Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Elektr energetika tarmogʻi korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Toshkent shahrida “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsiya markazi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3833-son
qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5044-son Farmoni 5-bandining
toʻrtinchi xatboshidagi “isteʼmolchilar” degan soʻz “isteʼmolchi jismoniy shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi “2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” PQ-2947-son qarori 11-bandining
uchinchi xatboshidagi “isteʼmolchilar” degan soʻz “isteʼmolchi jismoniy shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-3310-son qarorining ilovasi rus tilidagi matnida 6-bandning “d” kichik bandi
toʻrtinchi xatboshidagi “potrebiteley” degan soʻz “potrebiteley-fizicheskix lits” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3326-son
qarorida:
b)
2 va
3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3542-son qarorining rus tilidagi
matnida:
“AO “NVK “Uzekspotsentr”” bloki chiqarib tashlansin;
“AO “Xalkaro Hamkorlik Markazi”” bloki chiqarib tashlansin;
“GP RXVO “Interservis” (gostinitsa “International Notel Tashkent”)” bloki chiqarib tashlansin;
“AO “NVK “Uzekspotsentr”” bloki chiqarib tashlansin;
“AO “Xalkaro Hamkorlik Markazi”” bloki chiqarib tashlansin;
“GP RXVO “Interservis”” bloki chiqarib tashlansin.