Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-dekabrdagi 304-mh-son
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166, 2010-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 499-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
“Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazishda va notarius qasamyodini qabul qilishda Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami ______, 2019-yil ___ yanvar) va unda tartibga solinmagan qismi boʻyicha mazkur Nizom qoidalari qoʻllaniladi.”.
3.
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Oliy malaka komissiyasining qarori rais tomonidan imzolanadi.
Oliy malaka komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan komissiya aʼzosi oʻzining fikr-mulohazalarini yozma shaklda taqdim etishga haqli.”.
4.
13-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“Apellatsiyalar Oliy malaka komissiyasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.”.