toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 221-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-dekabr,
1055-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1055-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziya (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) uning amal qilishi boʻyicha cheklanmagan muddatga beriladi”.
2. 22-bandning ikkinchi xatboshidagi “yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. 47-banddagi “uzaytirilgan” soʻzi chiqarib tashlansin.
4. 6-bobning nomidagi “unga amal qilish muddatini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. 63-bandning uchinchi xatboshidagi va 77-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “va amal qilish muddati tugagan sana” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. 69-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
7. 70-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
a) “d” kichik band chiqarib tashlansin;
b) “j” kichik banddagi “amal qilish muddatini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. Nizomning 3, 9, 10, 12 va 14-ilovalaridagi “Litsenziyaning amal qilish muddati: 20__ y “__” __________gacha (yil, sana, oy)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Nizomning 11-ilovasidagi “Litsenziyaning amal qilish muddati: 20__ y “__” __________gacha (yil, sana, oy)” va “2. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
11. Nizomga 13-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1055/2399-son)