|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish |
Ijro muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Jamgʻarma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olishni tashkil etish va uni oʻtkazish | ||||
|
1. |
Ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari, shu jumladan mamlakat hududlarining kadrlarni xorijda oʻqitishga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish va buyurtmalar portfelini shakllantirish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil 1-fevralga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
2. |
Mutaxassisliklarni koʻrsatgan holda Jamgʻarma stipendiyalarini ajratish yoʻnalishlari boʻyicha kvotalarni tasdiqlash va saralash tanloviga hujjatlar qabuli boshlanganligi toʻgʻrisida eʼlon berish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 15-fevralga qadar |
Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi (A. Abduxakimov) |
|
3. |
Stipendiatlarni xorijiy tillar, xalqaro protokol va etiket boʻyicha dastlabki tayyorlashni tashkil etish. |
Idoralararo hujjat |
2019-yil 15-fevralga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
4. |
Stipendiyalarni ajratish yoʻnalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻrinlarni hisobga olgan holda Jamgʻarma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olishni oʻtkazish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil fevral-mart |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
5. |
Jamgʻarmaning stipendiyalari gʻoliblari haqidagi maʼlumotlarni vazirliklar va idoralar kesimida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil mart |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
6. |
“Blokcheyn” texnologiyasi boʻyicha stipendiyali dasturlarning hamkor-ishtirokchilari bilan birgalikda Jamgʻarmaning innovatsion intranetini (lokal muloqot tizimi) ishlab chiqish va joriy etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 1-sentabrga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
7. |
Xorijda taʼlim olgan mutaxassislar toʻgʻrisidagi axborotlardan ochiq foydalanishni taʼminlash maqsadida Jamgʻarmaning stipendiyali dasturlari bitiruvchilarining elektron reyestrini ishlab chiqish. |
Elektron reyestr |
2019-yil 1-oktabrga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
8. |
Elektron va bosma ommaviy axborot vositalari orqali Jamgʻarmaning maqsad va vazifalari, Jamgʻarma yordamida xorijda tahsil olishning imkoniyatlari haqida jamoatchilik va tashkilotlarga keng tushuntirishlar berish boʻyicha ishlarni tashkil qilish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil 1-oktabrga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
II. Xorijda yashaydigan katta tajriba va ilgʻor bilimga ega boʻlgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot oʻrnatish | ||||
|
9. |
Yetakchi xorijiy ekspertlar, shu jumladan, xorijda yashaydigan vatandoshlarni jalb qilish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari kesimida mamlakatimizda katta ehtiyoj sezilayotgan mutaxassisliklar roʻyxatini shakllantirish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil 1-fevralga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
10. |
Xorijdagi vatandoshlarimiz toʻgʻrisida elektron katalog (reyestrni) yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan katta ilmiy va amaliy tajribaga ega boʻlgan vatandoshlar, olimlar, ekspertlar, tadbirkorlar, yuqori malakali mutaxassislar toʻgʻrisida maʼlumotlarni Jamgʻarmaga taqdim etish. |
Idoralararo |
2019-yil 1-martga qadar |
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), |
|
11. |
Xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga, oʻzi istiqomat qilinayotgan mamlakat qonunchiligi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijdagi vatandoshlarimizning huquq va erkinliklarini amalga oshirishda koʻmaklashish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Tashqi ishlar vazirining buyrugʻi |
2019-yil 1-mayga qadar |
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), |
|
12. |
Xorijda yashaydigan vatandoshlarga mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish, vatandoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida ularni xabardor qilish maqsadida xorijda yashaydigan vatandoshlar bilan doimiy muloqot qilish uchun virtual makon yaratish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 1-iyunga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
13. |
Xorijda yashaydigan vatandoshlar bilan birgalikda mamlakatni rivojlantirish va modernizatsiya qilishning dolzarb mavzular boʻyicha, shu jumladan masofadan turib anjumanlar, seminarlar va “davra suhbatlari” tashkil qilish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Doimiy asosda |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
14. |
Vatandoshlarni, ular tarkibidan boy tajriba va oʻzining faoliyati sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishganlarni taklif qilib, xorijda yashaydigan vatandoshlarning xalqaro forumini oʻtkazish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil 15-iyunga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
15. |
Oʻzbekistonga xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni jalb qilishni jadallashtirish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan vatandoshlar, xorijiy tadbirkorlar va ekspert-tahlilchilar doiralari ishtirokida xalqaro konferensiya oʻtkazish (Germaniya). |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil 25-oktabrga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
III. Jamgʻarmaning stipendiyalarini olish uchun kadrlarni oʻqitish boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga koʻmaklashish | ||||
|
16. |
Jamgʻarmaning stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoralararo hujjat |
2019-yil 1-martga qadar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), |
|
17. |
Jamgʻarmaning stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga (ingliz, nemis, fransuz tillari va boshqalar) oʻqitish boʻyicha maxsus dasturlar asosida maqsadli kurslarni tashkil etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 1-apreldan boshlab (doimiy asosda) |
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) |
|
18. |
Respublika hududlaridagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari huzurida maʼlumotlarni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni izlash va xorijiy tillarga oʻqitishga koʻmaklashish markazlarini shakllantirish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 15-aprelga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
19. |
Oliy taʼlim muassasalariga xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma taʼlim va ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarni shakllantirishda koʻmaklashish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Doimiy asosda |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
20. |
Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi haqida mahalliy hamda xorijiy ekspertlarning, shu jumladan vatandoshlarning tahliliy materiallari aks etgan jurnal nashr etish. |
Tashkiliy |
2019-yil 1-sentabrga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
IV. Jamgʻarma faoliyatining samaradorligini oshirish | ||||
|
21. |
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir, nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan Jamgʻarmani toʻldirish. |
Tashkiliy |
2019-yil 1-martga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov) |
|
22. |
Stipendiatlar, vatandoshlar va yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida masofaviy videokonferensiyalar, internet-forumlar va telekoʻpriklarni oʻtkazish uchun Jamgʻarmaning videokonferensiya aloqasi studiyasini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil 1-sentabrga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
23. |
Jamgʻarmaning faoliyati hamda uning dasturlari boʻyicha xorijda tahsil olish imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlarni iqtidorli va istiqbolli yoshlar orasida, ayniqsa respublika hududlarida keng targʻib qilish choralarini koʻrish, shuningdek, ularga saralash tanlovlarida ishtirok etish uchun amaliy yordam koʻrsatish. |
Amaliy |
2019-yil 1-martdan boshlab (doimiy asosda) |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
24. |
Vatandoshlar boʻyicha, yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa muhim maʼlumotlar yuzasidan elektron maʼlumotlar bazalari uchun platforma yaratish orqali Jamgʻarmaning saytini takomillashtirish. |
Tashkiliy |
2019-yil 1-martga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |
|
25. |
Jamgʻarma stipendiyasining bir nomzodga chegaraviy oʻlchami va uni moliyalashtirish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Vasiylik kengashining qarori |
2019-yil 1-martga qadar |
Jamgʻarma (A. Bekmurodov), |