toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni, shuningdek, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga va chet davlatlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari (keyingi oʻrinlarda — oliy darajadagi tashriflar) davomida imzolash uchun hujjatlarni tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar (keyingi oʻrinlarda — strategik korxonalar) ishtirokidagi investitsiya loyihalarini toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishga koʻmaklashishni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oliy darajadagi tashriflar muddatlari aniqlanishiga qarab bir kun muddatda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini yozma ravishda xabardor qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun, shu jumladan, investitsiya loyihalari boʻyicha hujjatlarni tayyorlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlarning oʻz vaqtida ijro qilinishi ustidan nazorat oʻrnatadi;
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalari tashrif boshlanishidan bir oy avval Inspeksiya bilan birga batafsil koʻrib chiqilganidan soʻng Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
Inspeksiya har oyda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosining borishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Inspeksiya oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishga koʻmaklashish doirasida:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi tuzilmalari bilan — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlarni tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan asosiy huquqiy muammolarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan;
Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi tuzilmalari bilan — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, investitsiyaviy va tashqi savdo siyosatini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan tizimli muammolarni aniqlash yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun tashqi siyosiy hamkorlik sohasidagi hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, ularni kelgusida ijro etish masalalari yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan — oliy darajadagi tashriflarga tayyorgarlikni tashkil etish, shu jumladan tashrif davomida imzolash uchun hujjatlarni tayyorlash, shuningdek, ularni kelgusida ijro etish masalalari yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan — oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan aniq investitsiya loyihalari, xalqaro moliya institutlarining qarzlari, kreditlari, texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarini) jalb qilish hamda xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari yuzasidan;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari bilan — tegishli hududlarda investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish yuzasidan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Inspeksiya va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yuzaki (aniq amaliy natijalarga erishilmasdan) ijro etilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrsin;
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosining borishi toʻgʻrisidagi axborotning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) orqali oʻz vaqtida taqdim etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosining borishi, shuningdek, strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida har oyda koʻrib chiqilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritilishini taʼminlasin;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ijro etishda byurokratizm va masalalarni hal qilish muddatlarining choʻzilishi holatlarini bartaraf etish orqali doimiy ravishda koʻmaklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va boshqa masʼul idoralar oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari boʻyicha, shu jumladan ularning ijro holati toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilish imkoniyati mavjud boʻlgan elektron materiallarni Inspeksiyaga taqdim etib borsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosini nazorat qilish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini, kelgusida ularning “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining “Ijro.gov.uz” tizimiga monitoring rejimida kirish imkoniyatini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari hamda xorijiy hamkorlar oʻrtasida videokonferens-aloqa oʻrnatish imkonini beruvchi “telekoʻprik” ishga tushirilishini bepul asosda taʼminlasin.
9. Quyidagilarga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Inspeksiyaga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosiga koʻmaklashish va uni nazorat qilish uchun;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov) va boshqa manfaatdor vazirliklar rahbarlariga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarda avvaldan qoʻyilgan maqsadlarga erishish va amalga oshirish boʻyicha koʻtarilgan masalalarni va yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan vazifalar ijrosi natijalarini oʻz vaqtida va sifatli taqdim etish uchun;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirlik va idoralarga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, shuningdek, Inspeksiyaga ushbu Farmonga muvofiq materiallarni oʻz vaqtida, asoslantirilgan holda va toʻliq taqdim etish uchun;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni ijro etish doirasida qoʻyilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish, shu jumladan, investorlar va tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda yer uchastkalarini ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda koʻmaklashish uchun.
10. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar bilan bir xilda shaxsiy javobgar hisoblanadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligi tegishli ravishda hukumat va idoralararo darajada xalqaro tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning maʼlumotlar bazasini yaratsin hamda kelgusida uning “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-oktabr,
PF-5565-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5565-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
2. 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq”.
3. 4-banddagi “70” raqami “81” raqami bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
6. 1-ilova qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining
TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi boshqaruv xodimlarining umumiy soni xizmat koʻrsatish va texnik xodimlardan tashqari 81 shtat birligini tashkil etadi”.
7. 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5565/2138-son; 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son; 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)