1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish hajmlarini koʻpaytirish, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xoʻjaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, haqiqiy ahvol tahlili meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va xorijiy davlatlarga eksport qilishda issiqxona xoʻjaliklarining salohiyatidan toʻlaqonli foydalanishga toʻsqinlik qilayotgan muammolar saqlanib qolayotganidan dalolat bermoqda.
Xususan, issiqxona komplekslari ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy quvvatlarning mavjud emasligi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni uskunalarni xorijdan keltirishga majbur qilmoqda, bu esa ularga servis xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq muammolarga hamda katta miqdorda kuch va mablagʻ sarflashga sabab boʻlmoqda.
Zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning amaldagi mexanizmlari samaradorligining pastligi meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, mazkur sohaga investitsiyalar jalb qilish boʻyicha biznes-loyihalarni keng miqyosda amalga oshirishga toʻsqinlik qilmoqda.
Issiqxonalarda yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlik materiallarini yetishtirish yoʻlga qoʻyilmaganligi ularni xorijdan import qilishga olib kelmoqda.
Resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarga asoslangan issiqxona xoʻjaliklarini jadal rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, sohani malakali mutaxassislar bilan taʼminlash hamda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida issiqxona xoʻjaligini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va eksport qilishning butun zanjirini oʻz ichiga oluvchi meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster shaklini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida joriy qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
energiyaning muqobil manbalari, energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy issiqxona komplekslarini yaratish;
issiqxona komplekslarini ular joylashgan hududning oʻziga xos xususiyatlari, tuproq-iqlim sharoitlari, yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari, tutash infratuzilma va logistika obyektlari, hududlarning energiya resurslari bilan taʼminlanish darajasi va issiqxona xoʻjaligi samaradorligiga taʼsir etuvchi boshqa omillarni hisobga olgan holda joylashtirish;
bozor konyunkturasi tahlili asosida va qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini qoʻllagan holda ishlab chiqarilayotgan ekologik toza meva-sabzavot mahsulotlari turlarini kengaytirish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.01.00 Umumiy masalalar]
import qiluvchi davlatlar bilan yaqin aloqalar oʻrnatish va eksport qilinayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash yoʻli bilan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish va hajmini koʻpaytirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
mazkur qaror talablari asosida issiqxona xoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mehnat bozorida ushbu yoʻnalishdagi malakali mutaxassislarga boʻlgan talabni toʻliq qondirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda Zamonaviy issiqxona komplekslari tashkil etish boʻyicha istiqbolli loyihalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq shakllantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir hafta muddatda yoqilgʻi yoqish yoʻli bilan issiqlik yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona, muassasa va tashkilotlar (mazkur qarorga 2-ilovada keltirilgan korxonalarni qoʻshgan holda) reyestrining shakllantirilishini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
bir oy muddatda yoqilgʻi yoqish yoʻli bilan issiqlik yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar (birinchi navbatda davlat ulushi 51 foiz va undan yuqori boʻlgan), muassasalar va tashkilotlarga tutash hududlarda zamonaviy issiqxona komplekslari joylashtirilishini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida taʼminlasin.
3. Tutash hududlarida birinchi navbatda zamonaviy issiqxona komplekslarini joylashtirish rejalashtirilayotgan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodovga koʻrsatilgan roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. Hududlarda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruhlar) tashkil etilsin va ularning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar ishchi guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy issiqxona komplekslarini joylashtirish uchun yoqilgʻi yoqish yoʻli bilan issiqlik yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga tutash hududlarda joylashgan boʻsh yer maydonlarini aniqlash;
zamonaviy issiqxona komplekslarini tez surʼatlarda tashkil etishda, ularning toʻlaqonli faoliyatini yoʻlga qoʻyishda tadbirkorlik subyektlariga huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy-texnik koʻmaklashish.
Ishchi guruhlar rahbarlari:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
20 kun muddatda xatlov natijalari asosida kelgusida zamonaviy issiqxona komplekslarini joylashtirish maqsadida yoqilgʻi yoqish yoʻli bilan issiqlik yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga tutash hududlarda joylashgan aniq yer uchastkalarining roʻyxatini shakllantirsin;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
aniqlangan yer uchastkalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda zamonaviy issiqxona komplekslari tashkil etish boʻyicha majburiyatlarni koʻrsatgan holda elektron savdolarga qoʻyilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligining 2019-yilda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi, boshqa xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlarining kredit liniyalari hisobiga 200 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan hajmda mablagʻlar jalb qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J.A. Qoʻchqorov, S.R. Xolmurodov) ikki hafta muddatda, shu jumladan, mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan zamonaviy issiqxona komplekslarni tashkil etish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etadigan tijorat banklarini aniqlasin hamda loyihalarning rentabelligi va iqtisodiy samaradorligi tahlili asosida ularni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
6. 2019-2020-yillarda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish boʻyicha loyihalar soni va ularni amalga oshirish uchun talab etiladigan valyuta hajmidan qatʼi nazar tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar boʻyicha foizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berishning quyidagi tartibi qoʻllanilishi belgilab qoʻyilsin:
aylanma mablagʻlarni toʻldirishga (urugʻlik, koʻchat, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, koʻmir, koʻmir briketi, suyuq va yoqilgʻining boshqa turlari va hokazolarni xarid qilishga) ajratilayotgan kreditlar boʻyicha tijorat banki tomonidan belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, biroq 5 foizli punktdan ortmagan darajada;
energiyaning muqobil manbalaridan (koʻmir, koʻmir briketi, suyuq va yoqilgʻining boshqa turlaridan), energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish uchun ajratilayotgan kreditlar boʻyicha tijorat banki tomonidan belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, biroq 10 foizli punktdan ortmagan darajada.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Moliya vazirligi zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar boʻyicha foizlarni qoplash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga 2019-2020-yillar davomida oʻrnatilgan tartibda ajratsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish boʻyicha Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida urugʻchilik klasterlarini (keyingi oʻrinlarda — urugʻchilik klasterlari) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda yaratilayotgan urugʻchilik klasterlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha hukumat qarorlarini qabul qilsin, bunda ularning mazkur qaror bilan belgilanayotgan asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olgan holda quyidagilar aniqlanishini nazarda tutsin:
urugʻchilik klasterlari joylashtiriladigan aniq yer maydonlari;
urugʻchilik klasterlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari;
mablagʻlar hajmini koʻrsatgan holda urugʻchilik klasterlarini tashkil etish uchun mablagʻ kiritishga tayyor boʻlgan salohiyatli investorlar;
urugʻchilik klasterlarini tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari;
urugʻchilik klasterlari faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish mexanizmlari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
9. Quyidagilar urugʻchilik klasterlarining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
davlat va xalqaro standartlar talablariga muvofiq, shu jumladan, himoyalangan maydonlarda, gidroponika va aeroponika texnologiyalarini qoʻllagan holda texnik, don, dukkakli don, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar urugʻlarini yetishtirish, tayyorlash va sotish;
mahalliy va xorijiy seleksiya navlarining mavjud kolleksiyasi asosida hosildorligi va sifati yuqori, zararkunanda va kasalliklarga chidamli, qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining navlari va duragaylarini yetishtirish tizimini yaratish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlari va duragaylarini yaratish boʻyicha ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borishga koʻmaklashish;
urugʻchilik sohasida kadrlar malakasini oshirishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga va taʼlim muassasalariga shartnomalar asosida amaliy yordam koʻrsatish.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
a) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrga qadar:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining sifatni nazorat qilish laboratoriyasi negizida Urugʻ sifatini nazorat qilish boʻyicha xalqaro uyushmadan (ISTA) akkreditatsiyadan oʻtkaziladigan, Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan laboratoriya amaliyotining xalqaro standartlari (GLP) boʻyicha zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining nav, genetika va ekish sifat koʻrsatkichlarini baholash boʻyicha laboratoriya tashkil etilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi Urugʻ sifatini nazorat qilish boʻyicha xalqaro uyushmaga (ISTA) aʼzo sifatida kiritilishini taʼminlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
(10-band “a” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
b) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
birlamchi materiallar va donorlar toʻplanishini, tanlanishini oʻrganish, shuningdek mavjud genetik resurslar va zamonaviy seleksiya usullarini qoʻllash asosida issiqxona xoʻjaliklari uchun jahon bozori talablariga mos keladigan, mazali sabzavot ekinlarining hosildorligi yuqori yangi navlari va duragaylarini yaratsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
2019-yildan boshlab yetishtirishning gidroponika usuli qoʻllaniladigan issiqxona komplekslari uchun sabzavot ekinlarining hosildorligi va sifati yuqori boʻlgan, transportda tashishga moʻljallangan, jahon bozori talablariga mos keladigan navlari va duragaylarini yaratish boʻyicha 5 yillik davr uchun ilmiy loyihalarning respublika grant tanlovlarini tashkil etsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Samarqand viloyati Samarqand tumanida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi axborot-maslahat markazini (ekstenshn markazini) (keyingi oʻrinlarda — markaz) tashkil etish boʻyicha dastlabki loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda markaz tashkil etilishi, joylashtirilishi va faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin.
12. Quyidagilar:
a) markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib:
qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarga axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish;
qishloq xoʻjaligi sohasidagi innovatsion ishlanmalar va ilgʻor tajribani oʻzlashtirish hamda joriy etishda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarga koʻmaklashish;
kontingentga qishloq xoʻjaligi sohasidagi innovatsion ishlanmalar va ilgʻor tajribani oʻrgatish maqsadida seminar, trening, konferensiya va boshqa tadbirlar (shu jumladan, “dala kunlari”) oʻtkazish;
qishloq xoʻjaligi sohasiga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarishga joriy qilish uchun tayyor ilmiy ishlanmalar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yaratish;
b) markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib:
faoliyat sohasi boʻyicha shartnoma asosida bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlardan tushumlar;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda kreditlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2019-yil yakuniga qadar dastlabki loyiha natijalarini tahlil qilsin va natijalari boʻyicha ijobiy tajribani boshqa hududlarda tatbiq etish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab “Issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish va yuritish”, “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “Oʻsimliklarni himoya qilish” ixtisosliklari yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalarini kamida 2 barobar oshirish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar Oʻsimliklar milliy genofondining issiqxona komplekslari uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari bilan boyitilishini taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yilning 1-martiga qadar issiqxona xoʻjaliklarining yagona maʼlumotlar bazasi toʻliq ishlashini va ularda ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlarining tizimli hisobi yuritilishini oʻz mablagʻlari hisobidan taʼminlasin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
17. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yoʻlga qoʻyish uchun mazkur mahsulotlarni import qiluvchi mamlakatlarning, birinchi navbatda, Xitoy, Hindiston, Koreya Respublikasi va Yaponiyaning karantin ruxsatini olishda tizimli asosda koʻmaklashsin.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga toʻsqinlik qilayotgan masalalarni tezkor hal etish chora-tadbirlarini, shu jumladan muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
18. “Oʻzeltexsanoat” AK Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2022-yil oxiriga qadar issiqxona komplekslari uchun sirkulyatsion, tortuvchi ventilyatorlar va boshqa uskunalar, asbob va jihozlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha choralar koʻrsin.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda issiqxona komplekslari uchun zarur boʻlgan uskunalar, asboblar va mexanizmlar roʻyxatini “Oʻzeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etilishini taʼminlasin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi issiqxonalar komplekslariga talab etiladigan uskunalar, asboblar va mexanizmlar ishlab chiqarish uchun “Oʻzeltexsanoat” AK tomonidan taqdim etilgan loyiha hujjatlari asosida chet el investorlarini jalb etsin.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
19. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari S.R. Xolmurodovga — hududlarda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining mablagʻlarini jalb qilish, shuningdek, zamonaviy issiqxona komplekslarida meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va salohiyatli investorlarni izlash boʻyicha vazirliklar, idoralar va ishchi guruhlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayevga — urugʻchilikning zamonaviy tizimini shakllantirish, birlamchi urugʻchilik, yangi va istiqbolli navlarni sinash bilan shugʻullanuvchi urugʻchilik klasterlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish, issiqxona xoʻjaligi sohasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda tadbirkorlik subyektlariga axborot-maslahatlar bilan koʻmaklashish, markazning faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek hokimlar bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun;
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
“Oʻzeltexsanoat” AK boshqaruvi raisi A.A. Abdullayevga — issiqxona komplekslari uchun uskunalar, asboblar va mexanizmlar ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-noyabr,
PQ-4020-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi PQ-4020-son qaroriga 1-ILOVA
Zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish boʻyicha istiqbolli loyihalar
roʻyxati
T/r
Loyiha tashabbuskori nomi
Hudud
Yer maydoni
(ga)
Loyihaning umumiy qiymati
(mln. AQSH doll. ekv.)
Shu jumladan, moliyalashtirish manbalari boʻyicha
Ish oʻrni (nafar)
oʻz mablagʻlari
tijorat banklarining kreditlari
Jami respublika boʻyicha (105 ta loyiha)
800,0
343,3
233,1
110,2
4 481
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
(2 ta loyiha)
6,0
3,7
0,5
3,2
55
1.
“Moʻynoq agro dos” MCHJ
Moʻynoq tumani
2,0
1,2
0,0
1,2
20
2.
“Qoraqalpoq agro impeks” MCHJ
Ellikqalʼa tumani
4,0
2,5
0,5
2,0
35
Andijon viloyati
(2 ta loyiha)
9,0
4,4
4,4
0,0
90
3.
“Nektar agro” MCHJ
Buloqboshi tumani
2,5
0,8
0,8
0,0
25
4.
“Always fresh” MCHJ
Izboskan tumani
6,5
0,7
0,7
0,0
65
Buxoro viloyati
(3 ta loyiha)
10,0
0,9
0,4
0,5
60
5.
“Kagan klining servis servis” MCHJ
Buxoro shahri
2,0
0,2
0,1
0,1
20
6.
“Drilling yelectric Servise” MCHJ
Buxoro shahri
5,0
0,4
0,2
0,2
20
7.
“Jalil bobo zamin fayz” fermer xoʻjaligi
Vobkent tumani
3,0
0,3
0,1
0,2
20
Jizzax viloyati
(12 ta loyiha)
25,8
14,9
3,4
11,5
262
8.
“Elet-Yarin” MCHJ
Jizzax shahri
1,5
0,7
0,2
0,5
15
9.
“Melon trade” MCHJ
Baxmal tumani
2,0
1,2
0,2
1,0
12
10.
“Gidroponik grop” MCHJ
Baxmal tumani
2,5
1,5
0,2
1,3
15
11.
“Agro Invest production” MCHJ
Gʻallaorol tumani
1,0
1,2
0,3
0,9
7
12.
“Super gold” MCHJ
Doʻstlik tumani
2,5
1,1
0,3
0,8
25
13.
“Barakali poliz” MCHJ
Doʻstlik tumani
1,3
0,5
0,1
0,4
15
14.
“Sangzor vodiysi” MCHJ
Doʻstlik tumani
2,5
1,1
0,3
0,8
25
15.
“Goʻzal Jizzax bogʻlari” fermer xoʻjaligi
Doʻstlik tumani
2,5
1,1
0,3
0,8
25
16.
“Dafina agro” MCHJ
Sh. Rashidov tumani
2,0
0,9
0,2
0,7
16
17.
“Grean dream” MCHJ
Sh. Rashidov tumani
2,0
1,4
0,2
1,2
7
18.
“Greenhouse fruits” MCHJ
Sh. Rashidov tumani
2,0
1,6
0,4
1,2
50
19.
“Mega grand group” MCHJ
Sh. Rashidov tumani
4,0
2,7
0,7
2,0
50
Qashqadaryo viloyati
(2 ta loyiha)
3,0
0,9
0,3
0,6
30
20.
“Xosiyatli” fermer xoʻjaligi
Gʻuzor tumani
1,0
0,5
0,2
0,3
10
21.
“Eko parranda” MCHJ
Shahrisabz tumani
2,0
0,4
0,1
0,3
20
Navoiy viloyati
(10 ta loyiha)
55,5
17,3
3,9
13,4
223
22.
“Ibroximbek Islombek Agro” MCHJ
Navoiy shahri
1,0
0,2
0,0
0,2
5
23.
“Navoi qurilish komplekt” MCHJ
Navoiy shahri
1,0
0,1
0,0
0,1
5
24.
“Jaxon biznes baraka servis” MCHJ
Konimex tumani
6,0
1,3
0,2
1,1
30
25.
“Karmana golden graund” MCHJ
Karmana tumani
8,0
4,8
1,2
3,6
20
26.
“Karmana agrotrading” MCHJ
Karmana tumani
20,0
5,8
1,2
4,6
75
27.
“Ziyo nur Navoiy” MCHJ
Karmana tumani
5,0
2,4
0,7
1,7
20
28.
“Marziyaxoni” MCHJ
Karmana tumani
5,0
0,7
0,2
0,5
20
29.
“Zarafshon fayz baraka” XK
Qiziltepa tumani
0,5
0,06
0,03
0,03
3
30.
“Ibroxim Xudoyshkurov Paxtakor” fermer xoʻjaligi
Xatirchi tumani
8,0
1,0
0,1
0,9
40
31.
“Xatirchi tomato” MCHJ
Xatirchi tumani
1,0
0,7
0,1
0,6
5
Namangan viloyati
(8 ta loyiha)
78,5
32,6
25,6
7,0
810
32.
“Ligthart bloembollen V.O.F.” MCHJ
Kosonsoy tumani
3,0
0,2
0,2
0,0
10
33.
“VP gold” QK
Kosonsoy tumani
10,0
5,1
4,1
1,0
50
34.
“Greet mobile invest” MCHJ
Toʻraqoʻrgʻon tumani
12,0
4,0
4,0
0,0
100
35.
“VP global tech” MCHJ
Toʻraqoʻrgʻon tumani
7,0
4,0
3,0
1,0
30
36.
“Gold fresh fruts” MCHJ
Toʻraqoʻrgʻon tumani
25,0
12,5
12,5
0,0
500
37.
“Enermous wave agro tech” XK
Chortoq tumani
1,5
1,5
1,5
0,0
30
38.
“Baraka meva sanoat savdo” MCHJ
Chust tumani
15,0
5,0
0,0
5,0
55
39.
“Chust Umarova Xamrabi” fermer xoʻjaligi
Chust tumani
5,0
0,4
0,4
0,0
35
Samarqand viloyati
(34 ta loyiha)
136,2
43,8
8,0
35,8
966
40.
“Fuzaylova Gulchexra” MCHJ
Samarqand shahri
1,0
0,6
0,1
0,5
15
41.
“Sanobar Rizo” XK
Samarqand shahri
0,9
0,5
0,1
0,4
10
42.
“Umar agro xolding” MCHJ
Oqdaryo tumani
2,0
1,0
0,0
1,0
20
43.
“Sam agro rassvet” MCHJ
Oqdaryo tumani
2,3
0,5
0,5
0,0
16
44.
“Koreya Samarqand” MCHJ
Oqdaryo tumani
4,0
1,2
0,2
1,0
52
45.
“Ecoline lider plast” MCHJ
Oqdaryo tumani
3,0
1,8
0,4
1,4
25
46.
“Daromad fayz omad” MCHJ
Oqdaryo tumani
4,3
1,9
0,4
1,5
25
47.
“Golden yevro Aziya” MCHJ
Bulungʻur tumani
2,0
0,6
0,0
0,6
12
48.
“Farxod” MCHJ
Jomboy tumani
15,0
5,8
0,0
5,8
100
49.
“Ali-oblo Sexri” MCHJ
Kattaqoʻrgʻon shahri
5,3
0,6
0,1
0,5
10
50.
“Kamila farm” MCHJ
Kattaqoʻrgʻon tumani
2,0
1,2
0,3
0,9
15
51.
“Alisher lider Fayz” XK
Kattaqoʻrgʻon tumani
1,0
0,5
0,1
0,4
7
52.
“Istiqbol issiqxonalar” MCHJ
Qoʻshrabot tumani
6,0
1,0
0,0
1,0
5
53.
“Narpay Xosilbek agro” XK
Narpay tumani
1,7
0,8
0,1
0,7
12
54.
“Standart eksport” MCHJ
Payariq tumani
1,0
0,3
0,0
0,3
4
55.
“Istiqlol” fermer xoʻjaligi
Payariq tumani
1,0
0,3
0,0
0,3
4
56.
“Davr” MCHJ
Pastdargʻom tumani
1,0
0,6
0,1
0,5
20
57.
“Sam ixlos parranda” MCHJ
Pastdargʻom tumani
5,0
1,0
1,0
0,0
35
58.
“Charxin farovon bogʻlari” MCHJ
Pastdargʻom tumani
2,0
1,2
0,2
1,0
10
59.
“Amirjon Said Afzal” fermer xoʻjaligi
Pastdargʻom tumani
1,0
0,2
0,1
0,1
10
60.
“Agro tada” MCHJ
Pastdargʻom tumani
3,7
0,5
0,1
0,4
12
61.
“Paxtachi bodomlari” fermer xoʻjaligi
Paxtachi tumani
1,0
0,2
0,1
0,1
8
62.
“Zafar osiyo saxovati” fermer xoʻjaligi
Paxtachi tumani
3,0
1,5
0,3
1,2
20
63.
“Mirzayev Shuxrat Kenjayevich” fermer xoʻjaligi
Paxtachi tumani
1,0
0,6
0,2
0,4
15
64.
“Chakar invest” MCHJ
Paxtachi tumani
1,0
0,1
0,1
0,0
3
65.
“Choshtepa chorva invest” fermer xoʻjaligi
Paxtachi tumani
1,0
0,2
0,1
0,1
4
66.
“Ikromjon oltin bog'lari” fermer xoʻjaligi
Samarqand tumani
2,0
0,9
0,0
0,9
10
67.
“Green capital” MCHJ
Samarqand tumani
2,0
1,2
0,2
1,0
15
68.
“Chordara sifat agro invest” MCHJ
Samarqand tumani
3,0
1,1
0,2
0,9
20
69.
“Parviz fariz” MCHJ
Samarqand tumani
4,0
1,8
0,5
1,3
10
70.
“Amir Damir invest” MCHJ
Samarqand tumani
1,0
0,4
0,1
0,3
12
71.
“Maxmud Samarqandiy-2019” MCHJ
Tayloq tumani
45,0
12,4
2,4
10,0
420
72.
“Nur Sam Kur” MCHJ
Urgut tumani
5,0
1,0
0,1
0,9
5
73.
“Diyora Oltin Zamini” fermer xoʻjaligi
Urgut tumani
2,0
0,5
0,1
0,4
5
Surxondaryo viloyati
(7 ta loyiha)
69,0
7,9
7,9
0,0
273
74.
“Shashamoxkashob” agrofirmasi
Denov tumani
30,0
3,6
3,6
0,0
120
75.
“Surxondaryo ulkukalam” UK
Denov tumani
2,0
0,2
0,2
0,0
16
76.
“Denov favorit baraka” XK
Denov tumani
10,0
1,3
1,3
0,0
15
77.
“Karvon alfa maks” MCHJ
Jarqoʻrgʻon tumani
15,0
1,2
1,2
0,0
20
78.
“Registon oltinsoy mega” MCHJ
Oltinsoy tumani
8,0
1,0
1,0
0,0
80
79.
“Sundorbek invest ekspress” MCHJ
Qiziriq tumani
2,0
0,2
0,2
0,0
10
80.
“Yusuf Muxammad” MCHJ
Sariosiyo tumani
2,0
0,2
0,2
0,0
12
Sirdaryo viloyati
(3 ta loyiha)
30,0
24,0
6,0
18,0
210
81.
“Bek” MCHJ
Mirzaobod tumani
10,0
8,0
2,0
6,0
70
82.
“Mirzaobod universal Trayl” MCHJ
Mirzaobod tumani
10,0
8,0
2,0
6,0
70
83.
“Sirdarinskiy bereg” MCHJ
Mirzaobod tumani
10,0
8,0
2,0
6,0
70
Toshkent viloyati
(13 ta loyiha)
269,5
187,1
171,0
16,1
1 150
84.
“Ideal tomat” MCHJ
Ohangaron tumani
80,0
136,8
136,8
0,0
600
85.
“Nature grow” MCHJ
Ohangaron tumani
20,0
11,6
6,6
5,0
120
86.
“Pro agro” MCHJ
Ohangaron tumani
6,0
0,3
0,3
0,0
20
87.
YTT “Mamatov Raxmatjon”
Ohangaron tumani
20,0
0,5
0,5
0,0
12
88.
“Grin xaus Yasmina” MCHJ
Bekobod tumani
6,0
1,6
0,1
1,5
50
89.
“Xolis baraka agro fud” MCHJ
Bekobod tumani
9,0
1,2
0,2
1,0
20
90.
“Toʼxtaniyoz ota” fermer xoʻjaligi
Toshkent tumani
10,0
4,0
2,0
2,0
20
91.
“Tolerance business group” MCHJ
Chinoz tumani
5,0
2,3
2,3
0,0
25
92.
“Mds mebel invest savdo” MCHJ
Chinoz tumani
0,5
0,005
0,005
0,0
3
93.
“BNR engineering” MCHJ
Yuqori Chirchiq tumani
80,0
20,0
20,0
0,0
150
94.
“Farm agro impeks” MCHJ
Yuqori Chirchiq tumani
12,0
6,0
0,0
6,0
20
95.
“Fayz construction company” QK MCHJ
Yuqori Chirchiq tumani
15,0
2,0
2,0
0,0
100
96.
“JR-GROP” MCHJ
Yangiyoʻl tumani
6,0
0,8
0,2
0,6
10
Fargʻona viloyati
(1 ta loyiha)
53,0
2,4
2,4
0,0
150
97.
“Agro sheriff Asia” MCHJ
Dangʻara tumani
53,0
2,4
2,4
0,0
150
Xorazm viloyati
(3 ta loyiha)
6,5
2,1
0,2
1,9
42
98.
“Zaxro gren xous” MCHJ
Qoʻshkoʻpir tumani
1,50
0,5
0,1
0,4
8
99.
“Zoirshox Shovot” fermer xoʻjaligi
Shovot tumani
3,0
0,6
0,1
0,5
10
100.
“Kuriktom gaz” MCHJ
Yangiariq tumani
2,0
1,1
0,1
1,0
24
Toshkent shahri (5 ta loyiha)
48,0
2,6
0,5
2,1
160
101.
YTT “Gʻafforov Nodirjon Baxodirovich”
Mirobod tumani
3,0
0,4
0,4
0,0
30
102.
“Aka-uka biznes” MCHJ
Olmazor tumani
40,0
1,8
0,1
1,7
100
103.
YTT “Quvonov Shavkat Turdiyevich”
Sergeli tumani
1,0
0,04
0,04
0,0
5
104.
YTT “Toirov Izzat Boxodirovich”
Uchtepa tumani
3,0
0,1
0,0
0,1
15
105.
YTT “Zuparov Alimdjan Raximjanovich”
Shayxontohur tumani
1,0
0,3
0,0
0,3
10
Izoh: loyihalarning yakuniy koʻrsatkichlari loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini (biznes-rejani) tasdiqlash natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi PQ-4020-son qaroriga 2-ILOVA
Tutash hududlarida birinchi navbatda zamonaviy issiqxona komplekslarini joylashtirish rejalashtirilayotgan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PF-5728-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi PQ-4020-son qaroriga 3-ILOVA
Hududlarda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruhlarning
Viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini (turizmni) rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi
3.
Viloyat prokurorining oʻrinbosari
4.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi boshligʻi
5.
Viloyat qishloq hoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi
6.
Viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshligʻi
7.
“Oʻzbekenergo” AJ vakili
8.
“Oʻzkimyosanoat” AJ vakili
9.
“Oʻzsharobsanoat” AJ vakili
10.
“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi vakili
11.
“Oʻzdonmahsulot” AK vakili
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 07/18/4020/2193-son, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son; 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 24.10.2024 g., № 06/24/164/0843; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)