1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, xalq taʼlimi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnat qilgan hamda soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining buyurtmasiga asosan “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasining belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin.
4. “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni, uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-dekabr,
998-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 998-son qaroriga 1-ILOVA
“Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi
NIZOM
1. Ushbu Nizom “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Koʻkrak nishoni bilan xalq taʼlimi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnat qilgan hamda soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga har yili 10-iyulga qadar taqdim etadi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda vazirlik deb ataladi) tasarrufidagi respublika tashkilotlari va muassasalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda har yili 1-avgustga qadar vazirlikka taqdim etadi.
Koʻkrak nishoni bilan boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi taʼlim muassasalarining pedagog va xodimlari ham yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun ushbu vazirliklar va idoralar rahbarlari takliflariga asosan taqdirlanish mumkin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
Komissiya yigʻilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar oʻrganilib, har yili 10-sentabrgacha eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 20-sentabrgacha chiqariladi.
8. Koʻkrak nishoni har yili Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
9. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
10. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
11. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
12. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
“Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
“Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 998-son qaroriga 2-ILOVA
“Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishonining diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Koʻkrak nishonining old tomoni pastki qismida ochiq holatdagi kitob oq rangda, undan yuqori qismida quyosh nurlari zarhal rangda tasvirlangan.
Koʻkrak nishonining yuqori qismida aylana boʻylab “XALQ TAʼLIMI FIDOYISI” degan soʻzlar yozilgan. Yozuv zarhal rangda boʻlib, harflarning balandligi 6 millimetrni tashkil etadi.
Medalning pastki qismida aylana boʻylab ikkita zaytun novdasi joylashgan. Soʻzlar va zaytun novdalari orasida boʻrtma shakldagi uchta nuqta joylashgan.
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida toʻrt qatorda “XALQ TAʼLIMI”, “TIZIMI SOHASI RIVOJIGA”, “QOʻSHGAN”, “HISSASI UCHUN” soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 4 millimetr.
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
Esdalik nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻich bilan tutashtirilgan. Qadagʻich Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi, eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan.
Qadagʻichning boʻyi — 17 millimetr, eni — 26 millimetr.
Qadagʻichning orqa tomoniga esdalik nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
“Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni
“Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 998-son qaroriga 3-ILOVA
“Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishonining guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning ikkinchi va uchinchi beti eni 4,5 millimetrli, ichki burchaklari toʻgʻri toʻrtburchak shaklida.
Guvohnoma tashqi tomonining (birinchi beti) yuqori chekkasidan 30 millimetr pastda, 3 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Matnda katta harflarda birinchi satrda “XALQ TAʼLIMI FIDOYISI” va ikkinchi satrda “KOʻKRAK NISHONI” soʻzlari yozilgan. Undan 20 millimetr pastda 5 millimetrli bir satrdan iborat “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman” shrifti, 20 kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och yashil rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 9 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman” shrifti, 13-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
“GUVOHNOMA” soʻzidan 9 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 7,5 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Pastki chiziqdan 4 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 3 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “XALQ TAʼLIMI”, ikkinchi satrda “FIDOYISI” (“Times new Roman” shrifti, 17 kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 3 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “KOʻKRAK NISHONI”, ikkinchi satrda “BILAN MUKOFOTLANDI” (“Times new Roman” shrifti, 8-kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 14 millimetr pastda, chap tomonda “VAZIR” (bosh harfda, “Times new Roman” shrifti, 8-kegl) soʻzi hamda 48 millimetrli chiziq joylashgan.
Soʻnggi soʻzdan 9 millimetr pastda, chap tomonda “BUYRUQ” (bosh harflarda, “Times new Roman” shrifti, 8-kegl) soʻzi hamda buyruq tartib raqami uchun “№” belgisi va 42 millimetrli chiziq joylashgan.