1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASINING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 2-maydagi PF-1460-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 277-modda)
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi):
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
bank, moliya, soliq tizimlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
“Magistr” darajasi bergan va davlat namunasidagi diplom berilgan holda magistraturaning ikki yillik oʻquv rejalari boʻyicha oliy taʼlim davlat taʼlim standartlariga muvofiq boshqaruv kadrlarini tayyorlashni maqsadli amalga oshiradi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
oʻz faoliyatida “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatiga boʻysunadi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
bank, moliya va soliq tizimlari, shuningdek iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash belgilangan namunadagi diplom berilgan holda toʻrt oygacha boʻlgan davrga moʻljallangan taʼlim dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 599-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/599/1601-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish belgilangan namunadagi sertifikat berilgan holda bir oygacha boʻlgan davrga moʻljallangan oʻquv rejalari va dasturlar asosida amalga oshiriladi;
qonunchilikda belgilangan tartibda Akademiyaga biriktirilgan mutaxassisliklar boʻyicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
4. Akademiya rahbariyati:
1996-1997 oʻquv yili uchun 80 nafar, shu jumladan bank ishi fakultetiga — 40, moliya fakultetiga — 20, bank va moliya rahbar kadrlari malakasini oshirish fakultetiga — 20 nafar tinglovchi qabul qilsin;
chet tillarni oʻquv dasturiga muvofiq va fakultativ asosda, oʻquv kursi tugallangan tinglovchilarning chet tillardan birini amaliy egallashini taʼminlaydigan darajada puxta oʻrganishni tashkil etsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 277-modda)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
6. Akademiya rahbariyati rektor va uch nafar prorektordan iborat tarkibda belgilansin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
Akademiyaning rahbarlik qiluvchi va professor-oʻqituvchilar tarkibiga — oliy taʼlim muassasalari tegishli xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorida;
akademiyaning qolgan xodimlariga — davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash razryadlariga muvofiq lavozim maoshlari belgilansin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
8. Akademiyada budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizigacha miqdorda Boshqaruv xodimlarini, professor-oʻqituvchilarni, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi deb ataladi) tashkil etilishi nazarda tutilsin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 277-modda)
Akademiya rektoriga quyidagi huquqlar berilsin:
akademiyaning shtat jadvalini tasdiqlash, shuningdek zarurat boʻlganda tuzilmaga xodimlarining umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
boshqaruv xodimlariga, professor-oʻqituvchilarga, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hisobidan tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorda har oylik ustama belgilash;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 277-modda)
akademiyada oʻquv jarayonini, ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish uchun, shu jumladan xorijiy mutaxassislar uchun erkin almashtiriladigan valyutada kontraktlar boʻyicha haq toʻlagan holda, konsultantlar, ekspertlar va mutaxassislarni, shu jumladan jahondagi yetakchi xalqaro moliya tashkilotlari va tijorat banklari mutaxassislarini jalb etishning turli iqtisodiy shakllaridan foydalanish.
Akademiyaning magistraturasi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun ularning oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi. Boshqa joylardan kelgan tinglovchilarga asosiy ish joyi boʻyicha oʻqish joyigacha va undan qaytib kelish joyigacha bir martalik yoʻl haqi (bir yilda bir martadan koʻp emas) toʻlanadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
oʻqish va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan tinglovchilar oʻqish davrida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari va Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari hisobiga xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot, bank va moliya tashkilotlariga stajirovkaga yuboriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 277-modda)
10. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
Akademiyaning joriy taʼminoti, unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishga doir tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek Akademiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari;
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
pulli-kontrakt asosida magistratura tinglovchilarini tayyorlashdan, shartnomalar asosida boshqaruv kadrlarini va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan tushadigan mablagʻlar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq organlarini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratmalar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida oʻquv, metodik va ilmiy-tadqiqot loyihalarini, axborot-tahlil va tahririyat-noshirlik ishlarini bajarishdan, taʼlim va xizmatlarning boshqa turlarini bajarishdan tushumlar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
mahalliy va xorijiy tashkilotlarning, loyihalar va dasturlarning xayriya ehsonlari;
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Bank-moliya akademiyasi Toshkent shahar, Yakub Kolas koʻchasidagi 16-uyga joylashtirilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
12. Oʻzbekiston banklar uyushmasi “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi bilan birgalikda xorijiy firmalarni jalb etgan holda, oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayoni xususiyatlarini nazarda tutib, akademiya binosini moslashtirish, qayta qurish va asosli tuzatishni 1996-yil 1-oktabrgacha amalga oshirsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi:
akademiyani kutubxonani toʻldirish uchun maxfiy boʻlmagan matbuot nashrlari va kitob mahsulotlarining nazorat nusxalarini (2 nusxa) bepul oladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin;
akademiya buyurtmalari boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy asarlarni tezkorlik bilan nashr etishni tashkil qilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.09.00 Hukumat va boshqa turdagi maxsus aloqalar. Feldyegerlik aloqasi]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi akademiyani zamonaviy aloqaning zarur vositalari, shu jumladan aloqaning hukumat, xalqaro va boshqa turlari bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
15. Akademiyaga oʻqitish va tadqiqot ishlari uchun taklif etiladigan xorijiy olimlar, oʻqituvchilar va mutaxassislarning yashash hamda transport xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha soʻmlarda toʻlashiga ruxsat berilsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 277-modda)
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 277-modda)
(1b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 277-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 277-modda)