toggle_night_mode
Hujjat 21.11.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-noyabr,
934-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxs oʻxshashligi raqamini (shaxsiy kodini) aniqlash tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 31-maydagi 200-son qarorida:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibi toʻgʻrisida”;
b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibi”;
1-banddagi “Shaxs oʻxshashligi raqami” soʻzlari “Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxs oʻxshashligi raqami (shaxsiy kodi)” soʻzlari “Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-maydagi 120-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 37-modda) quyidagi mazmundagi 231-band qoʻshilsin:
“231. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo elektron hamkorlik tizimlarida davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida ariza beruvchilarni identifikatsiya qilish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlari — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamidan foydalaniladi.
Idoralararo elektron axborot almashinuvida boshqa identifikatorlardan foydalanish, ariza beruvchilardan boshqa identifikatorli qoʻshimcha hujjatlar talab qilish taqiqlanadi.”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 108-modda):
quyidagi mazmundagi 161-band qoʻshilsin:
“161. Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonidagi idoralararo elektron hamkorlik qilishda jismoniy va yuridik shaxslarning boshqa identifikatorlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.”;
19-banddagi “mavjud boʻlgan maʼlumotlarni” soʻzlaridan keyin “hamda boshqa identifikatorli qoʻshimcha hujjatlarni” soʻzlari qoʻshilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 5-modda):
quyidagi mazmundagi 2-111 pozitsiya qoʻshilsin:

2-111.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):



”;

quyidagi mazmundagi 7-111 pozitsiya qoʻshilsin:

7-111.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):



”;

“7-izoh” pozitsiyasining 2-kichik bandidagi “7-11” raqami “7-111” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 9-161 pozitsiya qoʻshilsin:

9-161.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):



”;

quyidagi mazmundagi 1-19, 1-19-1, 1-19-2 va 1-20 pozitsiyalar qoʻshilsin:

1-19.

Direktor (direktor funksiyalarini bajaruvchi shaxs) (F.I.O):

1-19-1.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):

1-19-2.

Pasport maʼlumotlari (seriya, raqam, berilgan sana, kim tomonidan berilgan):

1-20.

Soliq solish tizimi:

Soddalashtirilgan

Umumiy

;

quyidagi mazmundagi 3-41 pozitsiya qoʻshilsin:

3-41.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):



”;

“2-izoh” pozitsiyasining 1-kichik bandidagi “3-4-bandlar” soʻzlari “3-41-bandlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 10-3-61 pozitsiya qoʻshilsin:

10-3-61.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):



”;

quyidagi mazmundagi 10-4-81 pozitsiya qoʻshilsin:

10-4-81.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):



”;

quyidagi mazmundagi 7-111 pozitsiya qoʻshilsin:

7-111.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):



”;

“6-izoh” pozitsiyasining 2-kichik bandidagi “7-11 gacha” soʻzlari “7-111 gacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 9-151 pozitsiya qoʻshilsin:

9-151.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):



”;

“6-3-3” raqami “5-3-3” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 5-3-31 pozitsiya qoʻshilsin:

5-3-31.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):



”;

quyidagi mazmundagi 5-4-31 pozitsiya qoʻshilsin:

5-4-31.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):



”;

quyidagi mazmundagi 11-3-61 pozitsiya qoʻshilsin:

11-3-61.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):



”;

quyidagi mazmundagi 11-4-81 pozitsiya qoʻshilsin:

11-4-81.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):



”;

5-bandning “b” kichik bandiga quyidagi tahrirdagi oʻn oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlganda).”;
oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar tegishincha oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
13-bandning “b” kichik bandiga quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlganda);”;
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-maydagi 284-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 20-son, 364-modda) 4-ilovaning 9-bandi “a” kichik bandida:
ikkinchi xatboshidagi “tashkiliy-huquqiy shakli,” soʻzlaridan keyin “soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami,” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshidagi “oid maʼlumotlari” soʻzlaridan keyin “, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlganda)” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 25-son, 548-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
11-bandning ikkinchi xatboshidagi “tashkiliy-huquqiy shakli,” soʻzlaridan keyin “soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami,” soʻzlari qoʻshilsin;
12-banddagi “hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga” soʻzlari “hujjatlarni, shu jumladan boshqa identifikatorli qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga hamda idoralararo axborot almashinuvida boshqa identifikatorlardan foydalanishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 40-son, 1056-modda):
a) 1-ilovaning 9-bandi uchinchi xatboshidagi “raqami (STIR),” soʻzlaridan keyin “jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR),” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi 2-1-4 pozitsiya qoʻshilsin:

2-1-4

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):

”;

quyidagi mazmundagi 17-5-71 pozitsiya qoʻshilsin:

17-5-71

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda):


”;

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 13.04.2022-y., 09/22/177/0299-son)