toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrug‘i
Diniy tashkilotlar tomonidan adliya organlariga taqdim etiladigan hisobot shaklini tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3095]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 409-son “O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Diniy tashkilotning faoliyati to‘g‘risida hisobot shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-dekabr,
537-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 3-dekabrdagi 537-mh-son buyrug‘iga
ILOVA


‎‎‎Diniy tashkilotning 20__ yildagi faoliyati to‘g‘risida
‎HISOBOT

___________________________________________________________________________________________________________________(Diniy tashkilot (DT) nomi) ‎

1. DTga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)‎‎‎
2. Qaysi diniy konfessiyaga tegishliligi haqida ma’lumot‎‎
3. DTning rekvizitlari to‘g‘risida ma’lumot‎‎

joylashgan yeri
‎(pochta manzili)‎‎

‎‎joylashgan yeri
‎(pochta manzili)dan foydalanish uchun asos
(o‘z mulkida, ijara, tekinga va boshqa asoslar ko‘rsatiladi)

elektron pochta manzili‎‎

veb-sayti‎‎

telefon
‎raqam(lar)i
(geografik yoki operator kodi ko‘rsatiladi)‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎



‎4. DT rahbari haqida ma’lumot‎‎

F.I.O.‎‎

tug‘ilgan yili‎‎
asosiy ish joyi ‎‎
saylangan (tayinlangan) sanasi‎‎ ‎‎
‎‎5. DT rahbar organi — ______________________________________ ning tarkibi
___________________________________(nomi ko‘rsatiladi)

F.I.O.
‎(dastlab rahbar organiga raislik (rahbarlik) qiluvchi, so‘ng a’zolari ro‘yxati ko‘rsatiladi) ‎‎

asosiy ish joyi

lavozimi

saylangan (tayinlangan) sanasi‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ jami ishlovchi shaxslar soni‎‎ ‎‎
‎‎‎‎6. DTda ishlovchilar haqida ma’lumot*

shundan:‎‎

‎‎asosiy ish joyi bo‘yicha ishlovchi xodimlar soni

‎‎

o‘rindoshlik bo‘yicha ishlovchi xodimlar soni

‎‎

‎‎shartnoma asosida ma’lum loyiha (dastur)ga yoki ishni vaqtincha bajarish uchun jalb qilingan shaxslar soni (hisobot davri davomida)

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎

‎‎jamoatchilik asosida ishlovchi shaxslar soni (hisobot davri davomida)

‎‎‎
‎‎

ishlovchi chet el fuqarolari soni (hisobot davri davomida)‎‎

‎‎
7. DT a’zolarining soni (DT ustavida a’zolik nazarda tutilgan taqdirda ko‘rsatiladi)‎‎ ‎‎
‎‎8. Yagona markaziy boshqaruv organi tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib va yo‘naltirib boriladigan tegishli konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlar soni (mazkur band faqat DTning markaziy boshqaruv organlari tomonidan to‘ldiriladi) ‎‎
9. DT bilan yil davomida hamkorlik qilgan tashkilotlar bo‘yicha ma’lumotlar‎‎

hamkor tashkilot nomi

hamkorlik qilish asoslari (xat, shartnoma, kelishuv, memorandum va boshqalar mavjud bo‘lgan taqdirda ilova qilinadi) ‎‎

‎‎ ‎‎
‎‎10. DT a’zo bo‘lgan xalqaro, chet el va mahalliy tashkilotlar bo‘yicha ma’lumotlar

‎‎tashkilot nomi

manzili‎‎

‎‎ ‎‎
‎‎11. DT ishtirokida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha ma’lumot

tadbirkorlik subyektining nomi ‎‎

tadbirkorlik subyektining STIRi

tadbirkorlik subyektida DTning ulushi (foizda) ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎12. Hisobot davrida tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa materiallar bo‘yicha ma’lumotlar

materiallar nomi‎‎

materiallar turi

adadi‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎13. DTning barcha milliy va xorijiy valyuta hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari aylanmasi bo‘yicha ma’lumotlar (har bir hisobvaraq kesimida alohida ustunda summalar raqam bilan ko‘rsatiladi, hisobvaraqlar soni ustunlar sonidan ko‘p bo‘lganda yangi ustun qo‘shiladi)
‎‎

Bank nomi: ______________, MFO: ________, milliy valyuta hisobvaraq raqami: ______________, hisobvaraq valyutasi: ______________.

Bank nomi: ______________, MFO: ________, xorijiy valyuta hisobvaraq raqami: ______________, hisobvaraq valyutasi: ______________.

14. Hisobot davri boshiga qoldiq mablag‘‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎‎‏15. Hisobot davrida kelib tushgan mablag‘lar miqdori

DTning markaziy boshqaruv organidan (markaziy boshqaruv organi mavjud bo‘lgan taqdirda)‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎diniy rasm-rusumlar va marosimlarni o‘tkazishdan
‎‎tadbirkorlik faoliyatidan
‎‎noshirlik faoliyatidan ‎‎ ‎‎
‎‎homiylardan (xayr-ehsondan) ‎‎ ‎‎
‎‎chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolari yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan ‎‎ ‎‎
‎‎kirish va a’zolik badallaridan (ustavda nazarda tutilgan bo‘lsa) ‎‎ ‎‎
‎‎boshqa manbalardan (turini ko‘rsatgan holda) ‎‎ ‎‎
jami‎‎ ‎‎ ‎‎

16. Hisobot davrida amalga oshirilgan xarajatlar‎‎

xodimlarning ish haqiga‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎asosiy vositalarni (xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan buyumlar, ko‘chmas mol-mulk, avtomotransport vositalari va boshqalarni) xarid qilishga‎

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashga ‎‎ ‎‎
‎‎o‘tkazilgan tadbirlarga ‎‎ ‎‎
‎‎homiylik faoliyatiga (xayr-ehsonga) ‎‎ ‎‎
‎‎xizmat safari, kommunal to‘lovlar, ijara haqi, internet, aloqa, bank xizmatiga ‎‎ ‎‎
‎‎boshqa xarajatlarga (turini ko‘rsatgan holda) ‎‎ ‎‎
‎‎jami ‎‎ ‎‎
17. Hisobot davri oxirida qoldiq mablag‘‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎18. DT tomonidan hisobot davrida chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolari yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan olingan mol-mulklar va ulardan foydalanishi bo‘yicha ma’lumot

DTga mol-mulk ajratgan yuridik shaxs nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.‎‎

mol-mulkning turi‎‎

mol-mulk summasi‎‎

mol-mulkning tarqatilish yoki sarflanish yo‘nalishi‎‎

tarqatilgan yoki sarflangan mol-mulk summasi ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
19. DT balansida bo‘lgan ko‘chmas mol-mulk(lar) haqida ma’lumot‎‎

‎‎DT balansida bo‘lgan ko‘chmas mol-mulk(lar) nomi

DT balansida bo‘lgan ko‘chmas mol-mulk(lar)ning pochta manzili‎‎

‎‎
‎‎20. DT tomonidan amalga oshirilgan loyihalar (dasturlar) haqida ma’lumot

loyiha (dastur) nomi‎‎

loyiha amalga oshirilgan hudud nomi ‎‎

ajratilgan mablag‘ miqdori‎‎

loyiha (dastur) yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot (ilova qilinishi mumkin) ‎‎

donor tashkilot nomi (mavjud bo‘lgan taqdirda) ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎21. Hisobot davrida DT vakillarining DTning faoliyati bilan bog‘liq xorijiy davlatlarga safarlari haqida ma’lumot

‎‎‎‎DT vakilining F.I.O.

xorijiy davlat nomi‎‎‎

‎‎‎‎taklif qilgan yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.�.O. (taklif bo‘yicha borganda) ‎

safar maqsadi

safar sanasi (boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi) ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
22. O‘tkazilgan tadbirlar (konferensiya, seminar, trening, yig‘ilish, aksiya, davra suhbati, uchrashuv va boshqa shakllarda shaxslarni to‘plash) to‘g‘risida ma’lumot

tadbir mavzusi

tadbir o‘tkazilgan joy

tadbir o‘tkazilgan sana (kun, oy, yil) ‎‎

tadbir ishtirok-chilari soni‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎23. DT tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida yuqoridagi bandlarda ko‘rsatilmagan qo‘shimcha ma’lumotlar (ilova qilinishi mumkin)
‎‎
‎‎24. Hisobot davrida DT faoliyatida vujudga kelgan muammolar (mavjud bo‘lgan taqdirda)
25. DT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar (mavjud bo‘lgan taqdirda)‎‎ ‎‎
__
__
Mazkur hisobot shaklida keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlayman.‎‎
__DT rahbari: _________‎ ‎‎ ____________________________‎‎‎___‎

(imzo)‎‎

(M.O‘.)‎‎

(F.I.O.)‎‎

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 10/18/3095/2264-son)