

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;28.09.2020
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4054698" id="onLBC-4054698">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6387"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.28.00 Dam olish va bayram kunlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4054698" id="onLS-4054698">[<b>TSZ:</b><div id="LS3697"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4055071" id="-4055071">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4055072" id="-4055072">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4055074" id="-4055074">2019-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4055094" id="-4055094"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5034701" id="-5034701">Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-5019106?ONDATE=28.09.2020 00#-5020474">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055173" id="-4055173">2019-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olish uchun sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini taʼminlash maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055185" id="-4055185">1. 2019-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055188" id="-4055188">2-yanvar — chorshanba;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055190" id="-4055190">22-mart — juma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055192" id="-4055192">2-sentabr — dushanba.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055195" id="-4055195">2. 2019-yilda quyidagi dam olish kunlari koʻchirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055198" id="-4055198">5-yanvar — shanba 3-yanvar — payshanbaga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055200" id="-4055200">1-iyun — shanba 6-iyun — payshanbaga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055204" id="-4055204">7-sentabr — shanba 3-sentabr — seshanbaga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055207" id="-4055207">28-dekabr — shanba 31-dekabr — seshanbaga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055211" id="-4055211">3. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055219" id="-4055219">budjet tashkilotlarida ushbu Farmonning <a href="/mact/-4054698#-4055185">1-bandida</a> belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligini uch ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055227" id="-4055227">har yilgi mehnat taʼtili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat taʼtilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonda belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari qoʻshiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055229" id="-4055229">har yillik mehnat taʼtilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda oʻn besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055236" id="-4055236">budjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda ushbu Farmonning <a href="/mact/-4054698#-4055185">1-bandiga</a> muvofiq qoʻshimcha dam olish kunlari mehnat taʼtiliga qoʻshimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055243" id="-4055243">4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisi uchun ichki turizm va faol dam olish yoʻnalishlarini, transport va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishini hamda aksiyalar oʻtkazilishini tashkil etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055245" id="-4055245">5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055248" id="-4055248">aholining uzaytirilgan bayram (ishlanmaydigan) kunlarida maroqli va foydali dam olishini tashkil etish boʻyicha tizimli choralar koʻrsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055251" id="-4055251">Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda bayram kunlari oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisida aholini keng xabardor qilishni taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055256" id="-4055256">6. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055259" id="-4055259">mehnat jamoalari oʻrtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055260" id="-4055260">uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila aʼzolarining maroqli dam olishini taʼminlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4055262" id="-4055262">7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4055263" id="-4055263">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4055265" id="-4055265">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4055267" id="-4055267">2018-yil 12-noyabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4055271" id="-4055271">PF-5574-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4055077" id="-4055077">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2018-y., 06/18/5574/2177-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
