1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.04.00 Suv transporti;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-dekabr,
1002-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 167-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 09/22/167/0285-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-sentabrdagi 744-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 216-modda):
a) nomlanishi va 1 banddagi “kichik hajmli kemalardan” soʻzlari “kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“gidrotexnika inshootlari, kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, shuningdek, suv obyektlarida odamlar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan samarali nazoratni amalga oshirish”;
“yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalariga, shuningdek, kemachilikni tartibga soluvchi qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish”;
“kemalarning belgilangan vazifalarga muvofiq ichki suv yoʻllarida xavfsiz suzishi, yoʻlovchilar va kema ekipajlarining hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, ichki suv yoʻllarida tashiladigan yuklarning butligini taʼminlash, shuningdek, suv obyektlarining kemalar tomonidan ifloslantirilishining oldini olish”;
41-banddagi “ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, kemachilikni tartibga soluvchi qoidalar” soʻzlari qoʻshilsin;
“43. Aholi va hududlarning tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, kichik hajmli kemalardan va ular toʻxtab turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari, shuningdek, kemachilikni tartibga soluvchi qoidalarni tekshirish natijalari belgilangan shakl boʻyicha dalolatnoma yoki maʼlumotnoma tarzda rasmiylashtiriladi”;
“44. Maʼlumotnoma aholi va hududlarning tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, kichik hajmli kemalardan va ular toʻxtab turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari, shuningdek, kemachilikni tartibga solish qoidalari buzilmagan taqdirda tuziladi. Maʼlumotnomada tekshirish oʻtkazilganligi qayd etilib, oʻtkazilgan tekshirish boʻyicha savollar roʻyxati hamda biror-bir kamchilik aniqlanmaganligi koʻrsatiladi.”;
“46. Dalolatnoma aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, kichik hajmli kemalardan va ular toʻxtab turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari, shuningdek, kemachilikni tartibga solish qoidalari buzilgan taqdirda tuziladi. Dalolatnoma tuzishda FVVning mansabdor shaxsi tomonidan reja-topshiriqda koʻzda tutilgan har bir savol boʻyicha mavjud holatdagi kamchiliklar, qonunchilik hujjatlarining nomi va meʼyorlari bayon qilinadi”;
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini tashkil etish
Sxemasi
”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 5-dekabrdagi 968-son qarorida:
“kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish, kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish, kemalarni qurishda, foydalanishda, qayta jihozlashda va taʼmirlashda koʻrikdan oʻtkazishdan tushgan mablagʻlarning 60 foizi miqdoridagi ajratmalar”;
b) 1-ilovaning 5-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish, kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish, kemalarni qurishda, foydalanishda, qayta jihozlashda va taʼmirlashda koʻrikdan oʻtkazishdan tushgan mablagʻlarning 60 foizi miqdoridagi ajratmalar”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 09/22/167/0285-son; 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)