Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 23-iyundagi 19/4-son qarori (roʻyxat raqami 2379, 2012-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 341-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq mikrokredit tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarini hamda u bilan bogʻliq moliyaviy axborotlarni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirish tartibini belgilaydi.”.
2.
6-banddagi “uch” degan soʻz “yetti” degan soʻz bilan almashtirilsin.