Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi
Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 27-sentabrdagi 3, 9, 20, 24, 15914, 01-02/12-18-son qarori (roʻyxat raqami 2269, 2011-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 39-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etishda koʻmaklashish tartibi haqidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 11-dekabrdagi 38, 79, 56, 9, 14, 01-02/12-52-son
qaroriga ILOVA
1. 16-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga” degan soʻzlar “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
43-banddagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi bilan kelishilgan.