1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat koʻrsatish tartibi va hajmlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3111]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi PQ-3968-son “Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
1. Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat koʻrsatish tartibi va hajmlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-noyabr,
54-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 27-noyabrdagi 54-son buyrugʻiga ILOVA
Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat koʻrsatish tartibi va hajmlari toʻgʻrisida
NIZOM
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi PQ-3968-son “Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xalq tabobatining samarali va xavfsiz usullaridan foydalangan xolda tibbiy xizmat koʻrsatish tartibi va hajmlarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Xalq tabobati — ajdodlar tajribasiga tayangan, xalq urf-odatlarida oʻz tasdigʻini topgan anʼanaviy (maʼlum bir hudud yoki millatga xos boʻlgan profilaktika, diagnostika va davolash usullari) tibbiyotning tan olingan profilaktika, diagnostika va davolash usullaridir;
Qoʻshimcha tibbiyot (Komplementar tibbiyot) — xalq tabobatining sogʻliqni saqlash amaliyotida zamonaviy tibbiyot bilan birgalikda qoʻllaniladigan umum eʼtirof etilgan usullari;
Zamonaviy tibbiyot — ilmiy asoslangan va klinik amaliyotda oʻz tasdigʻini topgan usul va yondashuvlar bilan kasalliklarni profilaktika, diagnostika qilish va davolashga qaratilgan rasmiy ilmiy bilimlar va amaliy faoliyatlar tizimi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
2. Okkultizm-afsun, shuningdek diniy marosimlar orqali kasalliklarni davolash xalq tabobati hisoblanmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.02 Xususiy tibbiy amaliyot]
3. Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shugʻullanishni litsenziyalash Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi PQ-3968-son “Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tibbiy taʼlim maʼlumoti mavjudligi talabi bundan mustasno.
2-bob. Xalq tabobati usullarini qoʻllash orqali tibbiy xizmatlar koʻrsatish va ularning hajmlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
4. Xalq tabobatining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha bir yoki bir necha usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shugʻullanish mumkin:
invaziv (teri butunligining buzilishi);
noinvaziv;
biologik invaziv;
parhez va oʻsimlik vositalarini qoʻllash;
5. Invaziv (teri butunligining buzilishi) yoʻnalishda quyidagi usullar qoʻllaniladi:
akupunktura;
su-djok terapiya;
xijoma.
6. Noinvaziv yoʻnalishda quyidagi usullar qoʻllaniladi:
manual terapiya;
akupressura.
7. Biologik invaziv yoʻnalishda quyidagi usullar qoʻllaniladi:
gomeopatiya;
girudoterapiya;
apiterapiya.
8. Parhez va oʻsimlik vositalarini qoʻllash yoʻnalishda quyidagi usullar qoʻllaniladi:
fitoterapiya;
ochlik bilan davolash.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
9. Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shugʻullanish Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasi (roʻyxat raqami 2908, 2017-yil 28-iyul) asosida xalq tabobati shifokori va xalq tabobati boʻyicha mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.
10. Xalq tabobati usullarini qoʻllash orqali koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar aholiga tibbiy yordam koʻrsatishda qoʻshimcha (komplementar) usul sifatida maslahatlar berish, diagnostika qilish va davolash shaklida tibbiy aralashuvlar majmui hisoblanadi va ambulatoriya va statsionar turdagi tibbiy tashkilotlarda amalga oshiriladi.
11. Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat koʻrsatish barcha tibbiyot tashkilotlarida (davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlarida) zamonaviy tibbiyot bilan oʻzaro komplementar hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
12. Xalq tabobati usullarini qoʻllash orqali tibbiy xizmat koʻrsatish bilan xalq tabobati boʻyicha ixtisoslashuvdan oʻtgan yoki tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat berilgan xalq tabobati usullari boʻyicha maxsus kurslarni tugatgan shifokorlar (bundan keyin — xalq tabobati shifokori) hamda odam anatomiyasi, fiziologiyasi, farmakologiya, laboratoriya va instrumental diagnostika, shuningdek birinchi tibbiy yordam koʻrsatishning amaliy koʻnikmalari boʻyicha maxsus oʻquv kursini tugatgan shaxslar (bundan buyon matnda xalq tabobati mutaxassisi deb yuritiladi) shugʻullanishlari mumkin.
13. Xalq tabobati usullari bilan davolashning maqsadga muvofiqligini belgilashda xalq tabobati mutaxassisining tegishli shifokor bilan maslahat qilishi majburiy shart hisoblanadi.
14. Tibbiyot tashkilotlarida bemorlarni xalq tabobati mutaxassislari tomonidan qabul qilish, bemor shifokor koʻrigidan oʻtgandan soʻng amalga oshiriladi.
15. Bolalar va homilador ayollarga pediatr, umumiy amaliyot yoki ginekolog shifokorning xulosasi mavjud boʻlganda xalq tabobati usullarini qoʻllash orqali tibbiy xizmat koʻrsatishga ruxsat etiladi.
16. Shifokor bemorni oʻtkazilgan tibbiy koʻrik va tekshiruvlardan keyin uning ambulator kartasiga yoki kasallik tarixiga, shuningdek bemorning qoʻliga beriladigan tibbiy konsultativ kartasiga tashxis va tavsiyalari haqida tegishli yozuv kiritadi. Bunda, shifokor bemorga xalq tabobati usullarini qoʻllash boʻyicha koʻrsatma yoki qarshi koʻrsatma toʻgʻrisida yozuv kiritishi shart.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar]
17. Xalq tabobati usullarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar mavjud boʻlgan taqdirda, shifokor bemorning ambulator kartasi yoki kasallik tarixiga ushbu usullarni qoʻllash oqibatida boʻlishi mumkin boʻlgan asoratlar haqida unga maʼlumotlar beradi. Bunda bemor shifokor tomonidan berilgan tegishli maʼlumotlar bilan tanishtirilganligi toʻgʻrisida tibbiy hujjatlarga tegishli yozuv kiritadi va imzo qoʻyadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
18. Xalq tabobati mutaxassisi bemorga qoʻllanilgan xalq tabobati usuli va oʻtkazilgan muolajalar haqidagi maʼlumotlarni bemorning ambulator kartasi yoki kasallik tarixiga yozib qoʻyishi kerak.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.15.00 Sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
19. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 595-moddasi.
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 26-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/3111/2419-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)