1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida zamonaviy agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va qishloq xoʻjaligida klaster ishlab chiqarishini rivojlantirishga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar jalb etish, paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa mahsulotlarni yetishtirishning samarali usullarini joriy qilish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlarni yetishtirish va chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda shu asosda agrar sektorda ish unumdorligini va mehnatga haq toʻlashni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Toshkent viloyati hokimligi, “Paraglide limited” (Buyuk Britaniya), “Petromaruz Kapital” (“Pm kapital” — Rossiya Federatsiyasi) kompaniyalarining:
Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlarining (keyingi oʻrinlarda XMI deb ataladi) mablagʻlarini, xorijiy banklarning kredit liniyalari va tijorat banklarining kreditlarini jalb etish hisobiga paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni chuqur qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarishlarni, shuningdek, chorvachilik hamda baliqchilik komplekslari tashkil etishni nazarda tutuvchi agrosanoat klasteri tashkil qilish loyihasini amalga oshirish;
xorijiy investitsiyalar ishtirokida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Tashkent Sotton Textile cluster” korxonasini (keyingi oʻrinlarda “TST cluster” MChJ deb ataladi) tashkil etish;
“TST cluster” MChJni tashkil qilish va uning tarkibiga 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha agrosanoat korxonalarini kiritish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. “TCT cluster” MChJning dastlabki ustav kapitali “Paraglide limited” (Buyuk Britaniya), “Petromaruz Kapital” (“Pm kapital” — Rossiya Federatsiyasi) kompaniyalarining badallari hisobiga shakllantirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining:
“TST cluster” MChJ tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalariga (keyingi oʻrinlarda agrokorxonalar deb ataladi) paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa mahsulotlarni, shuningdek, chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtirishni tashkil qilish uchun Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida doimiy egalik qilish hamda foydalanish huquqi bilan 35,4 ming gektar sugʻoriladigan yer va 3,1 ming gektar baliqchilik koʻllari ajratish;
keng turdagi baliq mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish, shu jumladan, eksport qilish boʻyicha zamonaviy kompleks tashkil qilish uchun sobiq “Baliqchi” AJ mulkiy kompleksini, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va 8,2 mln AQSh dollari miqdorida investitsiyalar kiritish sharti bilan, “TST cluster” MChJga “nol” qiymatida sotish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. Quyidagilar:
“TST cluster” MChJ va uning tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalari tomonidan 2019 — 2023-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2019 — 2022-yillarda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining roʻyxati 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
5. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
2018-yil 10-dekabrgacha boʻlgan muddatda — ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida umumiy maydoni 33,6 ming gektar boʻlgan yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin;
ikki oy muddatda — tumandagi qolgan 4,9 ming gektar sugʻoriladigan yerlarni ulardan foydalanish samaradorligini baholash yuzasidan xatlovdan oʻtkazsin hamda nooqilona foydalanish va (yoki) istiqbolli rivojlanish rejalari mavjud boʻlmagan holatlar aniqlanganda — “TST cluster” MChJga bersin;
2019-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda — ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun agrokorxonalarga sugʻorilmaydigan yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin.
Belgilansinki, qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilmaganda, ushbu qarorga asosan berilgan yer uchastkalaridan foydalanilmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, ulardan nooqilona yoxud tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladigan, kimyoviy va radioaktiv ifloslantiradigan hamda ekologik vaziyatni yomonlashtiradigan usullarda foydalanilganda ushbu yerlarga doimiy egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq toʻxtatiladi.
6. Agrokorxonalarga hududlar sharoitlariga muvofiq paxta va boshoqli don ekinlari navlarini mustaqil ravishda joylashtirish, ekinlarni ilmiy asoslangan tarzda almashlab ekish, suvni va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish huquqi berilsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
“TST cluster” MChJ agrokorxonalarning mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida jamlash va keyinchalik bu mablagʻlarni moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ular oʻrtasida taqsimlash huquqiga ega;
“TST cluster” MChJning agrokorxonalardan olingan hamda ushbu korxonalar oʻrtasida beriladigan, oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotni sotish boʻyicha aylanmalar bilan bogʻliq boʻlmagan pul mablagʻlari va mol-mulk, shuningdek, sof foydani taqsimlash soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab- quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga har yili agrokorxonalarga agrotexnik xarita asosida paxta hamda boshoqli don ekinlarining kelgusi hosili uchun avans berish uchun “Agrobank” ATBning yillik 5 foizli stavka boʻyicha imtiyozli kreditlari ajratilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda joriy yildan boshlab har yili Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi irrigatsiya tarmogʻini kapital taʼmirlash va qayta tiklash uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.
9. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga “TST cluster” MChJning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Ipoteka bank” ATIB bilan birgalikda bank sindikatini tashkil etish va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBni yetakchi bank deb belgilash;
“TST cluster” MChJ va agrokorxonalarning investitsiya loyihalari texnik-iqtisodiy asoslari inobatga olingan holda ushbu qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, xorijiy banklarning kredit liniyalari hisobiga uzoq muddatli sindikatlangan valyuta kreditlari, shu jumladan, yevroda kreditlar ajratish;
hisoblangan foizlar boʻyicha imtiyozli davrni qoʻllagan holda qayta moliyalashtiradigan bankning yillik 2 foizdan koʻp boʻlmagan miqdordagi marjasini belgilash;
olib kelinadigan uskunalar, texnika va mexanizmlarni, shuningdek, sugʻurta polislari va uchinchi shaxslar kafilligini kreditlar boʻyicha talab etiladigan kafolat taʼminoti sifatida qabul qilish tavsiya etilsin.
10. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJning:
“Mustaqillik paxta tozalash” AJning bino va inshootlari hamda uning paxta tayyorlash punktlarini 5 yil muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan bozor narxida;
ushbu qarorga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun boʻsh turgan davlat obyektlarini “nol” xarid qiymatida “TST cluster” MChJga sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xatlov natijalarini hisobga olgan holda davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektlarni Toshkent viloyati hokimining qaroriga asosan keyinchalik “TST cluster” MChJga investitsiya majburiyatlari bilan “nol” xarid qiymatida sotish uchun ularning roʻyxatini bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. “TST cluster” MChJ va agrokorxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, maxsus transport vositalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, moddiy-texnika resurslari, xomashyo, materiallar hamda oʻsimliklar 2022-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
12. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ agrokorxonalarning ishlab chiqarish maydonlari loyiha tashabbuskorlarining mablagʻlari hisobiga tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “TST cluster” MChJ buyurtmanomalariga binoan ushbu qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga belgilangan tartibda ruxsat bersin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “TST cluster” MChJ buyurtmanomalariga binoan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “TST cluster” MChJ buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “TST cluster” MChJ buyurtmanomalariga binoan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok uchun malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-avgustdagi 677-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 34-son, 695-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-dekabr,
974-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 974-son qaroriga 1-ILOVA
“TST cluster” MChJ va uning tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalarining
loyiha tashabbuskorining oʻz mablagʻlari (mln. dollar)
1.
Paxta xomashyosi va don mahsulotlarini yetishtirish hamda yigʻib olish uchun qishloq xoʻjaligi texnikasi va melioratsiya hamda irrigatsiya tarmoqlarini kapital va joriy taʼmirlash uchun agrokorxonalargamaxsus texnika xarid qilish.
28,3
24,0
4,3
12 ta K700 rusumli traktor, 176 ta haydov traktori, 15 ta paxta terish mashinasi, 40 takombayn, 200 ta tarkama, 15 ta maxsus texnika, 195 ta boshqa texnika va mexanizmlar
2019-2020-yillar
2.
Paxta xomashyosini yetishtirish va dastlabki ishlov berish hamda chigit tayyorlashni tashkil qilish.
3,5
3,0
0,5
7,8 ming tonna paxta tolasi,
12,2 ming tonna chigit
2019-2020-yillar
3.
Paxta tolasini chuqur qayta ishlash, tayyor toʻqimachilik va tikuvchilik buyumlari ishlab chiqaradigan toʻqimachilik kompleksi tashkil etish.
88,2
75,0
13,2
6,6 ming tonna ip,
8 mlnp.m. gazlama,
3 mlnta tayyor buyumlar
2019 — 2021-yillar
4.
Bogʻdorchilik xoʻjaligini tashkil qilish, uning mahsulotlarini qayta ishlash hamda saqlash.
8,2
7,0
1,2
maydoni- 100 ga er, 5,0 ming tonna mahsulotni qayta ishlash va saqlash
2019 — 2022-yillar
5.
Yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish.
4,7
4,0
0,7
2,2 ming tonna yogʻ, 5,6 ming tonna kunjara, 3,8 ming tonna shulxa
2020-2021-yillar
6.
Baliqlarni koʻpaytirish va qayta ishlash kompleksini tashkil qilish.
8,2
7,0
1,2
3,0 ming ga er, 10 ming tonna baliq
2021-2022-yillar
7.
Don ekinlarini chuqur qayta ishlovchi ishlab chiqarishni tashkil qilish.
10,6
9,0
1,6
36,5 ming tonna un, 50 ming tonna ozuqa
2022-2023-yillar
8.
Chorvachilik kompleksini tashkil qilish, sut va goʻsht yetishtirish hamda ularni qayta ishlash.
45,9
39,0
6,9
10 ming bosh qoramol, 2,0 ming tonna goʻsht va goʻsht mahsulotlari, 35 ming tonna sut mahsulotlari
2022-2023-yillar
9.
Chorvachilik kompleksi chiqindilaridan biogaz va biogumus ishlab chiqarishni tashkil qilish.
5,9
5,0
0,9
140 ming tonna biogumus, 4,2 mln m3biogaz
2022-2023-yillar
10.
Sabzavotlar va koʻkatlar yetishtirish boʻyicha zamonaviy issiqxona kompl�ksini tashkil qilish.
14,1
12,0
2,1
20 ga er
2022-2023-yillar
Jami:
217,6
185,0
32,6
* “TST cluster” MChJ muassislarining qaroriga koʻra investitsiya loyihalarining prognoz parametrlariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
** Investitsiya loyihalarining yakuniy parametrlari biznes-rejalarni ishlab chiqish natijalari boʻyicha belgilanadi. Zarurat boʻlganda ularni tuzatish hisobiga kredit ajratish miqdorlari qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 974-son qaroriga 3-ILOVA
2019 — 2022-yillarda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari
Mavjud texnika parkini modernizatsiya qilish va hovuz fondining meliorativ holatini yaxshilash.
3,0
10 ming tonnatovar baliqlar yetishtirish
2019-2020-yillar
2.
Baliqlarni koʻpaytirishning intensiv texnologiyalarini joriy qilish va baliqlar oziqlanadigan oʻsimliklarni zich joylashtirish usullarini qoʻllash hisobiga koʻllar mahsuldorligini oshirish.
2,0
Mahsuldorlik — gektaridan 60 sentner
2019-2020-yillar
3.
Ona baliqlarning yangi zotlarini koʻpaytirish va ona baliqlar sonini 5,0 mingtagacha oshirish, suv hamda baliq holatini tahlil qilish boʻyicha ixtiopatologik va gidrokimyoviy laboratoriyalar tashkil qilish.
0,7
5,0 ming tonna baliqlar
2020-yillar
4.
Baliq mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish:
yarim tayyor mahsulotlar (lahm, nimtalangan goʻsht), quritilgan va dudlangan mahsulot, shuningdek, baliq preservlari;
baliq konservalari ishlab chiqarish;
baliq uni ishlab chiqarish.
1,5
Ishlab chiqarish hajmi — 10 ming tonna, jumladan:
5,0 ming tonna — tirik baliq;
820 tonna — tayyor konservalar;
670 tonna — yarim tayyor mahsulotlar va preservlar;
500 tonna — dudlangan mahsulot;
250 tonna — baliq uni.
2020 — 2022-yillar
5.
Ekoturizm infratuzilmasini, jumladan, mavjud kottejlarni kapital taʼmirlash hamda yangi obyektlarbarpo etish orqaliqayta tiklash va rivojlantirish.
1,0
32 kishiga moʻljallangan 8 ta kottejni rekonstruksiya qilish,
ekoturizmzonasi tashkil qilish, hududlarni obodonlashtirish
2020-2021-yillar
Jami:
8,2
* Kiritilayotgan investitsiyalarning yakuniy qiymati loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgandan soʻng aniqlashtiriladi.