

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4136526" id="onLBC-4136526">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6898"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4136526" id="onLS-4136526">[<b>TSZ:</b><div id="LS3738"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4139332" id="-4139332">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4139333" id="-4139333">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4139335" id="-4139335">Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4139339" id="-4139339"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139343" id="-4139343">Oʻtgan davr mobaynida elektrotexnika sanoati tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha salmoqli ishlar bajarildi, bu esa ishlab chiqarishning yangi turlarini oʻzlashtirgan holda mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini yaratdi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139346" id="-4139346">Shu bilan birga, 2017-yilda elektrotexnika sanoatiga kiritilgan investitsiyalarning salmogʻi respublika boʻyicha umumiy investitsiyalarning atigi 0,8 foizini, YAIM tarkibida elektrotexnika mahsuloti ishlab chiqarish hajmi esa 1,5 foizni tashkil etdi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139350" id="-4139350">Sanoatda xom ashyo bazasining chegaralanganligi xorijiy analoglari bilan solishtirganda uning tannarxi oshishiga sabab boʻlmoqda. Shu bilan birga, xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning importida qoʻshilgan qiymat soligʻi muddatini kechiktirishga imkon yaratish va hisobga olish mexanizmining mavjud emasligi eksport qiluvchi tashkilotlarning aylanma mablagʻlari boshqa maqsadlarga jalb qilinishiga va xarajatlarning oshishiga olib kelmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139352" id="-4139352">Elektrotexnika sanoati tashkilotlarining faoliyat samaradorligini yanada rivojlantirish va oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139356" id="-4139356">1. Elektrotexnika sanoati korxonalari, “Oʻzeltexsanoat” AK aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139359" id="-4139359">“Oʻzeltexsanoat” AK negizida uning mol-mulki va davlatga tegishli boshqa vositalarni, shuningdek, debitor va kreditor qarzdorligini (“Oʻzeltexsanoat” AKga tegishli xoʻjalik jamiyatlarining koʻchmas mulki va ustav kapitalidagi aksiyalar paketi (ulushi) bundan mustasno) oʻtkazgan holda Oʻzbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasini (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi) tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139361" id="-4139361">“Oʻzeltexsanoat” AKga tegishli xoʻjalik jamiyatlarining koʻchmas mulki va ustav kapitalidagi aksiyalar paketi (ulushi)ni Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4544815" id="edi-4544815"><a href="/mact/-4136526?ONDATE=04.01.2019 00#-4544814">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4544815" id="-4544815"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4544816" id="-4544816">Bunda “Oʻzeltexsanoat” AK mol-mulki va boshqa mablagʻlarini topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga oʻtkazish soliq solish obyekti hisoblanmaydi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4544817" id="-4544817">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PF-5846-sonli <a href="/mact/-4538805#-4542370">Farmoniga </a>asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139363" id="onLBC-4139363">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6815"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139363" id="-4139363">2. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139365" id="-4139365">ixtiyoriy asosda aʼzo boʻlgan elektrotexnika sanoati korxonalari va tashkilotlari “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi aʼzolari hisoblanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139368" id="-4139368">ijro apparatining tuzilmasini tasdiqlash “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi taʼsischilarining umumiy yigʻilishi qarori bilan amalga oshirilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139370" id="-4139370">“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi va uning oʻrinbosarlari taʼsischilarning umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139372" id="-4139372">“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi faoliyatini joriy taʼminlash va moliyalashtirish “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi aʼzolarining badal va ajratmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139374" id="-4139374">3. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139378" id="onLBC-4139378">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6157"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC9397"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139378" id="-4139378">xom ashyoni qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha yagona kompleks sifatida, shu jumladan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash asosida sanoatni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139380" id="onLBC-4139380">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6898"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar;</span></div><div id="LBC7009"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC7298"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139380" id="-4139380">ichki va tashqi bozorlarda elektrotexnika mahsulotlariga boʻlgan talab konyunkturasini oʻrganish va shu asosda mahsulotning yangi turlarini oʻzlashtirishda koʻmaklashish, ichki bozorni yuqori sifatli milliy elektrotexnika mahsulotlari bilan toʻldirish va uning eksport geografiyasini, shu jumladan turli axborot resurslari va koʻrgazma tadbirlarida milliy brendlarni ilgari surish va elektrotexnika sanoati korxonalari salohiyatini namoyon etish orqali kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139382" id="onLBC-4139382">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6746"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;</span></div><div id="LBC6885"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;</span></div><div id="LBC6898"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139382" id="-4139382">elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologik ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, chet el investitsiyalarini keng jalb qilishga koʻmaklashish, sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qoʻshma ishlab chiqarishni tashkil etish;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139384" id="onLBC-4139384">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6866"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC6873"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC6898"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139384" id="-4139384">elektrotexnika sanoati sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talablar va standartlar bilan uygʻunlashtirish orqali uni takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139385" id="-4139385">hududlar salohiyatini yanada rivojlantirish istiqbollari, xom ashyo bazasi, infratuzilma, mehnat resurslari va bozorlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda elektrotexnika sanoati korxonalarini joylashtirishga koʻmaklashish;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139387" id="onLBC-4139387">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6898"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar;</span></div><div id="LBC22713"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;</span></div><div id="LBC7340"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139387" id="-4139387">elektrotexnika sanoati sohasida kadrlarni tayyorlashga boʻlgan real ehtiyoj va istiqbolli yoʻnalishlarni aniqlash, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarni takomillashtirishda ishtirok etish, mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139388" id="-4139388">sanoatni jadal rivojlantirishga va elektrotexnika sanoati korxonalarining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, mazkur sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139391" id="-4139391">4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Sino” AJ davlat aksiyalari paketini investorlarga tanlov asosida “nol” xarid qiymati boʻyicha korxonaning kreditorlar oldidagi qarzini toʻlash bilan bir vaqtda korxonaning faoliyatini sogʻlomlashtirish uchun investitsiyalar kiritish sharti bilan topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5335196" id="edi-5335196"><a href="/mact/-4136526?ONDATE=04.01.2019 00#-4139394">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5335196" id="-5335196">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son <a href="/mact/-5316731?ONDATE=03.03.2021 00#-5317407">qaroriga </a>asosan 2021-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2021-y., 07/21/5011/0174-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139406" id="onLBC-4139406">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22722"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;</span></div><div id="LBC22723"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari;</span></div><div id="LBC7073"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.02.00 Import vaqtida qoʻshilgan qiymat soligʻining qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.03.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139406" id="-4139406">6. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiradigan elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga 2022-yilning 1-yanvariga qadar oʻzining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar, shuningdek, ular tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida olib kelinadigan qurilish materiallari importida bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni 120 kunga kechiktirish imkoniyati berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139410" id="-4139410">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni kechiktirish boʻyicha qarzdorlik summasini qoʻshilgan qiymat soligʻi yuzasidan umumiy hisob-kitobda yopishni nazarda tutuvchi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiradigan elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga kechiktirish imkoniyatini berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139413" id="onLBC-4139413">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6576"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;</span></div><div id="LBC6624"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139413" id="-4139413">7. Belgilab qoʻyilsinki, 2022-yilning 1-yanvariga qadar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139416" id="-4139416">“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi mol-mulk soligʻi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139419" id="-4139419">shartnomalar boʻyicha tashkilotlarning “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga ajratmalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazadan chiqariladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139432" id="onLBC-4139432">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6157"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC18910"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139432" id="-4139432">8. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Elektrotexnika sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139436" id="onLBC-4139436">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18910"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139436" id="-4139436">amaldagi elektrotexnika korxonalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish boʻyicha 153,8 mln. AQSH dollari miqdoridagi 22 ta investitsiya loyihalarini 2019 — 2021-yillarda amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139447" id="-4139447">2021-yilga yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini 2 baravarga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139450" id="-4139450">2021-yilda tayyor elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlarning eksport hajmini 400 mln. AQSH dollari miqdoriga erishish;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139453" id="onLBC-4139453">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6746"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;</span></div><div id="LBC18910"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;</span></div><div id="LBC22728"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139453" id="-4139453">loyiha qiymati 500 mln. AQSH dollari boʻlgan istiqbolli innovatsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb etish.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5042223" id="edi-5042223"><a href="/mact/-4136526?ONDATE=04.01.2019 00#-4139455">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5042223" id="-5042223"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5042224" id="onLBC-5042224">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8962"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;</span></div><div id="LBC18910"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5042224" id="-5042224">9. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda elektrotexnika sanoati korxonalarining alohida sarf-xarajatlarini, shu jumladan oʻzlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishdagi transport xarajatlarini subsidiyalash mexanizmini qoʻllash boʻyicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini tatbiq etish imkoniyatini oʻrganib chiqsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5042225" id="-5042225">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli <a href="/mact/-5019106?ONDATE=28.09.2020 00#-5021973">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5042226" id="edi-5042226"><a href="/mact/-4136526?ONDATE=04.01.2019 00#-4139458">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5042226" id="-5042226"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5042227" id="onLBC-5042227">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6745"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);</span></div><div id="LBC6898"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5042227" id="-5042227">10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda elektrotexnika sanoatiga investorlarni va xorijning yetakchi elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini jalb qilish choralarini koʻrsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5042228" id="-5042228">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli <a href="/mact/-5019106?ONDATE=28.09.2020 00#-5021973">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139460" id="-4139460">11. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi ikki oy muddatda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga intellektual mulkka boʻlgan huquqlarini operativ tarzda roʻyxatga olishda koʻmaklashish va sohani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139463" id="-4139463">12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139468" id="onLBC-4139468">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6888"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;</span></div><div id="LBC6891"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139468" id="-4139468">“Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz quyma quvvatlarida yoki tegishli rangli metallarni ishlab chiqaruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirish uchun ishlab chiqarishga qayta ishlangan xom ashyoni takroran jalb etgan holda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish natijasida hosil boʻladigan rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash mexanizmini yaratish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139471" id="onLBC-4139471">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18912"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari;</span></div><div id="LBC22728"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139471" id="-4139471">“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda boʻsh turgan ishlab chiqarish obyektlari negizida elektrotexnika sanoati ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonalari (texnoparklari)ni tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5335145" id="edi-5335145"><a href="/mact/-4136526?ONDATE=04.01.2019 00#-4139476">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5335145" id="-5335145"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5335149" id="-5335149">13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 13-fevraldagi PQ-2772-son <a href="/mact/-4935307">qarorining</a> 13-bandida belgilangan imtiyozlarning amal qilishi mahsulot va butlovchi qismlar ishlab chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida, xom ashyo tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan tashqari, respublikaning barcha elektrotexnika sanoati korxonalariga tatbiq etilsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5335159" id="-5335159">(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son <a href="/mact/-5316731?ONDATE=03.03.2021 00#-5317371">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2021-y., 07/21/5011/0174-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139480" id="onLBC-4139480">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC21095"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139480" id="-4139480">14. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi elektrotexnika sanoati korxonalari bilan birgalikda 2019-yil 1-fevralga qadar kadrlar tayyorlash ehtiyojidan kelib chiqib, elektrotexnika sanoati uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shu jumladan taʼlimning talab yuqori boʻlgan yangi yoʻnalishlarini ochish hamda tahsil olayotganlarning elektrotexnika sanoati korxonalari va tadqiqot muassasalari negizida malaka amaliyoti oʻtashi boʻyicha takliflarni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139483" id="-4139483">15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari doirasida oʻtkaziladigan tenderlar, tanlovlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun 20 foizgacha boʻlgan narx preferensiyasi mexanizmini joriy etishni nazarda tutuvchi davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4139484" id="-4139484"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5335167" id="edi-5335167"><a href="/mact/-4136526?ONDATE=04.01.2019 00#-5335165">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5335167" id="-5335167"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5335170" id="onLBC-5335170">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6257"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5335170" id="-5335170">16. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Koʻkcha darvoza koʻchasi, 1-boshi berk koʻcha, 10-uyda bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5335176" id="-5335176">(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son <a href="/mact/-5316731?ONDATE=03.03.2021 00#-5317372">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2021-y., 07/21/5011/0174-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4139487" id="onLBC-4139487">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6924"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139487" id="-4139487">Bunda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi mazkur obyektni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni ilgari belgilangan manbalar hisobidan tugatishni taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139489" id="-4139489">17. Adliya vazirligi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4139493" id="-4139493">18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4139495" id="-4139495">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4139496" id="-4139496">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4139498" id="-4139498">2019-yil 4-yanvar,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4139501" id="-4139501">PQ-4090-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4139338" id="-4139338">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 07/19/4090/2415-son, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 03.03.2021-y., 07/21/5011/0174-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
