1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini koʻrish uchun maʼlumotlarni taqdim etish hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 25-dekabrda 1437-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 28-avgustdagi 2017-44-sonli “Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va ularning elektr taʼminoti korxonalari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini koʻrish uchun maʼlumotlarni taqdim etish hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1437-4, 12.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-sonli qaroriga muvofiq qaror qilinadi:
1. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini koʻrish uchun maʼlumotlarni taqdim etish hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.