Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/11-son qarori (roʻyxat raqami 2711, 2015-yil 26-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 34-son, 460-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
10-banddagi “Tijorat banklarida kassa ishlarini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun)” degan soʻzlar “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun),” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
59-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“59. Banklarda toʻldirilmagan yangi omonat daftarchalari qatʼiy hisobda turuvchi blankalar hisoblanadi va ular pul omborxonasida Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) talablariga muvofiq saqlanishi lozim.”.
4.
130-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5.
187-banddagi “Tijorat banklarida kassa ishlarini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnoma”da (roʻyxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun)” degan soʻzlar “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
7-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.