1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.08.00 Banklarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalari]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3080]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-sentabr,
30/14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/14-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan bank tizimi likvidligini tartibga solish hamda pul-kredit siyosati foiz instrumentlari samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy bank obligatsiyalarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va soʻndirish tartibini belgilaydi.
Markaziy bank obligatsiyalari (bundan buyon matnda obligatsiyalar deb yuritiladi) — obligatsiya egasiga belgilangan tartibda daromad olish huquqini beruvchi Markaziy bank tomonidan elektron shaklda chiqariladigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
kupon davri — obligatsiya egasiga foizli daromad toʻlab beriladigan Markaziy bank tomonidan belgilangan davr;
valyuta birjasi — chet el valyutasi, davlat qimmatli qogʻozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bogʻliq boshqa birja bitimlari boʻyicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxs;
savdo tizimi — obligatsiyalar boʻyicha elektron savdolarni tashkillashtirish, obligatsiyalarni saqlash va ularga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, tuzilgan bitimlar boʻyicha kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi valyuta birjasining avtomatlashtirilgan elektron tizimi;
Bosh bitim — Markaziy bank bilan tijorat banklari, shuningdek tijorat banklari bilan valyuta birjasi oʻrtasida tuziladigan, obligatsiyalar boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning umumiy shartlari va tartibini belgilovchi oʻzaro harakat;
diler — Markaziy bank hamda valyuta birjasi bilan tuzilgan Bosh bitim asosida obligatsiyalar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat banklari;
auksion savdolari — obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha Markaziy bank tomonidan tijorat banklari oʻrtasida amalga oshiriladigan kimoshdi savdolari;
raqobatli buyurtma — auksion savdolarida ishtirok etish uchun tijorat banklari tomonidan narxi koʻrsatilgan holda taqdim etiladigan buyurtma;
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
raqobatsiz buyurtma — auksion savdolarida ishtirok etish uchun tijorat banklari tomonidan narxi koʻrsatilmagan holda taqdim etiladigan buyurtma;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
chegirish narxi — auksion savdolari natijalariga koʻra tijorat banklarining qondiriladigan raqobatli buyurtmalarida taklif etilgan minimal narx;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
REPO bitimi — obligatsiyalarni belgilangan muddat va narxda ularning aynan shu chiqarilish va miqdorda qayta sotib olish majburiyati bilan sotish boʻyicha ikki tomonlama harakat.
2. Obligatsiyalar Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqariladi, joylashtiriladi va soʻndiriladi, shuningdek ularning likvidligi Markaziy bank tasarrufidagi barcha aktivlar bilan taʼminlanadi.
3. Obligatsiyalar kreditlar uchun garov taʼminoti va REPO bitimlarida oldi-sotdi obyekti boʻlib xizmat qilishi mumkin.
4. Obligatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida nominal qiymati koʻrsatilgan holda qatʼiy belgilangan kupon stavkasi bilan yoki diskont obligatsiyalar shaklida chiqariladi.
Bunda, diskont obligatsiyaning nominal qiymati hamda xarid qiymati oʻrtasidagi farq diler uchun daromad boʻlib hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
5. Obligatsiyalarning chiqarilishi alohida emissiya tarzida amalga oshiriladi. Har bir chiqarilgan emissiyaga identifikatsion raqam beriladi va Global sertifikat bilan rasmiylashtiriladi.
Uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi razryadlar (X3X4X5) mazkur chiqarishning tartib raqamini koʻrsatadi.
Oltinchi, yettinchi va sakkizinchi razryadlar (X6X7X8) — “CBU” (Central Bank of Uzbekistan) harflari emitentni anglatadi.
Toʻqqizinchi razryad (X9) — “S” harfi ushbu obligatsiya davlat qimmatli qogʻozi ekanligini bildiradi.
Oʻninchi razryad (X10) — “S” harflari qimmatli qogʻoz milliy valyutada chiqarilganligini bildiradi.
7. Global sertifikat Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilib, unda emissiyaga tegishli asosiy parametrlar belgilanadi.
8. Obligatsiyalar boʻyicha barcha operatsiyalar valyuta birjasi tomonidan ishlab chiqilgan birja savdolarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq savdo tizimi orqali amalga oshiriladi.
9. Obligatsiyalarning muomalada boʻlish davri auksion savdolari oʻtkazilgan kundan boshlanib obligatsiyalarning soʻndirilish kunidan avvalgi kunda tugaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
3-bob. Obligatsiyalarni joylashtirish
10. Markaziy bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarni tijorat banklari oʻrtasida joylashtirish valyuta birjasining savdo tizimida oʻtkaziladigan auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
13. Obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha auksion savdolari shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar auksion savdosi oʻtkaziladigan kundan kamida 1 ish kuni oldin Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
14. Valyuta birjasi Markaziy bankning eʼloni asosida oʻtkaziladigan auksion savdosi haqidagi maʼlumotni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
15. Markaziy bank tomonidan obligatsiyalar hisobini yuritish va bitimlarni roʻyxatga olish uchun har bir dilerga alohida roʻyxatga olish kodi beriladi.
16. Dilerni roʻyxatga olish kodi uch guruhga boʻlingan oʻn belgili razryaddan (X0X1X2X3X4X5X6X7X8X9) iborat.
Birinchi guruh (X0) — “2” bozor kodini anglatadi — Markaziy bank obligatsiyalari.
Ikkinchi guruh (X1X2X3X4) dilerning Markaziy bank bilan tuzgan Bosh bitim asosida berilgan tartib raqamini anglatadi.
Uchinchi guruh (X5X6X7X8X9) doimo 00000 ga teng.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 2000100000 roʻyxatga olish kodi beriladi.
17. Dilerlar auksion savdolari oʻtkaziladigan kuni obligatsiyalarni sotib olish uchun savdo tizimiga elektron shaklda raqobatli va raqobatsiz buyurtmalar kiritadi.
18. Markaziy bank auksion savdolari boʻyicha tijorat banklari tomonidan sotib olinadigan obligatsiyalar soniga va har bir tijorat bankidan auksion savdolariga qabul qilinadigan buyurtmalar soniga limitlar oʻrnatishi mumkin.
19. Raqobatli buyurtmalarda sotib olinishi rejalashtirilgan obligatsiyalarning narxi va soni koʻrsatiladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
Raqobatsiz buyurtmalarda sotib olinishi rejalashtirilgan obligatsiyalarning umumiy soni koʻrsatiladi.
20. Raqobatsiz buyurtmalar auksion savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan oʻrtacha tortilgan narxda qondiriladi.
Oʻrtacha tortilgan narx auksion savdolari yakunlari boʻyicha toʻliq yoki qisman qondirilgan raqobatli buyurtmalar narxi hamda sotib olingan obligatsiyalar miqdorlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
21. Auksion savdolari ikki xil usulda oʻtkaziladi:
“amerikacha” usul — raqobatli buyurtmalar ularda taklif etilgan narxlar boʻyicha qondiriladi;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
“gollandcha” usul — raqobatli buyurtmalar chegirish narxi boʻyicha qondiriladi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
22. Savdo tizimi tijorat banklari tomonidan kelib tushgan buyurtmalar boʻyicha roʻyxat shakllantiradi, ushbu roʻyxat valyuta birjasi tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
23. Markaziy bank chiqarilgan obligatsiyalarning hajmi doirasida tijorat banklarining buyurtmalarida koʻrsatilgan narxlardan kelib chiqqan holda auksion savdolari boʻyicha chegirish narxini belgilaydi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
24. Auksion savdolari natijalarida belgilangan chegirish narxidan past narxdagi buyurtmalar qondirilmaydi.
25. Markaziy bank auksion savdolari natijalari boʻyicha tijorat banklarining avval raqobatsiz buyurtmalarini toʻliq, shuningdek taklif etilgan narxi chegirish narxidan past boʻlmagan raqobatli buyurtmalarni qondirish boʻyicha valyuta birjasiga topshiriq beradi.
Raqobatli buyurtmalar ularda taklif qilingan maksimal narxlardan chegirish narxigacha boʻlgan tartibda qondiriladi.
(24 va 25-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
26. Auksion savdolari natijalariga koʻra qondirilishi lozim boʻlgan buyurtmalarning jami miqdori Markaziy bank tomonidan chiqariladigan obligatsiyalarning umumiy hajmidan oshgan hollarda, taklif etilgan narxi chegirish narxiga teng boʻlgan raqobatli buyurtmalar savdo tizimiga kiritilgan vaqtiga qarab qondiriladi. Bunda avval kiritilgan buyurtmalar keyin kiritilgan buyurtmalardan oldin qondiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
27. Auksion savdolari natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaziy bank va valyuta birjasi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
4-bob. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorda muomalada boʻlishi
28. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida auksion savdolari natijalariga koʻra xarid qilingan obligatsiyalar boʻyicha dilerlar oʻrtasida oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshiriladi.
31. Ikkilamchi savdolarda dilerlar savdo tizimi orqali obligatsiyalar bilan quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin:
kelishilgan narx va shartlar asosida obligatsiyalarning oldi-sotdi operatsiyalari;
garovga olingan obligatsiyalarni savdo tizimi orqali sotish va sotib olish operatsiyalari;
REPO bitimlari boʻyicha obligatsiyalarning oldi-sotdi operatsiyalari.
32. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish uchun dilerlar tomonidan sotilishi yoki sotib olinishi rejalashtirilgan obligatsiyalar boʻyicha buyurtmalar miqdori va narxi koʻrsatilgan holda savdo tizimga kiritiladi.
33. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida oldi-sotdi shartnomalarini tuzish uchun savdo tizimi sotish yoki sotib olish uchun kiritilgan buyurtmalarga mos keladigan qarama-qarshi buyurtmalarning parametrlari bir-biriga muvofiqligini tekshiradi.
34. Savdo tizimi parametrlari bir-biriga mos kelgan buyurtmalarni avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi.
35. Birja bitimi savdo tizimida ikkita qarama-qarshi buyurtmalarning roʻyxatga olinishi bilan tuzilgan hisoblanadi.
36. Har bir birja bitimi tuzilganda savdo tizimi uni roʻyxatga oladi, unga roʻyxatga olish raqamini biriktiradi va savdo ishtirokchilariga oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos boʻladigan birja guvohnomalarini taqdim etadi.
37. Ikkilamchi bozorda savdo tizimidagi buyurtmalar narxi teng boʻlgan hollarda, ular taqdim etilgan vaqtiga qarab avval taqdim etilgan buyurtma keyin taqdim qilingan buyurtmadan oldin qondiriladi.
Buyurtmalar qisman qondirilgan holda, uning qondirilmagan qismi alohida buyurtma sifatida koʻriladi.
38. REPO bitimlari boʻyicha operatsiyalarini oʻtkazish va ular boʻyicha hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1829, 2008-yil 18-iyun) muvofiq amalga oshiriladi.
5-bob. Obligatsiyalar hisobini yuritish
39. Obligatsiyalarni saqlash va ularga boʻlgan huquqlarning hisobini yuritish valyuta birjasida ochilgan “depo” hisobvaraqlarida olib boriladi.
41. Obligatsiyalarning sotib oluvchining “depo” hisobvaragʻiga oʻtkazilishi sotuvchining hisobvaragʻiga pul mablagʻlari kelib tushganidan soʻng amalga oshiriladi.
42. Obligatsiyalarni sotib oluvchiga uning “depo” hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi amalga oshirilgandan soʻng egalik huquqi beriladi va “depo” hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
45. Kupon toʻlovi miqdori auksion savdolarida sotib olingan obligatsiyalarning kupon stavkasi, ularning nominal qiymati va kupon davridan kelib chiqqan holda quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
(45-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qarori (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
T — kupon davri.
Kupon toʻlovlari obligatsiyalarning muomalada boʻlish davri uchun hisoblanib, har bir kupon davri yakuni boʻyicha toʻlab boriladi.
46. Valyuta birjasi kupon davrining oxirgi kunida, joriy savdolar yakunidan soʻng, “depo” hisobvaragʻidagi qoldiqlar yuzasidan har bir obligatsiya egasi boʻyicha Markaziy bankka roʻyxat taqdim qiladi.
47. Markaziy bank kupon toʻlovlarini amalga oshirish uchun tegishli mablagʻlarni kupon davri tugagan kundan keyingi ish kunida valyuta birjasining Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazidagi alohida hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
49. Valyuta birjasi obligatsiya saqlovchisiga tegishli boʻlgan kupon toʻlovlari toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotni ushbu toʻlovlar amalga oshirilgan kundan keyingi ish kunida Markaziy bankka taqdim etadi.
52. Markaziy bankning soʻndirilgan obligatsiyalari valyuta birjasi tomonidan savdo tizimi orqali Markaziy bankning “emission hisobvaragʻi”ga oʻtkazib beriladi.
53. Obligatsiyalarni soʻndirish hamda kupon toʻlovlarini amalga oshirish kuni dam olish yoki bayram kunlariga toʻgʻri kelgan hollarda, toʻlovlar keyingi ish kunida amalga oshiriladi.
8-bob. Maʼlumotlarni oshkor qilish
54. Valyuta birjasida obligatsiyalar boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (obligatsiya nomlanishi, soni, kotirovkasi (narxi) va bitim sanasidan tashqari) uchinchi shaxslarga oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
55. Tijorat va bank sirlaridan iborat boʻlgan barcha maʼlumotlarni taqdim etish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9-bob. Yakuniy qoida
56. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 7-sentabrdagi 18/15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3080-1, 24.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 10/18/3080/2114-son; 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 26.01.2026-y., 10/26/3080-2/2075-son)