1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2886-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qarori (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 401-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-sentabr,
343-V-2-son
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v.b. D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-sentabr,
42-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 24-sentabrdagi 343-B-2, 42-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“yuridik yoki jismoniy shaxs bank hisobvaragʻini (omonatni) ochish uchun ariza bilan murojaat qilganda, tijorat banki avval taqdim etilgan, tekshirish davriga haqiqiy va verifikatsiya qilingan hujjatlari asosida lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno;”;
beshinchi xatboshida “plastik kartalardan” degan soʻzlar “bank kartalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshida “plastik kartalar” degan soʻzlar “bank kartalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“eng kam ish haqi miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotib olinishida.”.
“hisobvaraq ochayotgan shaxsning yoxud uning vakolatli vakilining shaxsan ishtirokisiz hisobvaraq ochish, tijorat banki avval taqdim etilgan, tekshiruv davriga haqiqiy va verifikatsiya qilingan hujjatlar asosida identifikatsiya qilish imkoniyati mavjud boʻlgan holatlar bundan mustasno;”.
“mijoz tomonidan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada bajarilayotgan operatsiyalarga oʻxshash operatsiyalarning summalari asossiz taqsimlanishi;”;
“jismoniy shaxs tomonidan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan summada naqd pul koʻrinishidagi pul mablagʻlarini yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning bank hisobvaragʻiga qarz, moliyaviy yordam, ustav fondi (kapital)ga qoʻyilma sifatida kiritilishi yoxud aylanma mablagʻlarini toʻldirilishi;”;
“jismoniy shaxslarning hisobvaraqlariga yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlaridan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablagʻlarining dividend yoki daromad sifatida koʻchirilishi;”;
“pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga, oluvchi roʻyxatdan oʻtgan joydan farqlanuvchi hududda joylashgan bankda ochilgan oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazilishi.”.
“jismoniy shaxslar tomonidan (shu jumladan, bir nechta jismoniy shaxslar tomonidan bir kontragent nomiga), shu jumladan, pul oʻtkazmalari tizimlari orqali bir vaqtda yoki koʻp marotaba 1 oydan oshmagan muddat davomida eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasida chet eldan joʻnatilgan pul mablagʻlari olinishi yoki chet elga pul mablagʻlari joʻnatilishi;
jismoniy shaxslar va/yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bir vaqtda yoki koʻp marotaba 1 oydan oshmagan muddat davomida eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasidagi pul mablagʻlari sotilishi, sotib olinishi yoki xalqaro toʻlov kartalaridan yechib olinishi;”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki begʻaraz yordam sifatida pul mablagʻlari berilishi;
operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri faol terroristik harakatlar olib borilayotgan hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa (mamlakatlar va tumanlar roʻyxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan taqdim qilinadi);
terroristik tusdagi jinoyatni sodir etganligi uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxslarning operatsiyalari (shaxslar roʻyxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan taqdim qilinadi);
yangi tashkil etilganiga uch oydan koʻp boʻlmagan yuridik shaxs — mijozning uning faoliyati xarakteriga muvofiq boʻlmagan maqsadlarda pul aylanmasi eng kam ish haqining 20000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshsa;
jismoniy shaxslar tomonidan bir vaqtda yoki 1 oydan oshmagan muddat davomida koʻp marotaba eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotib olinishi.”.
8. 54-bandning toʻrtinchi xatboshisi “geografik hududlar” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek mahsulot va xizmatlar yetkazish kanallari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
9. 55-bandning “v” kichik bandidagi “fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslar” degan soʻzlar “norezident — jismoniy shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“84. Barcha mijozlar (lozim darajada tekshirish talab etilmaydigan mijozlar bundan mustasno) boʻyicha anketalar maxsus dasturlar yordamida elektron shaklda toʻldiriladi. Gumonli va (yoki) shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha anketalar reyestri elektron shaklda yuritiladi.”.