Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi toʻgʻrisida””gi
Farmoniga asosan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi tugatilganligi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 920-son qarori bilan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom tasdiqlanganligi, shuningdek Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom (roʻyxat raqami 2070, 2010-yil 20-yanvar) amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2009-yil 25-dekabrdagi 4-son “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining (roʻyxat raqami 2070, 2010-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 26-modda)
18-bandi va
ilovasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan” da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.