Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining
51-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi
nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 9-noyabrdagi 6-mb-son “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2956, 2017-yil 19-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2017-y., 10/17/2956/0429-son);
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 20-fevraldagi 1-mb-son “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2956-1, 2018-yil 12-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2956-1/0882-son);
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 16-apreldagi 3-mb-son “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 6-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2956-2, 2018-yil 3-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2018-y., 10/18/2956-2/1150-son);
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 30-maydagi 4-mb-son “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 99-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2956-3, 2018-yil 23-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2018-y., 10/18/2956-3/1388-son).