼlim muassasasida belgilangan tartibda tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.
39. Ijodiy sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar sinov oʻtkazilgan yilning 25-avgustiga qadar ixtisoslashtirilgan maktab direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar safiga qabul qilinadi.
6-bob. Akademik litseylarni boshqarish
40. Akademik litseylarga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Akademik litseylar direktorlarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda akademik litsey direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
41. Direktor:
akademik litseylar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
oʻquvchilarning sifatli oʻqitilishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va dasturlarining bajarilishi, akademik litseylarning oʻquv-metodik va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati uchun javob beradi;
xodimlar va oʻqituvchilarni ishga qabul qiladi va ishdan ozod qiladi;
belgilangan shtatlar jadvaliga asosan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida pedagog xodimlarning tarifikatsiya boʻyicha roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
42. Akademik litseylarda oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va takomillashtirishga koʻmaklashadigan kollegial organ hisoblanadigan pedagogik kengash tashkil etiladi.
Pedagogik kengashning vazifalari va funksiyalari akademik litseylar ustavida belgilanadi.
43. Akademik litseylarning direktori va direktor oʻrinbosarlari malaka talablarida, mehnat shartnomasi (kontrakt)da va akademik litseylar ustavida nazarda tutilgan oʻz funksional vazifalarini bajarishi yuzasidan masʼuldirlar.
44. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining akademik litseylarni boshqarish boʻyicha vazifalari hisoblanadi:
akademik litseyning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish, tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda akademik litseylarning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, oʻqitishning zamonaviy shakl va usullarini, pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish, oʻqitishning zamonaviy shakl va usullarini, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, oʻquvchilarga global axborot-huquqiy va taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish komissiyalari faoliyatini tashkil etish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va akademik litseylar bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplomlar berish.
7-bob. Akademik litseylar faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash
45. Akademik litseylar faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari;
taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va akademik litseylarning ustavidagi vazifalariga muvofiq boʻlgan faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xorijiy davlatlar xalqaro moliya tashkilotlarining kreditlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
46. Akademik litseylar oʻz mablagʻlaridan qonun hujjatlariga hamda oʻz ustaviga muvofiq foydalanadi.
47. Akademik litseylarning mol-mulki asosiy fondlar, aylanma mablagʻlar, moliyaviy resurslar, akademik litseylarning mustaqil balansida aks etgan boshqa moddiy qiymatliklardan iborat boʻladi.
48. Akademik litseylarning oʻquv, laboratoriya xonalari va boshqa obyektlarini jihozlash davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq, taʼlim jarayonini moddiy-texnik taʼminlashning namunaviy normativlarida belgilanadi.
49. Akademik litseylarning maʼmuriy-xoʻjalik va pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash akademik litseylarning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash meʼyorlari asosida amalga oshiriladi.
50. Akademik litseylar belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
51. Mazkur Nizomni qoʻllash bilan bogʻliq ravishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
52. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan akademik litsey rahbarlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
53. Akademik litseylar belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 9-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlar toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlarning (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar deb ataladi) maqomi, maqsadi va vazifalarini, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish hamda taʼlim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar oʻquvchilarni mutaxassislik fanlariga kasbiy yoʻnaltirishni hamda ularni kelgusida oliy taʼlim muassasalarida oʻqishini davom ettirishlari yoki mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun maqsadli tayyorlashni nazarda tutadigan, davlat taʼlim standartlari, davlat talablari, oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari talablariga muvofiq ravishda oʻquv-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan davlat taʼlim muassasalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachilik boʻlinmasida shaxsiy gʻazna hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, oʻz ustaviga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga umumiy rahbarlik qiladi, oʻquv-metodik jarayonni muvofiqlashtiradi va ularga axborot-resurs taʼminotida amaliy yordam koʻrsatadi, tashkiliy, mutaxassis kadrlar bilan taʼminlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi hamda faoliyatini nazorat qiladi.
2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning maqsadi va vazifalari
6. Oʻquvchilarni mutaxassislik fanlari boʻyicha chuqurlashtirilgan va kasbga yoʻnaltirilgan holda oʻqitish, ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
7. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning vazifalari hisoblanadi:
tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn va musiqa, shuningdek, musiqa ijrochiligi sohalaridagi mutaxassisliklar boʻyicha oʻquvchilarga chuqurlashtirilgan taʼlim berishni taʼminlash;
oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
oʻquvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirishlari uchun yetarli sharoit yaratish hamda tanlagan kasbi va ixtisosligiga muvofiq mehnat faoliyati bilan shugʻullanishi uchun yuqori darajada sifatli bilimlar olishini va kasbiy tayyorgarligini taʼminlaydigan davlat talablari doirasida ixtisoslashtirilgan oʻquv dasturlarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan oʻquvchilarning oʻz ustida mustaqil ishlashi va qoʻshimcha bilim olishi uchun imkoniyatlar yaratish;
har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalash, unda estetik qadriyatlarni va vatanparvarlikni shakllantirish;
bolalar sanʼatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, isteʼdodli va iqtidorli bolalarni sanʼatga jalb etish, ularning individual xususiyatlarini rivojlantirish va salohiyatini oshirish;
isteʼdodli va iqtidorli bolalarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash, oʻqitish, tarbiyalash, sanʼat va musiqa sohasida qobiliyatini shakllantirishga va toʻliq darajada amalga oshirishga koʻmaklashuvchi muhit yaratish;
oʻquvchilarni kasb-hunarga barvaqt yoʻnaltirish va kasbiy yoʻnalishlarni oʻzlashtirishni ongli ravishda tanlash uchun asos yaratish;
iqtidorli va qobiliyatli oʻquvchilarni tanlash hamda tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha chuqur fundamental bilim olishlariga imkoniyat yaratish;
oʻquvchilarga tanlagan mutaxassisligi boʻyicha intellektual va ijodiy faoliyatini shakllantirishda yordam berish;
mutaxassislik boʻyicha dastlabki koʻnikmalarni egallab borishlarida koʻmaklashish, oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun ixtisosliklar boʻyicha fundamental tayyorgarlikni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
8. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda oʻquv jarayoni va fan dasturlarini ishlab chiqish, amaliyotlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi, oʻquv-tarbiyaviy ishlarni hamda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa masalalari davlat talablarini hamda ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar oʻquv jarayonining davomiyligi va muddatlari belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan oʻquv rejalari, taʼlim dasturlari, kalendar oʻquv jadvallari bilan tartibga solinadi.
10. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda mutaxassislik fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, ixtisoslik namunaviy oʻquv rejalarini tuzishda umumiy oʻrta taʼlim fanlarining namunaviy oʻquv rejalariga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Maktab-internatlarda taʼlim jarayoni umumtaʼlim dasturining quyidagi ikki bosqichiga muvofiq olib boriladi:
boshlangʻich taʼlim (1 — 4-sinflar);
umumiy oʻrta taʼlim (5 — 11-sinflar).
Ixtisoslashtirilgan maktablarda umumiy oʻrta taʼlim 8 — 11-sinflardan iborat boʻladi.
12. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda boshlangʻich taʼlim oʻquvchilarining oʻqish, yozish, hisoblashga oid dastlabki bilim koʻnikmalarini, nazariy fikrlash elementlarini, nutq asoslarini shakllantiradi, shaxsiy gigiyena va sogʻlom turmush tarzini taʼminlashga asos yaratadi.
13. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda birinchi sinflarga ruhan va jismonan oʻqishga tayyor, tibbiy-pedagogik komissiya koʻrigidan oʻtgan, tasviriy va musiqa sanʼati boʻyicha qobiliyati bor 7 yoshli bolalar tanlov asosida qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish oʻquv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
14. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn hamda musiqa ijrochiligi mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlardagi taʼlim oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida olib boriladi.
16. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda sinflardagi oʻquvchilar soni akademik taʼlim talablaridan kelib chiqqan holda 25 — 30 nafar etib shakllantiriladi.
Mutaxassislik fanlarida ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha oʻquvchilarga kichik guruhlarda hamda yakka (individual) tartibda mashgʻulotlar olib boriladi.
Mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha guruhlar va yakka taʼlimning shakllanishi mutaxassislik fanlari oʻquv rejalari izohida belgilanadi.
17. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar oʻquvchilarini boshqa umumtaʼlim muassasalariga oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Boshqa umumtaʼlim maktablaridan oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻtkazish boʻsh oʻringa tanlov asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bitiruvchilariga mutaxassislik boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisida davlat namunasidagi kasb malakasi koʻrsatilgan diplom beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning bitiruvchilariga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.
20. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar oʻquvchilariga tibbiy xizmat koʻrsatish maxsus biriktirilgan tibbiy xodim tomonidan amalga oshiriladi va tibbiy xodim maʼmuriyat bilan teng ravishda oʻquvchilar sogʻligʻi uchun masʼuldir.
21. Tegishli oliy maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadirlar.
Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻqituvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
Oliy maʼlumotli bakalavr darajasidagi mutaxassislarga, shuningdek, istisno tariqasida, oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislarga (oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar bilan taʼminlangunga qadar) konsertmeysterlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning direktorlarini attestatsiyadan oʻtkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
23. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning:
umumtaʼlim fanlari boʻyicha oʻqituvchilari — Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarida bepul asosda reja asosida;
Keyingi tahrirga qarang.
mutaxassislik fanlari boʻyicha pedagog xodimlar — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida hamda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida malaka oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻquvchilarni qabul qilish
24. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan belgilangan qabul kvotalariga koʻra oʻquvchilar:
ixtisoslashtirilgan maktablarning tayyorlov yoʻnalishlariga — 8-sinfdan, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan oʻquvchilar hamda (oʻquvchi va ularni ota-onalarining hamda ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning xohish-istaklarini inobatga olib) umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquvchilari ijodiy sinovlar orqali — 10-sinfdan;
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga — tegishli ravishda 1 va 5-sinflardan ijodiy sinovlar orqali oʻqishga qabul qilinadi.
25. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda har bir yangi oʻquv yili uchun hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli kasb va ixtisoslik boʻyicha ijodiy sinovlar oʻtkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya tarkibi 7 nafardan kam boʻlmagan toq miqdorda tashkil etiladi, uning tarkibiga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi direktori, tegishli boʻlim mudiri, taʼlim muassasasining mutaxassis oʻqituvchilari kiritiladi.
Komissiya tarkibi boʻysunuviga koʻra tegishli vazirlik yoki idoralar bilan kelishilgan holda taʼlim muassasasining direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktori komissiya raisi hisoblanadi.
26. Komissiyaning ish faoliyatini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va hisobotlarni yuritish boʻyicha masʼul kotibni ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning direktori Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Komissiya har bir kasb boʻyicha boshlangʻich tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻquvchilarning kasbiy mahorati va layoqatini aniqlashda ijodiy sinov uchun tegishli boʻlimlar tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tasdiqlangan tanlov shartlariga asoslanadi. Ushbu shartlarni amalda qanday bajarishiga qarab oʻquvchiga ijodiy sinov ballari qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning rahbariyatlari tanlovni oshkora va sifatli oʻtkazish maqsadida hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 1 oy oldin tanlov yoʻnalishlari va shartlari haqida ommaviy axborot vositalarida (respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosida) eʼlon beradi.
29. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga kirish uchun hujjatlar har yili 1 — 30-iyun kunlari qabul qilinadi.
30. Tanlovda ishtirok etish uchun oʻquvchilardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
ixtisoslashtirilgan maktab yoki maktab-internat direktori nomiga ariza;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
7-sinf yakuni boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida tabel;
bolalar musiqa va sanʼat maktablarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda 9-sinfni tamomlaganligi haqida shahodatnoma;
086-U va 0-63 shakllar boʻyicha tibbiy maʼlumotnomalar;
3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;
taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchining isteʼdod va iqtidorini koʻrsatuvchi ishlaridan (agar ular mavjud boʻlsa) namunalar (diplom, faxriy yorliq, fotosurat hamda boshqa ijodiy ishlar namunalari).
31. Ixtisoslashtirilgan maktablarga tanlovlar yilning 5 — 20-iyul kunlari, maktab-internatlarga esa 1 — 10-iyun kunlari oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Komissiya tomonidan tasdiqlangan jadval asosida ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga qabul qilish boʻyicha murojaat qiluvchilar uchun maslahat markazlari tashkil etiladi.
33. Ijodiy sinov shartlari va talablari ixtisoslashtirilgan maktablarning yetakchi mutaxassislari tomonidan har bir yoʻnalish xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
34. Ijodiy sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar sinov oʻtkazilgan yilning 20-avgustiga qadar ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar safiga qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni boshqarish
35. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktorlarining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan holda, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
36. Direktor:
ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
oʻquvchilarning sifatli oʻqitilishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarining bajarilishi, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning oʻquv-metodik va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati uchun javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlarining oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida taʼlim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
oʻquv, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻquv-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim muassasasi faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga kiritadi;
belgilangan shtatlar jadvaliga asosan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida pedagog xodimlarning tarifikatsiya boʻyicha roʻyxatlarini Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;
xodimlar va oʻqituvchilarni ishga qabul qiladi va ishdan ozod etadi.
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va takomillashtirishga koʻmaklashadigan kollegial organ hisoblanadigan pedagogik kengash tashkil etiladi.
Pedagogik kengashning vazifalari va funksiyalari ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar ustavida belgilanadi.
Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda metodik va vasiylik kengashlari ham tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning mol-mulki va moliya-xoʻjalik faoliyati
38. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning ustavidagi vazifalariga muvofiq boʻlgan faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromadlar;
boʻsh turgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xorijiy davlatlar xalqaro moliya tashkilotlarining kreditlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar mablagʻlardan qonun hujjatlariga hamda oʻz ustaviga muvofiq foydalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning mol-mulki asosiy fondlar, aylanma mablagʻlar, moliyaviy resurslar, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning mustaqil balansida aks etgan boshqa moddiy qiymatliklardan iborat boʻladi.
41. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning oʻquv, laboratoriya xonalari va boshqa obyektlarini jihozlash davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq, kasb-hunar taʼlimi jarayonini moddiy-texnik jihatdan taʼminlashning namunaviy normativlarida belgilanadi.
42. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
7-bob. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻquvchilar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish tartibi
43. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ota-onalar toʻlovi yotoqxonada yashaydigan oʻquvchilardan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Yozgi taʼtillar davrida ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻquvchilar taʼminoti uchun toʻlov undirilmaydi.
45. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻquvchi taʼminoti uchun toʻlovning bir kunlik qiymati bir oylik toʻlov miqdorini shu oy mobaynidagi ish kunlari soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
46. Oʻquvchining yoki oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli oʻquvchining maktab-internatga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri hamda oʻquv yili davomidagi taʼtillar (kuzgi, qishki, bahorgi) davri uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi oy uchun toʻlovni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda oʻquvchining kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi oy uchun toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar oʻquvchining kelmagan kunlari uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, joriy oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan toʻlov summasiga kamaytiriladi.
Oʻquvchining yoki uning oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli oʻquvchining ixtisoslashtirilgan maktab-internatga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Oʻquvchining uyda qolgan boshqa barcha holatlarda ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻquvchi taʼminoti uchun toʻlovlar umumiy asoslarda toʻlanadi.
47. Ota-onaning (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) oldindan bergan yozma arizasiga asosan, oʻquvchining ixtisoslashtirilgan maktab-internatda boʻlishi vaqtinchalik yoki butunlay toʻxtatilgan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni oʻquvchi amalda maktab-internatda boʻlgan kunlar uchun toʻlanadi.
Oʻquvchining ixtisoslashtirilgan maktab-internatda boʻlishi vaqtincha yoki butunlay toʻxtatilishi toʻgʻrisida ota-onaning (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) yozma arizasi boʻlmagan holatlarda toʻlov toʻliq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
Oʻquvchining ixtisoslashtirilgan maktab-internatda toʻlov toʻlangan davrdan ortiq muddatda boʻlishiga ushbu oy uchun toʻlovning qolgan qismi toʻlangandan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
48. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi oʻquvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam taʼminlangan oila farzandlari, chin yetim yoki boquvchisini yoʻqotgan oʻquvchilar toʻlovdan ozod qilinadi. Bunda, birinchi navbatda, ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (yoki ulardan biri) I yoxud II guruh nogironi boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga, shuningdek, jami oʻrtacha oylik daromadi eng past boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga va tegishli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi ota-onalar kengashining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlarining tasdiqlangan roʻyxati oʻquv yili davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
51. Mazkur Nizomni qoʻllash bilan bogʻliq yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 9-son qaroriga
4-ILOVA

‎‎Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar bitiruvchilariga beriladigan diplomning davlat
‎NAMUNASI

Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari diplomining
‎TAVSIFI ‎‎

Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktabi diplomi namunasi 150 x 100 mm oʻlchovda toʻq-koʻk (aʼlo darajali diplom qizil-marmar) rangli lederindan tayyorlangan. Uning yuza tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda yuqorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan, pastroqda davlat tilida “IXTISOSLASNTIRILGAN SANʼAT VA MADANIYAT MAKTABI DIPLOMI” soʻzlari yozilgan.

Aʼlo darajali diplomlar uchun “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IXTISOSLASNTIRILGAN SANʼAT VA MADANIYAT MAKTABI DIPLOMI” “REPUBLIS OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF SPECIALIZED ART AND CULTURE SCNOOL” soʻzlaridan quyida davlat tilida “Aʼlo darajali” va ingliz tilida “With honour`s” soʻzlari yoziladi.

Diplomning ichki varaq oʻlchami — 142 x 95 mm, joylashish tartibi — gorizontal, ofset bosma usulda, boʻyoqlar soni “oddiy” — 4+N , “aʼlo darajali” — 5+N.

Diplomning har ikki varagʻida toʻqqizta pozitsiyada: IM harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.

Muqova materiali rangi bitiruvchilar diplomi — toʻq koʻk, “aʼlo darajali” bitiruvchilar diplomi qizil-marmar rangli. Toʻgʻri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq muqovali. Muqova materiali — bumvinil (qogʻoz qatlami asosi — polivinilxlorid) toʻq koʻk va qizil-marmar rangli, material qalinligi — 170+20 mkm. Muqovada matn oltin rang zarli qogʻozda, diametri 45 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “IXTISOSLASNTIRILGAN SANʼAT VA MADANIYAT MAKTABI DIPLOMI” nomi qizdirib naqsh solish yoʻli bilan yoziladi.

‎‎Qogʻoz tafsiloti:

qogʻoz — 100% paxta tolasidan, qalinligi — 140+5 g/kv.m, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri;

‎‎yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi bor;

koʻrinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qogʻoz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi — 2,5-3 mm, “kiprik” shaklida, ultrabinafsha nurlarisiz koʻrinadi;

koʻrinmaydigan tola koʻk va och yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi — 2,5-3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.

Bosma tafsiloti:‎‎

bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;‎‎

ichki varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo boʻlgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusxa koʻchirmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;

tangir setkalarining biri “iris” effektini qoʻllangan holda chop etiladi, yaʼni markazda yashil rangdan chetlari boʻyicha havo rangga ravon oʻtadi;

ichki varaq markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi boʻladi, diametri — 35 mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi;

blankaning toʻrt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har xil qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni yuzaga keltiradi. Qalbakilikdan nusxa koʻchirmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;

ichki varaqning ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25 x 40 mm oʻlchamli) qiyofasida koʻrinmaydigan tasvir joylashtiriladi;

kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga keltiradi va takrorlanadigan “IXTISOSLASNTIRILGAN SANʼAT VA MADANIYAT MAKTABI DIPLOMI” soʻzlari birikmasidan iborat. Kichik matnning yuqori qismida “REPUBLIS OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF SPECIALIZED ART AND CULTURE SCNOOL” soʻzlari “DIPLOM” soʻzi ostida oʻng tarafda joylashadi. Nusxa tushirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi;

seriya “IM” va yetti xonali raqam, ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi.


‎‎‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎IXTISOSLASNTIRILGAN SANʼAT VA MADANIYAT
‎MAKTABI DIPLOMI
‎IM № 0000000

_____________________________________________________________________________________________ ‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

_______ yilda ________________________________________________________________________________ (ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktabi nomi)

‎‎ga kirib, ________________ yilda _________________________________________________________________
_____________________ ning to`la kursini __________________________________________________________

____________________________________________________________________ ‎‎yo`nalishi bo`yicha tamomladi.

Davlat attestatsiya komissiyasining____________ 20 ___ yil “ ___ ” __________________________ dagi qaroriga
binoan unga ___________________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________________
‎______________________________________________________________________________________ kasbi va
_____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________ ixtisoslik(lar) berildi.
‎‎Davlat attestatsiya komissiyasi raisi ‎‎Direktor
‎Kotib
M.O`‎
_____________________ ‎‎shahri (tumani)____________ yil ‎‎ro`yxat raqami _________________


‎Diplomning ichki oʻng tomoniga

REPUBLIC OF UZBEKISTAN
‎DIPLOMA OF SPECIALIZED ART AND CULTURE
‎SCNOOL
‎IM № 0000000

_____________________________________________________________________________________________ (full name)

In 20 _____ entered ____________________________________________________________________________ (name of specialized art and culture school)
‎____________________________________________________________________________________________

and in 20 ____ completed a full course offered by the __________________________________________________

_____________________________________________________________________________________________
‎(name of specialized art and culture school)

‎‎Naving
‎specialized ___________________________________________________________________________________ ____________________________________________ (field of study)
‎_____________________________________________________________________________________________
By the decision of the State ‎Attestation Commission on‎‎ ‎‎
‎“ _____ ” _________________________________ 20 _________________
Ne/she is
‎qualified as a __________________________________________________________________________________

(name of profession)_____________________________________________________________________________________________

and has the following
‎speacialities: __________________________________________________________________________________

(Seal)‎

Chairman of the State

Attestation Commission

Director

Secretary
City (district) ___________________________ 20 _____ year Registration Number____________
‎‎
‎Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat
‎maktablari bitiruvchisi diplomiga koʻchirma varaq:

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IXTISOSLASNTIRILGAN
‎SANʼAT VA MADANIYAT MAKTABI DIPLOMIGA ILOVA
‎___________ RAQAMLI DIPLOMGA ILOVA
(diplomsiz kuchga ega emas)

‎‎_____________________________________________________________________________________________
‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20 ____ yilda ___________________________________________________________________________ ga kirib
‎(ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktabi nomi)

‎‎20 ____ yilda _________________________________________________________________________________
‎(ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktabi nomi)

‎‎maktabni tamomladi va o`qish davrida quyidagi fanlarni o`rgandi hamda ushbu baholarni oldi:

T/r‎

Fanlar nomi‎‎

O`quv rejasida belgilangan
‎soatlar miqdori ‎‎

To`plangan
‎reyting ballari ‎‎

1

‎‎2

3‎‎

4‎‎

I. UMUMTA`LIM FANLARI‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎

‎‎II. KASBIY FANLAR

‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

III. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎
Maktab direktori
‎Oʼquv ishlari boʼyicha director o'rinbosari
‎20___ yil “____” __________da berildi
‎Ro`yxatga olish raqami ____________


‎Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat
‎maktab-internatlari diplomining
‎TAVSIFI ‎‎

Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktab-internati diplomi namunasi 150 x 100 mm oʻlchovda toʻq-koʻk (aʼlo darajali diplom — qizil-marmar) rangli lederindan tayyorlangan. Uning yuza tomonida bosma naqsh usulida oltin rangida yuqorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan, pastroqda davlat tilida “IXTISOSLASNTIRILGAN SANʼAT VA MADANIYAT MAKTAB-INTERNAT DIPLOMI” soʻzlari yozilgan.

Aʼlo darajali diplomlar uchun “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IXTISOSLASNTIRILGAN SANʼAT VA MADANIYAT MAKTAB-INTERNAT DIPLOMI” “REPUBLIS OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF SPECIALIZED ART AND CULTURE SCNOOL-INTERNAT” soʻzlaridan quyida davlat tilida “Aʼlo darajali” va ingliz tilida “With honour`s” soʻzlari yoziladi.

Diplomning ichki varagʻi oʻlchami — 142 x 95 mm, joylashish tartibi — gorizontal, ofset bosma usulda, boʻyoqlar soni “oddiy” — 4+N , “aʼlo darajali” — 5+N.

Diplomning har ikki varagʻida toʻqqizta pozitsiyada: MI harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.

Muqova materiali rangi bitiruvchilar diplomi — toʻq koʻk, “aʼlo darajali” bitiruvchilar diplomi — qizil-marmar rangli. Toʻgʻri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq muqova. Muqova materiali — bumvinil (qogʻoz qatlami asosi — polivinilxlorid) toʻq koʻk va qizil-marmar rangli, material qalinligi — 170+20 mkm. Muqovada matn oltin rang zarli qogʻozda, diametri 45 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “IXTISOSLASNTIRILGAN SANʼAT VA MADANIYAT MAKTAB-INTERNAT DIPLOMI” nomi qizdirib naqsh solish yoʻli bilan yoziladi.

‎‎Qogʻoz tafsiloti:

qogʻoz — 100% paxta tolasidan, qalinligi 140+5 g/kv.m, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri;

yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;

koʻrinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qogʻoz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi — 2,5-3 mm, “kiprik” shaklida, ultrabinafsha nurlarisiz koʻrinadi;

koʻrinmaydigan tola koʻk va och yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5-3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.

‎‎Bosma tafsiloti:

bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;

ichki varaqning asosiy foni — och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo boʻlgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusxa koʻchirmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;

tangir setkalarining biri “iris” effektini qoʻllagan holda chop etiladi, yaʼni markazda yashil rangdan chetlari boʻyicha havo rangga ravon oʻtadi;

ichki varaq markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi boʻladi, diametri — 35 mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi;

blankaning toʻrt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har xil qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni yuzaga keltiradi. Qalbakilikdan nusxa koʻchirmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;

ichki varaqning ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25 x 40 mm oʻlchamli) qiyofasida koʻrinmaydigan tasvir joylashtiriladi;

kichik matn bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga keltiradi va takrorlanadigan “IXTISOSLASNTIRILGAN SANʼAT VA MADANIYAT MAKTAB-INTERNAT DIPLOMI” soʻzlari birikmasidan iborat. Kichik matnning yuqori qismida “REPUBLIS OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF SPECIALIZED ART AND CULTURE SCNOOL-INTERNAT” soʻzi “DIPLOM” soʻzlari ostida oʻng tarafda joylashadi. Nusxa tushirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi;

seriya “MI” va yetti xonali raqam, ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi.


‎‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎IXTISOSLASNTIRILGAN SANʼAT VA MADANIYAT
‎MAKTAB-INTERNAT DIPLOMI
‎IM № 0000000

_____________________________________________________________________________________________ ‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

_______ yilda ________________________________________________________________________________ (ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktabi-internat nomi)

‎‎ga kirib, ________________ yilda _________________________________________________________________
_____________________ ning to`la kursini __________________________________________________________
‎‎_____________________________________________________ ‎yo`nalishi bo`yicha tamomladi.
Davlat attestatsiya komissiyasining____________ 20 ___ yil “ ___ ” __________________________ dagi qaroriga
binoan unga ___________________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________________
‎______________________________________________________________________________________ kasbi va
_____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________ ixtisoslik(lar) berildi.
‎‎Davlat attestatsiya komissiyasi raisi ‎‎Direktor
‎Kotib
M.O`‎
_____________________ ‎‎shahri (tumani)____________ yil ‎‎ro`yxat raqami _________________


‎Diplomning ichki oʻng tomoniga

REPUBLIC OF UZBEKISTAN
‎DIPLOMA OF SPECIALIZED ART AND CULTURE
‎SCNOOL-INTERNAT
‎IM № 0000000

_____________________________________________________________________________________________ (full name)

In 20 _____ entered ____________________________________________________________________________ (name of specialized art and culture school-internat)
‎____________________________________________________________________________________________

and in 20 ____ completed a full course offered by the __________________________________________________

_____________________________________________________________________________________________
‎(name of specialized art and culture school-internat)

‎‎Naving
‎specialized ___________________________________________________________________________________ ____________________________________________ (field of study)
‎_____________________________________________________________________________________________
By the decision of the State ‎Attestation Commission on‎‎ ‎‎
‎“ _____ ” _________________________________ 20 _________________
Ne/she is
‎qualified as a __________________________________________________________________________________

(name of profession)_____________________________________________________________________________________________

and has the following
‎speacialities: __________________________________________________________________________________

(Seal)‎

Chairman of the State

Attestation Commission

Director

Secretary
City (district) ___________________________ 20 _____ year Registration Number____________

‎‎‎Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat
‎maktab-internatlar bitiruvchisi diplomiga koʻchirma varaq:

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IXTISOSLASNTIRILGAN
‎SANʼAT VA MADANIYAT MAKTAB-INTERNAT DIPLOMIGA ILOVA
‎___________ RAQAMLI DIPLOMGA ILOVA
(diplomsiz kuchga ega emas)

‎‎_____________________________________________________________________________________________
‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20 ____ yilda ___________________________________________________________________________ ga kirib
‎(ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktab-internat nomi)

‎‎20 ____ yilda _________________________________________________________________________________
‎(ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktab-internat nomi)

‎‎maktab internatni tamomladi va o`qish davrida quyidagi fanlarni o`rgandi hamda ushbu baholarni oldi:

T/r‎

Fanlar nomi‎‎

O`quv rejasida belgilangan
‎soatlar miqdori ‎‎

To`plangan
‎reyting ballari ‎‎

1

‎‎2

3‎‎

4‎‎

I. UMUMTA`LIM FANLARI‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎

‎‎II. KASBIY FANLAR

‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

III. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎
Maktab-internat direktori
‎Oʼquv ishlari boʼyicha director o'rinbosari
‎20___ yil “____” __________da berildi
‎Ro`yxatga olish raqami ____________
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/9/2440-son, 18.10.2019-y., 09/19/880/3934-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 22.06.2021-y., 09/21/385/0583-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)