toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.2020
Hujjat 06.12.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3096]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligining 2020-yil 23-yanvardagi 3 va 4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3223, 28.02.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Milliy gvardiya qoʻmondoni general-leytenant B. TAShMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-oktabr,
16-son
Mudofaa vaziri general-mayor A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-oktabr,
30-son
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligining 2018-yil 30-oktabrdagi 16, 30-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Institutga oʻqishga kirish uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
2. Institutga oʻqishga kirishni xohlagan nomzodlar va ularning ota-onalari Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalari va serjantlarni tayyorlash maktablarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2024, 2009-yil 27-oktabr) asosan mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari hamda harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan moddiy masʼulligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan har yilning 1-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga kelgusi yil uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutiga qabul qilinuvchi nomzodlar soni toʻgʻrisida maʼlumot taqdim qilinadi.
4. Mudofaa vazirligi tomonidan Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutiga nomzodlarni dastlabki tanlash uchun topshiriq mudofaa ishlari boshqarmalariga taqsimlanadi.
5. Institutga oʻqishga kirishni xohlagan fuqarolar oʻzlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar oʻz xizmat oʻtash joyiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi. “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari va Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi bitiruvchilari orasidan Institutga oʻqishga kirish uchun nomzodlarning shaxsiy yigʻma jildlari ular joylashgan hududdagi mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari tomonidan rasmiylashtiriladi. Qabul qilingan arizalar (bildirgilar) asosida mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 1-apreliga qadar qabul qilinadi.
6. Institutga oʻqishga kirishni xohlagan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza (bildirgi);
pasport nusxasi;
tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
tarjimayi hol(qoʻlda yoki kompyuterda yozilgan);
nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar anketasi;
oʻqish, ish, xizmat oʻtash joyidan tavsifnoma (agar oʻqiyotgan, ishlayotgan, xizmatni oʻtayotgan boʻlsa);
ota-onasining ish joyidan maʼlumotnoma (agar ishlayotgan boʻlsa);
maʼlumoti toʻgʻrisidagi (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar) hujjatlar hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi;
oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida asli koʻrsatiladi);
yaqin qarindoshlar orasida vafot etganlar boʻlsa, ularning oʻlimi haqida guvohnomaning nusxasi;
3 x 4 sm oʻlchamdagi 6 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm oʻlchamdagi 4 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);
nomzodning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organidan sudlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar mazkur maʼlumotnomani taqdim qilishi talab etilmaydi).
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda nomzodning pasporti, tugʻilganlik haqida guvohnomasi, chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoxud chaqiriluvchining harbiy guvohnomasining asli koʻrsatiladi.
7. Institutga oʻqishga kirishni xohlagan harbiy xizmatchilar tomonidan oʻz xizmat oʻtash joyiga mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda Institutga oʻqishga kirishga tavsiya etuvchi hujjatlar (muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga — harbiy boʻlinmaning umumiy yigʻilishi bayonnomasidan koʻchirma, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga esa — harbiy qismning attestatsiya komissiyasi yigʻilish bayonnomasidan koʻchirma) taqdim etiladi.
2-bob. Dastlabki tanlash tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish
8. Dastlabki tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
yakka tartibdagi suhbat;
individual-psixologik oʻrganish;
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
tibbiy koʻrik.
9. Dastlabki tanlash tadbirlari ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Birinchi bosqich fuqaro uchun — yashash joyidagi tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarida, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari va Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi bitiruvchilari uchun — ular joylashgan hududdagi tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarida, harbiy xizmatchilar uchun — oʻz xizmat oʻtash joyida qabul yilining 1-fevralidan 31-martiga qadar amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
yakka tartibdagi suhbat;
birlamchi tibbiy koʻrik.
Ikkinchi bosqich fuqarolar va harbiy xizmatchilar uchun mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarda qabul yilining 1-aprelidan 31-mayiga qadar amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
individual-psixologik oʻrganish;
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
takroriy tibbiy koʻrik.
10. Dastlabki tanlash tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
11. Nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari dastlabki tanlash tadbirlarining birinchi bosqichi yakunlangunga qadar (31-martga qadar) amalga oshiriladi.
12. Tegishli shakl boʻyicha ruxsatnomani kelishish uchun zarur boʻlgan materiallar belgilangan tartibda (10-aprelga qadar) rasmiylashtiriladi.
13. Yakka tartibdagi suhbat fuqaro bilan ― tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar boshliqlari tomonidan, harbiy xizmatchilar bilan ― harbiy qismlar (muassasalar), boʻlinmalarning komandirlari (boshliqlari) tomonidan oʻtkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi toʻldiriladi.
14. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrik oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Nomzodlarni birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish mudofaa ishlari boʻyicha tuman (shahar) boʻlimlari huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi va 1-fevraldan 31-martga qadar davom etadi.
16. Harbiy xizmatchilarni birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish harbiy tibbiy muassasalarning harbiy vrachlik komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Nomzodlarni takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi va 1-apreldan 20-mayga qadar davom etadi, harbiy xizmatchilar bundan mustasno.
18. Sogʻligʻining holatiga koʻra Institutda oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan va tibbiy komissiyaning ushbu xulosasidan norozi boʻlgan nomzodlar nazorat tibbiy koʻrikdan viloyatlar muqobil tibbiy komissiyalarida 1-maydan 31-mayga qadar oʻtishlari mumkin.
19. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha sogʻligʻiga koʻra nomzodning Institutda oʻqishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga qoʻshib qoʻyiladi.
20. Sogʻligʻining holatiga koʻra Institutda oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
21. Nomzodlar bilan individual-psixologik oʻrganish tadbirlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarda qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassis-psixologlar tomonidan ularni psixologik test sinovidan oʻtkazish yoʻli bilan mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq 1-apreldan 20-mayga qadar oʻtkaziladi.
22. Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha quyidagi xulosalar biri chiqariladi:
dastlabki tanlashning keyingi tadbirida ishtirok etishga tavsiya etiladi;
dastlabki tanlashning keyingi tadbirida ishtirok etishga tavsiya etilmaydi.
Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha dastlabki tanlashning keyingi tadbirida ishtirok etishga tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
23. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar boshliqlari belgilagan joylarda qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq metodika asosida 1-apreldan 20-mayga qadar oʻtkaziladi.
24. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha belgilangan talablarga javob bermagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
25. Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildi toʻliq rasmiylashtirilgandan soʻng tegishli mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan 20-iyunga qadar Institutga yuboriladi.
3-bob. Yakuniy qoida
26. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA


‎‎‎_____________________________ga (boshliqning F.I.O.) _____________________________da (nomzodning yashash manzili) yashovchi_____________________dan (nomzodning F.I.O.)

‎‎Moddiy masʼullik toʻgʻrisida ogohlantirish

‎‎____Men, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kirishga
‎‎nomzod, ___________________________________________________________________________
________________________________________(F.I.O)
‎ushbu taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilinsam ‎‎va oʻqishni tamomlagandan soʻng men bilan tuziladigan shartnoma talablarini bajarmaganligim ‎‎sababli, zaxiraga boʻshatilsam, shartnomani muddatidan ilgari bek�r qilsam yoki sodir etgan ‎‎jinoyatim uchun ozodlikdan mahrum etilsam moddiy masʼulligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.

_________________________________________________
_____‎(imzo) ______________________________(F.I.O.)
20___ yil “____” _____________
‎‎____Biz, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiradigan nomzodning ota-onasi________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________________________________
______________________________________________________(F.I.O)
______________________________________________________
‎farzandimiz_______________________________________________________________________
______________________________________(F.I.O)______________________________________________________
‎ushbu taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilinsa va oʻqishni tamomlagandan soʻng u bilan tuziladigan shartnoma talablarini bajarmaganligi sababli, zaxiraga boʻshatilsa, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsa yoki sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan ma�rum etilsa moddiy masʼulligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.
__________________________________________
___‎‎(imzo) ____________________________ (F.I.O.)
___________________________________________________________________
_‎___(imzo) ____________________________ (F.I.O.)
‎‎20___ yil “____” _____________
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA


‎‎‎_____________________________ga (boshliqning F.I.O.) _____________________________da (nomzodning yashash manzili) yashovchi_____________________dan (nomzodning F.I.O.)

A R I Z A

‎‎____Meni, oʻz xohishimga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kirish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishingizni soʻrayman.
____Test sinovlarini ________________ tilida ____________ alifbosida topshiraman.
___________________(oʻzbek, qoraqalpoq, rus) ________(kirill, lotin)
____Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) _____________ tilida topshirama�.
_________________________________________(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)
____Tanlovda ________________________________ mutaxassisligi boʻyicha ishtirok etaman.
_______________(tanlagan mutaxassislikning nomlanishi)
____Harbiy xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Harbiy xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.

___________________________________________________
_____‎(imzo) _________________________________(F.I.O.)
‎‎20___ yil “____” _____________
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
‎‎
‎‎‎_______________________________________

____(komandirning (boshliqning) harbiy unvoni va F.I.O.)

B I L D I R G I

____Men __________________________________________________________________________,
_‎(harbiy xizmatchining harbiy unvoni, F.I.O., lavozimi, tugʻilgan yili, sanasi va joyi, harbiy xizmatga chaqirilgan yili va sanasi) Sizdan oʻz xohishimga koʻra meni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kirish uchun nomzod sifatida yuqori qoʻmondonlikka tavsiya etishingizni soʻrayman.
____Test sinovlarini ________________ tilida ____________ alifbosida topshiraman.
___________________(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)____________(kirill, lotin)
____‎Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) _________________ tilida topshiraman. ____Hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
____Test sinovlarini _____________________ tilida topshiraman.
______________________(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)
____Tanlovda ________________________________ mutaxassisligi boʻyicha ishtirok etaman.
_______________(tanlagan mutaxassislikning nomlanishi)
______
Harbiy xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Harbiy xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.

___________________________________________________
_____‎(imzo) _________________________(lavozimi, unvoni va F.I.O.)
‎‎20___ yil “____” _____________
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA


‎Yakka tartibdagi suhbat
‎VARAQASI
‎ ‎‎

Nomzodning F.I.O.:‎‎_____________________________________________________________
_______________________________________________________________________‎‎
Nomzodning oilaviy ahvoli:‎‎______________________________________________________
_______________________________________________________________________‎‎
Nomzodning ota-onasi, yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati:‎‎_______________
_______________________________________________________________________‎‎
‎‎Ofitser kasbini tanlashining sabablari va asoslari:__________________________________
‎‎_______________________________________________________________________
‎‎Nomzodning taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish darajasi:_____________________________
‎‎_______________________________________________________________________
‎‎Nomzodning xorijiy tilni egallaganlik darajasi:____________________________________
‎‎_______________________________________________________________________
‎‎Nomzod haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar:____________________________________________
_______________________________________________________________________‎‎
_______________________________________________________________________‎
‎‎
‎‎___Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi batafsil tushuntirildi.

_______________________________‎

‎‎__________

(yakka tartibdagi suhbat oʻtkazgan shaxsning harbiy unvoni, lavozimi va F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎20___ yil “____” _____________
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Individual-psixologik oʻrganish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Individual-psixologik oʻrganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psixologik test sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
2. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari oliy harbiy taʼlim muassasalardagi oʻqishning oʻziga xosligi hisobga olingan holda qoida tariqasida, har uch yilda bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar markazi tomonidan qayta ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda har yili psixologik test sinovlari boshlangunga qadar individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya raisiga yuboriladi.
3. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya raisida saqlanadi va u testlar va javoblarining oshkor boʻlib ketmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
4. Dastlab nomzodlar individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi, shuningdek har bir vazifa boʻyicha tayyorlangan testlarni echganlik uchun nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda ularga tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
2-bob. Individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish
5. Individual-psixologik oʻrganish yakka tartibda yoki guruh boʻlib oʻtkazilishi mumkin.
6. Individual-psixologik oʻrganish guruh boʻlib oʻtkazilganda, xonada nomzodlar 40 nafardan ortiq boʻlmasligi zarur.
7. Individual-psixologik oʻrganish davomida nomzodlarga bir nechta vazifa boʻyicha psixologik testlar beriladi.
8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:
aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turgʻunligi, samimiyligi;
kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi.
9. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodning sogʻligʻi surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar oʻrganishga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va unga keyingi individual-psixologik oʻrganishdan oʻtish uchun qayta ruxsat beriladi.
10. Javoblar varaqasining toʻgʻri toʻldirilishi uchun nomzod shaxsan javobgar hisoblanadi.
11. Psixologik test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
12. Psixologik test oʻtkazish vaqtida oʻrganish oʻtkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
13. Barcha topshiriqlar bajarib boʻlingandan soʻng, nomzodlar javoblar blankalarini oʻrganish oʻtkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. Oʻrganish oʻtkazgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning toʻgʻri toʻldirilganligiga eʼtibor berishi zarur.
14. Vazifalarning barchasini muvaffaqiyatli topshirgan nomzod oliy harbiy taʼlim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi hamda unga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
15. Vazifalarni muvaffaqiyatli topshira olmagan nomzodning takroriy test sinovlaridan oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
16. Individual-psixologik oʻrganish sinovlarini topshirgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
17. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan toʻplangan ballar va individual-psixologik oʻrganish boʻyicha xulosa aks ettiriladi.
18. Qaydnoma individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
19. Individual-psixologik oʻrganish natijalaridan norozi boʻlgan nomzod, unga nisbatan berilgan xulosani asoslantiruvchi maʼlumot bilan tanishish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga:
fuqarolar sport kiyimida;
harbiy xizmatchilar harbiy kiyimda kelishlari lozim.
4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
5. Mashqlar oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan yoxud topshirishdan bosh tortgan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.
2-bob. Mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
7. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Juft tutilgan oyoqlarni 45° gacha bukishga ruxsat beriladi.
8. Nomzodlarning turnikda tortilish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
a) fuqarolar uchun:
12 marotaba va undan koʻp tortilganda ― “aʼlo”;
10-11 marotaba tortilganda ― “yaxshi”;
8-9 marotaba tortilganda ― “qoniqarli”
1 ― 7 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda ― “qoniqarsiz” deb baholanadi.
b) harbiy xizmatchilar uchun:
14 marotaba va undan koʻp tortilganda ― “aʼlo”;
12-13 marotaba tortilganda ― “yaxshi”;
10-11 marotaba tortilganda ― “qoniqarli”;
1 ― 9 marotaba tortilganda yoxud umuman tortila olmaganda ― “qoniqarsiz” deb baholanadi.
9. 100 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yoʻlakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.
10. Nomzodlarning 100 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
a) fuqarolar uchun:
14,0 soniya ichida bajargan taqdirda ― “aʼlo”;
14,1 ― 14,4 soniyada bajargan taqdirda ― “yaxshi”;
14,5 ― 15,0 soniyada bajargan taqdirda ― “qoniqarli”;
15,1 soniyada va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda ― “qoniqarsiz” deb baholanadi.
b) harbiy xizmatchilar uchun:
14,0 soniya ichida bajargan taqdirda ― “aʼlo”;
14,1 ― 14,4 soniyada bajargan taqdirda ― “yaxshi”;
14,5 ― 15,2 soniyada bajargan taqdirda ― “qoniqarli”;
15,3 soniyada va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda ― “qoniqarsiz” deb baholanadi.
11. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
12. Nomzodlarning 3000 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
a) fuqarolar uchun:
12,40 daqiqa ichida bajargan taqdirda ― “aʼlo”;
12,40 daqiqadan koʻp, biroq 13,20 daqiqagacha bajargan taqdirda ― “yaxshi”;
13,20 daqiqadan koʻp, biroq 14,0 daqiqagacha bajargan taqdirda ― “qoniqarli”;
14,0 daqiqadan koʻp vaqtda bajargan taqdirda ― “qoniqarsiz” deb baholanadi.
b) harbiy xizmatchilar uchun:
12,40 daqiqa ichida bajargan taqdirda ― “aʼlo”;
12,40 daqiqadan koʻp, biroq 13,0 daqiqagacha bajargan taqdirda ― “yaxshi”;
13,0 daqiqadan koʻp, biroq 13,35 daqiqagacha bajargan taqdirda ― “qoniqarli”;
13,35 daqiqadan koʻp vaqtda bajargan taqdirda ― “qoniqarsiz” deb baholanadi.
13. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda kamida bitta “qoniqarsiz” baho olgan boʻlsa, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “oʻtmagan” deb hisoblanadi.
14. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan oʻtmagan nomzodlarga mashqlarni takroriy bajarishga ruxsat berilmaydi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
15. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
16. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan bajarilgan mashqlar va ular uchun qoʻyilgan baholar koʻrsatiladi.
17. Qaydnoma nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2018-y., 10/18/3096/2277-son; 14.05.2019-y., 10/19/3096-1/3118-son)