toggle_night_mode
Hujjat 13.01.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 9-iyuldagi PQ-3841-son qarori ijrosini taʼminlash hamda daryolar oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Daryolar oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-dekabr,
981-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Daryolar oʻzanlarini tozalash maqsadida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
Nizom
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom daryolar oʻzanlarini tozalash maqsadida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallarni tayyorlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — elektron savdo platformasi) — elektron onlayn-auksionlarni (keyingi oʻrinlarda auksion deb ataladi) tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaxslarning auksionlar jarayonlaridan operator veb-portali orqali bevosita foydalanish imkoniyatini taʼminlaydigan axborot tizimi;
auksion — elektron savdo platformasi orqali loyihalarni amalga oshirish huquqi realizatsiya qilinadigan auksion;
loyiha tashkilotlari — daryolar oʻzanlarini tozalash ishlarini tashkil etishda ilmiy izlanishlar va hisob-kitoblarga tayangan holda loyihalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan tashkilotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
loyihaning minimal qiymati — loyihani auksionga qoʻyish uchun uni amalga oshirish huquqining qiymati;
operator — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi elektron savdo platformasida auksionlarni tashkil etadigan va oʻtkazadigan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Daryolar oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Daryolar oʻzanlarini tozalashda qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari transport va yoʻl infratuzilmasi obyektlarini, shuningdek, davlat dasturlari, yirik investitsiya loyihalari va davlat ahamiyatiga ega boshqa loyihalar doirasida qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — “Xavfsiz daryo” DUK) va tadbirkorlik subyektlari yoki boshqa tashkilotlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilib, loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar bunday daryo uchastkalari uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqilmagan yoki yakunlanmagan boʻlsa, bunda daryolar oʻzanlarini tozalashda qum-shagʻal materiallarini qazib olish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish ishlarini parallel ravishda olib borilishiga ruxsat beriladi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini toʻlaqonli taʼminlash maqsadida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular oqibatida zararlangan daryolar qirgʻoqlarini va ulardagi dambalarni tiklashga daryo oʻzanlaridan qazib olingan qum-shagʻal materiallari uchun toʻlovlar undirilmaydi. Bunda loyihada belgilangan zaxira qirgʻoqlarni va dambalarni tiklash uchun olingan qum-shagʻal materiallari hajmiga kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalarni aniqlash hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan zaruratga koʻra olib borilgan oʻrganishlar natijalari boʻyicha daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — uchastkalar roʻyxati) shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Daryo oʻzanlarini tozalashda faqat, qirgʻoqlar yuvilishiga hamda yaqin hududlarni suv bosishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan va suv oqimlariga toʻsqinlik qilayotgan oʻzanda yigʻilib qolgan qum-shagʻal materiallari hajmining qazib olinishiga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi besh ish kuni mobaynida uchastkalar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-son qarori bilan tashkil etilgan Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) belgilangan tartibda kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya oʻn ish kuni mobaynida uchastkalar roʻyxatini koʻrib chiqadi, tasdiqlaydi va ijro uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuboradi.
7. “Xavfsiz daryo” DUK besh ish kuni mobaynida tasdiqlangan uchastkalar roʻyxati boʻyicha bosqichma-bosqich har bir uchastkaga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli loyiha tashkilotlariga buyurtma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Loyiha tashkilotlari buyurtmada (shartnomada) koʻrsatilgan muddatda loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi. Loyiha hujjatlarida quyidagilar aks ettiriladi:
loyihaning maqsadi;
qum-shagʻal zaxirasining hajmi;
loyihadan kutiladigan natija;
loyihani amalga oshirish muddati va joyi;
loyihani amalga oshirish joyi joylashgan hududdan kelib chiqqan holda texnik koʻrsatkichlar.
9. Loyiha tashkilotlari tomonidan tayyorlangan loyiha hujjatlarini olgandan soʻng “Xavfsiz daryo” DUK ikki ish kuni mobaynida davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlariga belgilangan tartibda loyiha hujjatlarini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari yigirma ish kuni mobaynida har bir loyiha hujjati boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasini tayyorlaydi va “Xavfsiz daryo” DUKning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Loyihalarni amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish maqsadida auksionga qoʻyish uchun tegishli materiallarni tayyorlash tartibi
11. Loyiha hujjatlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olingandan soʻng “Xavfsiz daryo” DUK ikki ish kuni mobaynida loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun tegishli materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun tegishli materiallarni tayyorlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
loyihaning minimal qiymatini aniqlash;
loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qoʻyish toʻgʻrisida “Xavfsiz daryo” DUK direktori buyrugʻini ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash.
13. Loyihani amalga oshirish huquqining minimal qiymati loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish, loyihaning amalga oshirilishini monitoring qilish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini daryo oʻzanlarini tozalash ishlariga jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlardan kelib chiqib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
N = (L + E + M) x S, bunda:
N — loyihani amalga oshirish huquqining minimal qiymati;
L — loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar;
E — loyiha hujjatlariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olishga sarflanadigan mablagʻlar;
M — loyihaning amalga oshirilishini monitoring qilish bilan bogʻliq xarajatlar, bunda ushbu qiymat loyihani amalga oshirish huquqini auksionga qoʻyish kunida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 100 baravarida belgilanadi;
S — qoʻshilgan qiymat soligʻi, S= 1,15.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlaridagi uchastkalarda loyihani amalga oshirish huquqining minimal qiymatini hisoblashda 0,1 pasaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.
14. Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qoʻyish toʻgʻrisidagi buyruq “Xavfsiz daryo” DUK direktori tomonidan imzolanadi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
loyihani amalga oshirish huquqini auksionga qoʻyish uchun asos;
loyihani amalga oshirishdan belgilangan maqsad;
loyihaning oʻziga xos raqami, uni amalga oshirish joyi va muddati;
loyiha boʻyicha qum-shagʻal zaxirasining hajmi;
loyihaning minimal qiymati (boshlangʻich narxi);
loyihani amalga oshirish huquqi egasining majburiyatlari, shu jumladan, davlat ekologik ekspertizasi xulosasida qayd etilgan majburiyatlar;
loyihani amalga oshirish shartlari va tartibi toʻgʻrisida axborot.
15. Loyiha hujjatlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olingandan soʻng “Xavfsiz daryo” DUK ikki ish kuni mobaynida operatorga loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani (keyingi oʻrinlarda — buyurtma) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Buyurtma “Xavfsiz daryo” DUK direktorining elektron imzosi bilan tasdiqlanadi va operatorga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Buyurtmaga quyidagilar elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilinadi:
a) “Xavfsiz daryo” DUK direktorining loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qoʻyish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) daryo oʻzanlaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlarini olib borish boʻyicha tayyorlangan loyiha annotatsiyasi;
v) davlat ekologik ekspertizasi xulosasi;
g) “Xavfsiz daryo” DUK va auksion gʻolibi bilan tuziladigan shartnoma loyihasi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) google xaritada loyihani amalga oshirish joyi (koordinatali nuqtalari bilan);
e) loyihani amalga oshirish joyining fotosurati (15x20 sm).
18. Buyurtmaga mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmaganda yoki ular tegishli ravishda rasmiylashtirilmaganda, operator buyurtmani olgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan buyurtmani bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklarni koʻrsatgan holda “Xavfsiz daryo” DUKga qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Xavfsiz daryo” DUK operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni besh ish kuni mobaynida bartaraf etib, buyurtmani mazkur Nizomning 17-bandi talablariga muvofiq takroran operatorga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. “Xavfsiz daryo” DUK taqdim etgan hujjatlar mazkur Nizomning 17-bandi talablariga muvofiqligi yuzasidan operator tasdigʻidan soʻng:
Keyingi tahrirga qarang.
bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida loyihani amalga oshirish huquqi auksionga qoʻyilishi toʻgʻrisidagi axborotni tarqatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga loyihani amalga oshirish huquqi auksionga qoʻyilishi haqidagi axborotni yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tadbirkorlik subyektlarini auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir choralarni koʻradi, shu jumladan, “Xavfsiz daryo” DUKdan olingan hujjatlar va axborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtma joylashtiriladigan internet jahon axborot tarmogʻidagi manziliga tayangan holda, oʻz rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni elektron savdo platformasida realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom.
4-bob. Auksion natijalari boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi
22. Auksion gʻolibi tomonidan obyekt qiymati toʻliq toʻlangandan soʻng bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Bunda ushbu auksion obyekti boʻyicha avval toʻlangan zakalat puli auksion obyektining 100 foiz qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.
23. “Xavfsiz daryo” DUK operatordan auksion natijalari haqidagi bayonnomani olgandan soʻng va loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan pul mablagʻlari tushgach, oʻn ish kun mobaynida:
Keyingi tahrirga qarang.
auksion gʻolibi bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksi III boʻlimining 2-kichik boʻlimi.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga auksion gʻolibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi “Xavfsiz daryo” DUKdan olingan auksion gʻolibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uch ish kuni mobaynida oʻz rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlarni yoʻnaltirish
25. Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari operatorning maxsus hisobvaragʻida yigʻiladi va auksion gʻolibi tomonidan obyekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun toʻlov summalari chegirilgandan keyin qolgan pul mablagʻlari “Xavfsiz daryo” DUKning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Kelib tushgan pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 9-iyuldagi PQ-3841-son qarorida va “Xavfsiz daryo” DUKning Ustavida belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Shartnomada loyihani amalga oshirish shartlari, shu jumladan, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish, davlat ekologik ekspertizasi xulosasida nazarda tutilgan talablarga rioya etish toʻgʻrisidagi majburiyatlar, shuningdek, ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari koʻrsatiladi.
Bunda shartnomaga auksionni oʻtkazish haqidagi xabarnomada avval nazarda tutilmagan talablar va majburiyatlarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
27. Auksion gʻolibi shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarga rioya etmagan holatlarda, ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shartnoma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
28. Daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari yer uchastkalarini ajratmagan xolda mavsumiy amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Tadbirkorlik subyektlari har yili bir marta yillik qazib olingan foydali qazilmalar hajmlari toʻgʻrisida belgilangan tartibda marksheyderlik xulosasini tuzadilar va Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish hududiy inspeksiyalariga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
30. “Xavfsiz daryo” DUK doimiy ravishda:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi xodimlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda, daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganadi;
Keyingi tahrirga qarang.
shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shagʻal materiallari hajmining hisobini yuritadi.
31. Auksion gʻolibi tomonidan loyihani amalga oshirish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi “Xavfsiz daryo” DUK tomonidan nazorat qilinadi va bu haqda har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hisobot beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Daryolar oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Daryolar oʻzanlarini tozalash maqsadida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallarni tayyorlash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Davlat gyeologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

Daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda uchastkalar roʻyxati deb ataladi) shakllantiradi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Uchastkalar roʻyxati Toshqin suvlar va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasiga belgilangan tartibda kiritadi.

5 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Toshqin suvlar va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasi

Uchastkalar roʻyxatini koʻrib chiqadi, tasdiqlaydi va ijro uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuboradi.

10 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Favquloddavaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” DUK (keyingi oʻrinlarda “Xavfsiz daryo” DUK deb ataladi)

Tasdiqlangan uchastkalar roʻyxati boʻyicha bosqichma-bosqich har bir uchastkaga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli loyiha tashkilotlariga buyurtma beradi.

5 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Loyiha tashkilotlari

Loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi.

Shartnomaga muvofiq

6-bosqich

“Xavfsiz daryo” DUK

Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlariga belgilangan tartibda loyiha hujjatlarini taqdim etadi.

2 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari

Har bir loyiha hujjatlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasini tayyorlaydi va “Xavfsiz daryo” DUK vakiliga ishonchnoma asosida topshiradi.

20 ish kuni mobaynida

8-bosqich

“Xavfsiz daryo” DUK

Loyihani amalga oshirish huquqiniauksionda realizatsiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUKga (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) elektron buyurtma beradi.

2 ish kuni mobaynida

9-bosqich

Operator

Oʻtkazilgan auksion natijalari haqidagi bayonnomani “Xavfsiz daryo” DUKga taqdim etadi va oʻz veb-portaliga axborotni kiritadi.

1 ish kuni mobaynida

10-bosqich

“Xavfsiz daryo” DUK

Auksion gʻolibi bilan shartnoma tuzadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitalariga auksion gʻoliblari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etadi.

3 ish kuni mobaynida

11-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat gyeologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

“Xavfsiz daryo” DUKdan olingan auksion gʻoliblari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.

3 ish kuni mobaynida

12-bosqich

“Xavfsiz daryo” DUK, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat gyeologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

Joylarga chiqqan holda, daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganadi.

doimiy ravishda

13-bosqich

“Xavfsiz daryo” DUK

Shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shagʻal materiallarining hisobini yuritadi.

doimiy ravishda

Keyingi tahrirga qarang.
Daryolar oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksion tashkil qilish haqida
‎ELEKTRON BUYURTMA

20___ yil “____” ______da ________ “Xavfsiz daryo” DUK va “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK oʻrtasida tuzilgan ____-son shartnomaga muvofiq, shuningdek, “Xavfsiz daryo” DUK direktorining 20___ yil “_____” _________ dagi buyrugʻiga binoan “Xavfsiz daryo” DUK quyidagi loyihani amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:
‎1. Loyihaning oʻziga xos raqami _________________________________________________________________;
‎2. Loyihani amalga oshirish joyi _______________________________________________________________;
‎3. Belgilangan maqsad _________________________________________________________________________;
‎4. Loyiha boʻyicha qum-shagʻal zaxirasining hajmi ___________________________________________________;
‎5. Loyihaning minimal qiymati (boshlangʻich narxi) (soʻmda) __________________________________________;
‎6. Elektron onlayn-auksion gʻolibining majburiyatlari:
‎6.1. Loyihani amalga oshirish muddati ___________________________________________________________;
‎6.2. Loyihani amalga oshirish huquqi egasiga davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga muvofiq qoʻyiladigan talablar:___________________________________________________________________________________;
‎6.3. Shartnoma shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar _______________________________________;
‎7. Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan bank rekvizitlari:
‎Bank nomi ‎__________________________________________________________________________________;
‎Bank MFO __________________________________________________________________________________;
‎Bank hisobvaragʻi _____________________________________________________________________________;
‎8. “Xavfsiz daryo” DUKning manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar).

Buyurtma 20 ___ yil “____” _______________ da taqdim etildi.
‎“Xavfsiz daryo” DUK direktori ____________________________________

(F.I.O.)

ERI‎
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 818-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 12-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish”;
b) 13-bandga quyidagi mazmundagi “m” kichik band bilan qoʻshilsin:
“m) daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
daryolar oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal qazib olish ishlarini olib borish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ular boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olishni taʼminlaydi;
daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganib boradi;
shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shagʻal materiallari hajmining hisobini yuritadi;
daryolar oʻzanlarida toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyxati tayyorlanishini taʼminlaydi;
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlarini amalga oshiradi”;
v) 14-bandning toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“avariya-qutqaruv texnikalarini yaratish, avariyalar va halokatlardan jabrlangan aholi va hududlarni reabilitatsiya qilish ishlarini olib borishda ishlarni bajaruvchilar (firmalar), chet ellik ish bajaruvchilar bilan, shuningdek, Vazirlik zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qarori bilan tasdiqlangan Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Daryolar oʻzanlarini toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallaridan tozalash FVV, Davlat ekologiya qoʻmitasi hamda Davlat geologiya qoʻmitalari xodimlari tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son; 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son; 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)