Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-noyabrdagi PQ-4026-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining ““Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 12-iyundagi 155-son
qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 61-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
1.
1-banddagi “shtatdagi xodimlarning cheklangan soni 6 nafardan iborat boʻlgan (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarsiz)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
ikkinchi xatboshidagi “yigirma foizi” soʻzlari “oʻn foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “oʻn foizi” soʻzlari “besh foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.