toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2018-yil 1-noyabrdagi PQ-3991-son qarori ijrosini sifatli va belgilangan muddatlarda taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
2019-yilda Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va oʻz muddatlarida bajarilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-noyabr,
960-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 960-son qaroriga
1-ILOVA
Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Xalqaro hunarmandchilik festivalini (keyingi oʻrinlarda Festival deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻtkaziladi:
Sharq va Gʻarbni tutashtirgan Buyuk Ipak yoʻlini ochib bergan, barcha xalqlarni bozor iqtisodiyotida azaldan muhim hisoblangan hunarmandchilikni keng targʻib qilish, hunarmandchilik anʼanalari va maktablarini saqlash, qayta tiklash, bu sohadagi ilmiy oʻrganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, oʻzaro tajriba almashish va mahorat darslari tashkil etish, ushbu sohadagi iqtidorli hunarmandlarni ragʻbatlantirish;
hunarmandchilik tarixi, maktabi va uslublari hamda mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi oʻrnini mukammal oʻrganish, qadimiy hunarmandchilik va amaliy sanʼatga oid qoʻlyozma va sir-asrorlarni toʻplash, yosh avlod qalbida hunarmandchilik sanʼatiga boʻlgan qiziqishlarni shakllantirish;
hunarmandchilik yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish, hunarmandchilikning sharq va gʻarb madaniyati, iqtisodiyotidagi oʻrni hamda ahamiyatini yanada oshirish, oʻzbek xalqi hamda boshqa xalqlarning hunarmandchilik anʼanalarini qamrab olish, ular bilan ilmiy, ijodiy muloqotlar oʻtkazish va hamkorlik qilish.
3. Festival 2019-yildan boshlab, har ikki yilda bir marotaba sentabr oyida Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida oʻtkaziladi.
Festivalni oʻtkazishning aniq sanasi va vaqti Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda Tashkiliy qoʻmita deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
4. Festival Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va Fargʻona viloyat hokimligi tomonidan (keyingi oʻrinlarda tashkilotchilar deb ataladi) tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
2-bob. Festivalni oʻtkazish tartibi va shartlari
5. Festival doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
“Hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi oʻrinlarda ilmiy-amaliy konferensiya deb ataladi);
hunarmandlarning koʻrik-tanlovi (keyingi oʻrinlarda koʻrik-tanlov deb ataladi);
xorijiy va mahalliy hunarmand ustalarning mahorat darslari;
sayillar, mamlakatimizning zamonaviy va kreativ usulda sahnalashtirilgan dastur namoyishlari;
hunarmandchilik tarixiga oid koʻrgazma, turli tillarda nashr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlari hamda ilmiy-maʼrifiy adabiyotlar namoyishi;
Festival koʻrik-tanlovi gʻoliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi va gala-konsert.
6. Davlat tili, ingliz va rus tillari Festivalning ishchi tillari hisoblanadi.
7. Festivalga Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan hayʼat aʼzolari va ishtirokchi sifatida har bir mamlakatdan 15 nafargacha ijodiy delegatsiya (12 nafargacha hunarmandlar va 3 nafargacha tashkiliy guruh aʼzolari) taklif etiladi va ularning yashash, ovqatlanish, Oʻzbekistonga kelib-ketish (uchinchi davlat orqali uchishlari ham), ichki transport va yoʻl xarajatlari ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Festivalda oʻz hisobidan ishtirok etish istagini bildirgan (ijodiy delegatsiyaning 15 nafargacha aʼzolaridan tashqari) hunarmandchilik va amaliy sanʼat ijodkorlari, taniqli olimlar, mutaxassislar va faxriy mehmonlar tashkilotchilar takliflari asosida qatnashishi mumkin.
8. Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishni istagan mutaxassislar ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladigan sanadan uch oy avval Tashkiliy qoʻmitaga quyidagi materiallarni taqdim etadilar:
maʼlumotnoma (rezyume);
3 dona 6x9 oʻlchamdagi rangli fotosurat;
ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchisining hajmi 4-5 betdan va 300 soʻzdan kam boʻlmagan maʼruzasi matni (ingliz yoki rus tillarida).
9. Koʻrik-tanlovda ishtirok etishni istagan hunarmandlar koʻrik-tanlov oʻtkaziladigan sanadan uch oy avval Tashkiliy qoʻmitaga quyidagi materiallarni taqdim etadilar:
maʼlumotnoma (rezyume);
3 dona 6x9 oʻlchamdagi rangli fotosurat;
hunarmandchilik sohasida yetarli tajribaga ega ekanligi, oʻz davlatida yoki boshqa davlatlarda oʻtkazilgan sohaga oid tanlov va festivallarda ishtirok etganligi toʻgʻrisida tegishli soha tashkilotlarining tavsiyanomasi;
oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarning 10 donadan kam boʻlmagan fotosuratlari va ularni ishlab chiqarish jarayonlari aks ettirilgan videolavhalar.
10. Koʻrik-tanlov va ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etuvchilarning roʻyxati Tashkiliy qoʻmita tomonidan aniqlanib, Festival oʻtkaziladigan sanadan bir oy avval ishtirokchilarga maʼlum qilinadi.
11. Festivalni tayyorlash va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
Oldingi tahrirga qarang.
50 foizi — Fargʻona viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3-bob. Xalqaro hayʼat faoliyatini tashkil etish
12. Koʻrik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholash uchun Tashkiliy qoʻmita tomonidan yetti kishidan iborat tarkibda xalqaro hayʼat tuziladi.
Xalqaro hayʼat tarkibiga yuqori malakali mutaxassislar, taniqli sanʼat va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari taklif etiladi.
Xalqaro hayʼat aʼzolari Xalqaro hayʼat raisini saylaydi.
Xalqaro Hayʼat raisiga va hayʼat aʼzolarining har biriga — 2000 AQSH dollari miqdorida gonorar puli toʻlanadi.
13. Quyidagilar koʻrik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholashda asosiy mezon hisoblanadi:
hunarmandchilik mahsulotlarining anʼanaviy milliy xususiyatlari;
hunarmandchilik yoʻnalishining jozibasi va tarovati, oʻziga xos uslub va maktabga egaligi;
hunarmandchilik mahsulotining tarixiy ildizga egaligi hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotmaganligi.
Xalqaro hayʼat tomonidan koʻrik-tanlov ishtirokchilarining mahsulotlari koʻrgazmasi va mahorat darslari 5 ta nominatsiya (“Eng yaxshi hunarmand”, “Eng yosh hunarmand”, “Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi”, “Qadimiy sulola davomchisi” va “Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand”) boʻyicha baholanadi.
Koʻrik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholash mezonlari Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi tomonidan manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi hamda Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Mukofotlash tartibi
14. Festival doirasida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov gʻoliblari Tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom, haykalcha va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
“Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi boʻyicha — 15 000 AQSH dollari;
“Eng yosh hunarmand” nominatsiyasi boʻyicha — 10 000 AQSH dollari;
“Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi” nominatsiyasi boʻyicha — 10 000 AQSH dollari;
“Qadimiy sulola davomchisi” — 5 000 AQSH dollari;
“Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand” — 5 000 AQSH dollari.
15. Tashkilotchilar, ijodiy uyushmalar, jamgʻarmalar va boshqa tashkilotlar hayʼat aʼzolari va muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan mohir hunarmandlarni taqdirlash uchun mustaqil ravishda maxsus mukofotlar taʼsis etishlari mumkin.
Festivalning har bir ishtirokchisiga Xalqaro hunarmandchilik festivali ishtirokchisi sertifikati beriladi.
5-bob. Tashkilotchilarning huquqlari
16. Tashkilotchilar:
Festivalni oʻtkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
Festivalda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Tashkiliy qoʻmitaga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanish;
Festivalga jahondagi yetakchi prodyuser, menejerlarni va soha mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Festivalning xorijlik ishtirokchisi oʻz tibbiy sugʻurtasiga ega boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Festivalni tashkil etish va oʻtkazish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining maqsadli ishlatilishini va toʻgʻri toʻlanishini nazorat qiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 960-son qaroriga
2-ILOVA
2019-yilda Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi

I. Tashkiliy masalalar

1.

2019-yilning 10 — 15-sentabr kunlari Qoʻqon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmitaning yigʻilishini oʻtkazish.

1. Ushbu chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar, hokimliklar boʻyicha masʼul ijrochilarni belgilash, moliyalashtirish manbalarini aniqlash masalalarini muhokama qilish yuzasidan Tashkiliy qoʻmitaning yigʻilishini oʻtkazish.

2. Festival doirasida:

ishtirokchilarni kutib oluvchi va kuzatuvchi;

ishtirokchilarni mehmonxonaga joylashtiruvchi va transport bilan taʼminlovchi;

ishtirokchilarni ovqatlantirishni tashkil etuvchi;

tadbirlarni ommaviy-axborot vositalarida yorituvchi;

madaniy dam olishni tashkil etuvchi;

tarjimonlar va volontyorlar bilan ishlarni tashkil qiluvchi guruhlar tuzish.

2018-yil
dekabr

Tashkiliy qoʻmita aʼzolari

A. Abduhakimov,
J. Qoʻchqorov,
A. Djurabayev,
R. Gulyamov

2018-yil

dekabr

Fargʻona viloyati hokimligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

A. Abduhakimov,
J. Qoʻchqorov,
A. Djurabayev,
R. Gulyamov

2.

Festival oʻtkaziladigan joyni tayyorlash (Qoʻqon shahridagi Xudoyorxon Oʻrdasi atrofidagi bogʻ hududidan kamida 17 gektar).

1. Festival oʻtkaziladigan joyni (shu jumladan bino-inshootlarni) belgilash toʻgʻrisida Fargʻona viloyati hokimining tegishli qarorini qabul qilish.

Bunda Festivalda ishtirok etadigan mahalliy (respublikaning 14 ta hududi boʻyicha har biriga alohida) hamda xorijlik hunarmandlar uchun alohida pavilyonlar tashkil etishni, shuningdek, koʻngilochar tadbirlar, ovqatlanish shoxobchalari, avtoturargohlar va eko-hojatxonalar uchun alohida joy ajratishni nazarda tutish.

2. Nufuzli landshaft dizaynerlarini jalb qilgan holda Festival doirasida Qoʻqon shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.

3. Festival oʻtkaziladigan hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va uzluksiz taʼminotini taʼminlash, shu jumladan tungi yoritish chiroqlari ustunlarini tartibga keltirish.

2018-yil
dekabr

Fargʻona viloyat hokimligi

Fargʻona viloyati hokimligi

Fargʻona viloyati hokimligi,

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ

A. Ramatov,

M. Jumaniyazov,

R. Gulyamov,

I. Maxkamov,

B. Sidiqov

2018-2019-yillar


2018-2019-yillar

3.

Festival ishtirokchilarini mehmonxonalar bilan taʼminlash.

1. Qoʻqon shahri va unga chegaradosh tuman (shahar)larda mavjud mehmonxonalardagi oʻrinlar sonini xatlovdan oʻtkazish.

2. Mehmonxonalarda mehmonlarni qabul qilish quvvati yetarli boʻlmagan (shahar, tuman miqyosida jami 2500 oʻrindan kam) taqdirda tashabbuskorlarni jalb qilgan holda Qoʻqon, Margʻilon, Rishton, Fargʻona shaharlarida 8 — 50 oʻrinli yangi mehmonxonalar qurilishini taʼminlash, ushbu shaharlarda kamida 100 tadan mehmon uylari tashkil qilish.

2018-yil dekabr

Fargʻona viloyati hokimligi,

vazirlik va idoralar, tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari

A. Ramatov,

M. Jumaniyazov,

R. Gulyamov,

I. Maxkamov,

B. Sidiqov


2018-2019-yillar

4.

Festivalning ramzi (logotipi)ni tayyorlash.

1. Festivalning ramzi (logotipi) boʻyicha tanlov eʼlon qilish va hakamlar hayʼati roʻyxatini tasdiqlash.

2. Festival brendbuki va pamfletini ishlab chiqish.

2018-yil dekabr

Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Milliy teleradiokompaniya, Oʻzbekiston matbuot va axborat agentligi

A. Abduxakimov,

K. Rizayev,

R. Gulyamov,

A. Djurabayev


2019-yil yanvar

5.

Festival davomida Qoʻqon shahrida umumiy ovqatlanish xizmatlari toʻlaqonli koʻrsatilishini taʼminlash.

1. Qoʻqon shahridagi mavjud umumiy ovqatlanish korxonalarining mehmonlarni qamrab olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.

2. Zamon talablari asosida milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash, zaruratga koʻra, yangi kafe va restoranlar tashkil qilish choralarini koʻrish.

2018-yil dekabr

Fargʻona viloyati hokimligi,

vazirlik va idoralar, tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari

A. Ramatov,

M. Jumaniyazov,

R. Gulyamov,

I. Maxkamov

2018-2019-yillar

6.

Festival davomida taksi xizmatlarini uzluksiz taʼminlash.

1. Qoʻqon shahridagi barcha taksi xizmati koʻrsatuvchi korxonalar parkini xatlovdan oʻtkazish, ularning texnik tayyorgarlik holatini oʻrganib chiqish.

2. Zaruratga koʻra Fargʻona viloyatining boshqa hududlaridan Qoʻqon shahriga taksi xizmati koʻrsatuvchilarni safarbar qilish.

3. Tashabbuskorlarning taklifiga binoan ularga yoʻlovchi tashish transportlarini imtiyozli shartlarda sotib olishga (shu jumladan kredit, lizing asosida olishga) koʻmaklashish.

2018-2019-yillar

Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi

A. Ramatov,

M. Jumaniyazov,

R. Gulyamov,

I. Maxkamov

Festival kunlari


belgilangan muddatlarda

7.

Mahalliy temir yoʻllar bekatlari va aeroportlarda mehmonlarni munosib kutib olish va kuzatish.

1. Xorijdan tashrif buyuradigan Festival ishtirokchilarini mahalliy temiryoʻl bekatlari va aeroportlarda kutib olish va kuzatish boʻyicha maxsus shtablar tashkil qilish.

2. Mehmonlarni kutib olish joylarida Festival toʻgʻrisida maʼlumotnomalarni oʻrnatish;

3. Festival kunlari Toshkent, Fargʻona shaharlari va Qoʻqon oʻrtasida shatl poyezdlari katnovini yoʻlga qoʻyish.

4. Festivalga moʻljallangan alohida yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish.

Festival kunlari

Fargʻona viloyati hokimligi,
Savdo-sanoat palatasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK,

turistik tashkilotlar

A. Ramatov,

I. Maxkamov,
R. Gulyamov

8.

Festival doirasida xavfsizlikni taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatishni tashkillashtirish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish choralarini koʻrish.

Festival ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saklash, tez tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish choralarini koʻrish.

Festival kunlari

Ichki ishlar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi

A. Ramatov,

K. Rizayev,

X. Berdibayev,

R. Gulyamov

II. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar

9.

Festivalni yuqori saviyada yoritish maqsadida Festival saytini yaratish.

Festival saytini yaratish va OAV sifatida rasmiy roʻyxatdan oʻtkazgan holda unda uch tildagi axborotlarni muntazam yoritib borish.

Bunda, Festivalda ishtirok etishni istagan xorijiy davlatlar hunarmandlarining ushbu sayt orqali onlayn tarzda ariza topshirishlari va roʻyxatdan oʻtishlari uchun imkoniyat yaratish.

2018-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi

A. Abduxakimov,

S. Abdullayev,

R. Gulyamov

10.

Festival toʻgʻrisida targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish.

1. Festivalni targʻib etuvchi kamida 3 ta reklama roligini tayyorlash va barcha mahalliy telekanallarda muntazam namoyish qilish.

2. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik idoralarini festivalni targʻib qiluvchi foto va videomateriallar bilan taʼminlash, shuningdek, chet el OAVlari orqali sayyohlarni va hunarmandlarni festivalda ishtirok etishga undovchi targʻibot materiallarini namoyish etish.

3. Xorijlik sayyohlarning ekskursiya marshrutiga ushbu festivalni kiritish.

2018-2019-yillar

Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

A. Abduxakimov,

R. Gulyamov,

D. Kalandarov,

M. Jumaniyazov

11.

Festivalda milliy hunarmandchilik namunalarining keng taqdimotini tashkil qilish uchun sharoitlar yaratish.

1. Har bir hududning oʻziga xos milliy hunarmandchiligi va madaniy hayotini aks ettiruvchi hunarmandlar shaharchalari maketini tayyorlash.

2. Respublikaning har bir (14 ta) hududidan kamida 60 nafardan hunarmandlar ishtirokini taʼminlash.

3. Festival uchun ajratilgan maydon hududida rassomlar xiyoboni tashkil etish va Festival ishtirokchilariga mahorat darslarini namoyish etish.

4. Respublikaning barcha tuman (shahar)larida festival reklamasini tashkil etish (billbord, LED panellar, transport vositalarida va yerosti oʻtish joylarida, yirik savdo markazlarida).

Festival kunlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi

A. Ramatov,

A. Abduxakimov,

R. Gu�yamov,

M. Jumaniyazov

12.

Xorijlik mehmonlarni Oʻzbekistonning madaniy-maʼrifiy hayoti bilan tanishtirish.

1. Xorijlik Festival ishtirokchilari va mehmonlarni shaharning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya marshrutini ishlab chiqish va shu marshrutga kiritilgan joylarni taʼmirlash va tayyorlash.

2. Xalqimizning madaniy va tarixiy hayoti, hunarmandlar turmush tarzini oʻzida aks ettiruvchi teatrlashtirilgan ochilish va yopilish marosimlari va konsert dasturlari ssenariysini tayyorlash hamda ssenariylarni yozish va sahnalashtirish jarayonlariga tajribali rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, teatr namoyondalari, sanʼat va madaniyat arboblari jalb etilishini taʼminlash.

3. Oʻzbekiston hunarmandchiligi va amaliy sanʼatining tarixi va bugunini aks ettiruvchi maxsus hujjatli filmni suratga olish va barcha milliy telekanallar orqali uch tilda namoyish etish.

Festival kunlari

Madaniyat vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi,
Tashqi ishlar vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

A. Abduxakimov,

A. Djurabayev,

M. Jumaniyazov,

R. Gulyamov

13.

Festival kunlari bepul WI-FI hududlarini tashkil etish.

Festival oʻtkaziladigan hududda bepul WI-FI tashkil etish.

Festival kunlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi

A. Abduxakimov,

S. Abdullayev,

R. Gulyamov

III. Festival tadbirlarini moliyalashtirish

14.

Festivalni oʻtkazish xarajatlarini moliyalashtirish.

1. Festival xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Tashkiliy qoʻmitaga kiritish.

2. Tasdiqlangan smeta asosida xarajatlar uchun mablagʻlarni oldindan toʻlash choralarini koʻrish.

3. Belgilangan tartibda muayyan tadbirlarni moliyalashtirishga davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish.

2018-yil dekabr

Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand uyushmasi”,

Fargʻona viloyati hokimligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

J. Qoʻchqorov,
R. Gulyamov
A. Djurabayev,

M. Jumaniyazov


Festivalga tayyorgarlik koʻrish davomida

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/960/2236-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)